1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Fashistik totalitar rejim o‘rnatilishi yillarida Italiya



Download 152,09 Kb.
bet54/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Fashistik totalitar rejim o‘rnatilishi yillarida Italiya.

1923-1924 yillarda Italiya sanoat ishlab chiqarishi bir muncha jonlandi. Harbiy sanoat tarmoqlariga ko‘proq ahamiyat berildi. Italiya fashizmi chet el imperialistlariga avvalo AQSH monopolistlariga tayandi. Bankir Morgan xonadoni 1924 yili Mussolini hukumatiga 100 million dollar miqdorida zayom berdi. Amerika imperialistlari Italiya aksiyali jamiyatlariga qariyib 200 million dollar mablag‘ qo‘ydi. Ba’zi munitsipalitetlar Amerika monopoliyalaridan 20-30 million dollarlab mablag‘ oldilar.
Mamlakatda mehnatkashlar va xalq ommasi tomonidan norozilik kuchayib bordi va Mussoliniga qarshi suiqasdlar uyushtirildi. Ana shu bahona bilan 1926 yil noyabrida bir qancha terroristik favqulodda qonunlar qabul qilindi. Fashistik partiyadan tashqari hamma siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Mussoliniga cheklanmagan diktatorlik huquqlari berildi. “Davlatni qo‘riqlash to‘g‘risida”gi qonun o‘lim jazosini tikladi. “Maxsus tribunal” tuzildi. Siyosiy jinoyat uchun o‘lim jazosi joriy qilindi. Fashist oxrankasi (“Ovra”) tuzildi. Fashistlar totalitar rejimni niqoblash maqsadida sinflarni “yarashtirish” nazariyasini korparativ, ya’ni go‘yo g‘ayri sinfiy davlat tuzishni targ‘ib qildilar. 1927 yil aprelida “Mehnat xartiyasi” chiqarildi. “Mehnat xartiyasi”da kapitalistik ishlab chiqarish usuli maqtaldi: ”korparativ davlat” va kapitalistlar hamda fashistik partiya va sindikatlar vakillaridan iborat “korparatsiya” tuzish haqida gapirildi.
Italiya diktatori o‘zining mamlakatdagi hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘ydi.1928 yil fyevral oyida Mussolini Vatikan bilan bitim (Lyuteran ahdnomasini) tuzdi. Vatikan bilan kirollik o‘rtasidagi eski nizolar bartaraf qilindi. Vatikan to‘la suveren davlat huquqiga ega bo‘ldi. Aktiv reaksion kuch - Vatikan xalqni chalg‘itish yo‘li bilan fashizmga katta yordam ko‘rsatdi. Shunday qilib Italiyada totalitar (cheklanmagan) fashistik diktatura rejimi tuzildi.
1925-1929 yillar davomida Angliya va Amerika bankirlari Italiyaga 7 mlrd. lira kredit berdilar. 1928 yil yana bir qancha qonunlar qabul qilinib, amalda parlamentchilik rejimi tugatildi. Parlament batamom o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Yirik burjuaziya va yrik er egalari manfaatini ko‘zlab “Ulug‘ Rim imperiyasi” tuzish rejasi ishlab chiqildi. Bu rejaga muvofiq Bolqon, Tunnis, Misr, Angliya-Misr Sudani, Baleor orollari va Korsikani bosib olish mo‘ljallandi. O‘rta Yer dengizni Italiyaning ichki dengiziga aylantirish ko‘zda tutildi.
Italiya fashistlari Yaqin Sharqda ham hukmron bo‘lib olishni xayol qildilar. Shunga ko‘ra 1923 yilda Italiya Bolqonda ustun bo‘lishga intilib, Gretsiyaga qarshi agressiv harakat boshladi va Korfu orolini bosib oldi. Birok, Angliya jiddiy e’tiroz bildirgach, Italiya o‘z qo‘shinlarini Korfudan olib chiqib ketdi. 1923 yil sentabrda Italiya 1920 yilgi Rapollo shartnomasini buzib, Fyumenni bosib oldi. 1924 yil yanvarida Italiya bilan Yugoslaviya o‘rtasida Rimda imzolangan shartnomaga muvofiq “Fyumen shahri va Fyumen porti Italiyaniki” deb tanildi. Italiya fashistlari 1920 yilda qo‘lga kiritilgan Egey dengizidagi Dodekanes orollarini butunlay o‘zlariniki qilib oldilar. Yugoslaviyaning qarshiligiga qaramay, Italiya Albaniyani o‘ziga tobe` qildi. Italiya 1926 yili Albaniya bilan do‘stlik to‘g‘risida, 1927 yili esa “ittifoqlik” to‘g‘risida shartnoma tuzdi va Albaniya ustidan o‘z protektoratini o‘rnatdi. Italiya 1926 yili Ispaniya bilan, 1927 yili Ruminiya va Vengriya bilan, 1928 yili Gretsiya va Turkiya bilan “Do‘stlik” to‘g‘risida shartnomalar tuzdi. U Yevropa sharqiy janubida, hatto uning markaziy tumanlarida hukmron bo‘lishga zo‘r berib urindi. Bu masalalarda Italiya bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish