1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Germaniya. Fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi



Download 152,09 Kb.
bet51/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

3. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Germaniya. Fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi.
Boshqa kapitalistik mamlakatlar qatorida Germaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi. Iqtisodiy inqiroz va reparatsiya to‘lovlari mehnatkashlarning ahvolini juda ham yomonlashtirib yubordi. Ishsizlar soni 1932 yilda 7 million kishiga etdi. Burjuaziya esa Germaniyani fashistlashtira boshladi. Nemis monopoliyalari gitlerchilarni moliyaviy jihatdan tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatladilar.
1930 yil 1 aprelda prezident Gindenburg Myuller o‘rniga reyxs­kann­sler qilib katolik “Markaz” partiyasining etkchisi Genrix Bryuningni tayinladi. Yangi hukumat favqulodda dekretlar chiqardi. Mehnatkash­larning moddiy turmush darajasini yanada pasaytirib yubordi. Amerika mono­po­listlari fashistlar partiyasini qo‘llab-quvvatladilar. 1929-1931 yillarda ular Gitlerga 25 million dollar berdilar. Mamlakatda fashistlar va millitaristlar faollashdi, terror siyosati kuchaydi.
1932 yilda prezidentlikka Gitler nomzodi ko‘rsatildi. Ammo sayloda 83 yoshdagi Gindenburg g‘olib chiqdi. Shunga qaramay Gitler va fashist­lar­ning mamlakat ichidagi mavqeyi yanada oshdi. 1932 yil 30 mayda Bryuning vazifasidan chetlashtirildi va uning o‘rniga Frans fon Papen (1879-1969) tayinlandi.
Fon Papen gitlerchilar bilan aloqada edi. Gindenburgning qayta saylanishi va Fon Papen (1932 yil dekabrida esa general Shleyxer) hukumatining tuzilishi fashistlar uchun tag‘in ham qulay sharoit yaratdi. Mamlakat yanada fashistlashib bordi.
Gitlerning o‘z homiylari bilan birinchi uchrashuvi 1932 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tdi. “Po‘lat tresti”ning direktori Tissen uni Germaniya sanoatchilariga tanishtirdi. Gitlerning 4 soatga cho‘zilgan nutqi shunday iboralardan tuzilgan edi: “Demokratiya - axmoqlar ishi”, “Biz Germaniyada marksizmning ildizini quritishga qaror qildik”, “Oq irq Yer kurrasida yashovchi boshqa barcha xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirishi lozim”. Stinnesning “Buning uchun nima kerak?”- degan savoliga, Gitler qisqa qilib: “8 mln. kishilik armiya”, deb javob berdi.
1933 yil 4 yanvarda Gitler Germaniyaning yirik va yetakchi sanoatchi va sarmoyadorlari ishtirokida majlis o‘tkazdi, unda Gitler kansler bo‘lishi kerak, degan qarorga kelindi. 1933 yil 30 yanvarda prezident Gindenburg fashistlar partiyasining boshlig‘i Gitlerni reyxskansler qilib tayin­ladi. Fon Papen vitsekansler lavozimini egalladi. Shunday qilib, Germa­niya­da oshkora fashistik diktatura-moliya kapitalining eng reaksion, eng shovinistik va eng imperialistik elementlarining terroristik diktatu­rasi o‘rnatildi. Shu bilan birga, 1933 yil iyul oyida Germaniyadashturmchilar nazorati ostida umumxalq plebissiti o‘tkazilib, unda 36 mln. aholi Gitler siyosatini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Bu Gitlerni ruhlantirdi va o‘z siyosatining amalga oshishiga to‘liq ishonch bag‘ishladi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish