1-mavzu: Birjalarning iqtisodiy mohiyati



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/62
Sana12.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#782978
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Bog'liq
2 5256097641594361499-конвертирован

Bevosita ta'sir omillari 

• Birja faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik;


• Davlat xizmatlari va muassasalarning kutilmagan harakatlari;
• Soliq tizimi;
• Hamkorlar bilan o'zaro manosabatlar;
• Birjachilar raqobati;
• Korruptsiya.
Bilvosita ta'sir omillari:
• Siyosiy sharoitlar;
• Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat;
• Birja savdosidagi iqtisodiy ahvol;
• Xalqaro hodisalar;
• Fors-major holatlar.


Bunday risk ham ob'ektiv, ham sub'ektiv tabiatga ega, unga ichki va tashqi 
omillar ta'sir ko'rsatadi. Birja savdosida risk darajasini asosan tashqi omillar 
kuchaytiradi.
Tashqi omillar qatoriga mavjud soliqqa tortish tizimi, qonunchilikning 
beqarorligi, korxonalarning to'lovlarni amalga oshirmasligi, korruptsiyani kiritish 
mumkin. Birja faoliyatida risk darajasini birinchi navbatda aynan shu omillar 
kuchaytiradi.
10.2. Birja risklari strukturasi
 
Birja risklarini kuchaytiruvchi omillar kamdan-kam hollarda ularning 
funktsiyalariga ta'sir etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda birja savdosida ularning mohiyatini eng to'liq aks 
ettiradigan risk funktsiyalariga innovatsion, tartibga solish va himoya qilish 
funktsiyalari kiritiladi. Risk funktsiyalari qatoriga yana tahliliy funktsiyani kiritish 
mumkin bo'lib, u riskning mavjudligi bir nechta echim variantidan birini tanlash 
zarurati ko'zda tutilishi bilan bog'liq. Shuning uchun birjachilar qaror qabul qilish 
jarayonida barcha variantlarni tahlil qilib, eng rentabelli va kam riskli variantni 
tanlaydi.
Tahlil davomida to'g'ri keladigan variantlar, qaysi risklar ma'qul kelishi, ma'qul 
kemaydigan yoki birja faoliyati va bozor tizimida birjadan tashqari hayot bilan 
bog'liq har bir qatnashchi risk yoki mukofot olish bilan bog'liq hohish-istaklariga 
ega va uchraydigan risklarni tanib oladigan sharoitlarda boshqa risklar bilan nima 
qilish kerakligi aniqlanadi.
Birja strukturalari eng to'g'ri keladigan riskni ishlab chiqishi va unga amal 
qilishi lozim. Buning uchun ular risklar tasnifiga murojaat qilishi lozim. risklarni 
tasniflashning qiyinligi shu bilan bog'liqki, risklar rang-barangligi juda katta, 
zamonaviy jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi ularni aniqlash va to'g'ri 
baholash qiyin bo'lgan yangi risklarni vujudga keltiradi. Vujudga kelayotgan 
risklarga murakkab moliyaviy va ishlab chiqarish vaziyatlarining paydo bo'lishi 
hamrohlik qiladi. Oxirgi yillarda siyosiy omillar bilan bog'liq risklar alohida 
ahamiyat kasb etmoqda, chunki ular ayniqsa, birja faoliyatida katta yo'qotishlarga 
olib keladi.
Shunday qilib, birja faoliyatiga ta'sir etuvchi risk omillari va funktsiyalaridn 
kelib chiqib, risklarni turlari bo'yicha tasniflash taklif etiladi. Risklar quyidagi 
belgilar 
bo'yicha 
guruhlanadi: 
sug'urtalashga 
(xedjlash) 
bog'liqligi, 
diversifikatsiyalash mumkiniligi, muammoni hal qilish bosqichi, riskning vujudga 
kelish tabiati, uning miqyosi, vujudga kelish sohasi, birja sadosida vujudga kelish 
muddati, kutilayotgan daraja natijasi.
Amalda butun birja faoliyati bir emas, bir nechta risklarga uchraydi. Ayrim 
risklar, masalan, siyosiy, iqtisodiy, moliyaviyy, inflyatsion, operatsion, texnik, 
ekologik risklarni doim ham nazorat qilib bo'lmaydi, vaholanki, hozirgi paytda birja 
bitimlarida risk muammolarini hal qilish yo'llarini izlab topishda foydalanish 
mumkin bo'lgan ko'p sonli va xilma-xil vositalar mavjud. Risk natijaning noaniqlik 
darajasini ifodalaydi. Risksiz birja faoliyat, birja savdosi va o'yinlari bo'lishi 


mumkin emas. Tavakkal qilish qobiliyatiga ham o'rganish kerak. Fond va valyuta 
birjalarida risk ko'pincha pulning xarid layoqati tushib ketishi bilan bog'liq bo'ladi 
(keyingi pullar bugungi pullar bilan bir xil sifatdagi birja tovarlari va xizmatlarini 
«xarid» qila olmaydi). Boshqacha qilib aytganda bu inflyatsiya riski.
Iqtisodiy risk bu – birjachining raqobatbardosh pozitsiyasi foiz stavkalaridagi 
o'zgarishlarga uchraydigan yoki tashqi omillar bilan bir xil uzoq muddatli risk.
Bu risk muammolarining barcha echimlarini topish birja savdosi qatnashchilari 
uchun qaysi risk darajasiga yo'l qo'yish mumkinligi va birja bitimida qatnashchilar 
uchramasligi lozim bo'lgan yo'qotishlar vujudga kelishi mumkin bo'lgan risklarni 
nima qilish kerakligi bilan belgilanadi. Har bitta birjachi risk omiliga o'z 
munosabatiga ega:
• Riskni yoqtirmaydi;
• Unga neytra munosabatda bo'ladi;
• Riskni afzal ko'radi.
Bunday taqsimlashning mezoni bo'lib birjachining risk uchun mukofotga 
ehtiyoji namoyon bo'ladi.
Riskni yoqtirmaydigan birjachilar doimo noaniqlik uchun biron-bir mukofot 
talab qiladi. Riskka neytral munosabatda bo'lganlar mukofotga befarq bo'ladi. Riskni 
afzal ko'ruvchilar esa o'tkir hissiyotlarni boshidan kechirish uchun yo'qotishlarga 
uchrashga ham tayyor bo'ladi. Risk omilini hisobga olish birjachining belgilangan 
chayqov foydasi olishiga asoslanadi.
Har bir professional birjachining o'z qaror qabul qilish usullari bor bo'lib, 
ularning asosida u qaysi risk darajasi ma'qul kelishi va uni qanday ifodalash 
mumkinligini aniqlaydi. Xorijiy iqtisodiyotda bu turdagi harakatlar riskni 
boshqarish tizimi deb ataladi.
Xorijiy birja bozorlarida riskni boshqarish tizimi quyidagilarga asoslanadi: 
• individual va ommaviy psixologiya; 
klassik grafik tahlil;
• kompyuter texnik tahlili;
• muhim texnik vositalardan foydalanish, ya'ni har bitta narx o'zgarishini birja 
o'yinchisining narxlarga ta'sir etish uchun kerak bo'lib qolgan amalga oshirilgan 
bitimlar vaqt uzunligi bilan taqqoslash;
• fond bozori indikatorlari;
psixologik indikatorlar;
• yangi indikatorlar va b. 
Riskni boshqarishga kompleksli yondashuv birjachilarga resurslardan 
samaraliroq foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, birja savdosi qatnashchilarining 
natijalarini yaxshilash, shuningdek, birjaning turli risklardan himoyalanishini 
ta'minlashga imkon beradi.
Zamonaviy siyosiy va iqtisodiy holatni va birja xo'jaligini hisobga olib, birja 
siyosatini belgilashda ko'plab risk turlarining investitsion rejalarga ta'sirini nazarda 
tutish, bevosita birja operatsiyalari bilan bog'liq asosiy risk turalri – siyosiy risk, 
moliyaviy risk, iqtisodiy risk, translyatsiya riski, sistematik risk, bazaviy risk, 
tartibga solish riski, bitimlar bo'yicha risk, hisob-kitob riski, operatsion risk, 


o'tkazmalar riski, foiz riski, valyuta riski, bitimni tugatish riski foiz stavkasi risknini 
aniqlash zarur.
Har bir risk belgilangan vaziyatda vujudga keladi. Ularning ayrimlari 
birjachining ta'siri va nazorati ostida bo'lmaydi, lekin bu vaziyatlar, shunga qaramay, 
birja operatsiyalarini amalga oshirishda nazorat qilinishi zarur. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish