2. Kapitalizmning qisman mo`tadillashuvi yillarida Germaniya.
1923 yil oxirida o‘tkazilgan pul islohoti inflyatsiyani bir muncha bartaraf qildi. 8 soatlik ish kuni nogironlar va keksalarga beriladigan nafaqalar bekor qilindi. 1924 yil boshida harbiy holat yo‘qotilib, yana parlament metodlariga o‘tildi.
AQSHning taklifi bilan amerikalik bankir, general Daues boshchiligida ekspertlar komissiyasi tashkil etildi. Komissiya Germaniyaning tovon to‘lovlarini tartibga solish rejasini ishlab chiqdi. Uning takliflari 1924 yil 16 iyulda Londonda bo‘lib o‘tgan mamlakatlar konferensiyasida (Daues rejasi) qabul qilindi.
“Daues rejasi”ga muvofiq, AQSH Germaniyaning moliya ishlarini o‘z nazoratiga oldi, hamda Germaniyaning og‘ir sanoati va harbiy sanoatini tiklash uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli zayom va kreditlarning 70% ini berdi. 1924-1929 yillarda chet eldan Germaniyaga berilgan uzoq muddatli qarz 10-15 milliard markani va qisqa muddatli qarz 6 milliard markani tashkil qildi. Bu esa Germaniyaning shu yillardagi reparatsiya to‘lovlaridan ikki hissa ko‘p edi. Bundan tashqapri 1925 yildan 1930 yilgacha AQSH Germaniya iqtisodiyotiga 10 milliard dollar sarmoya kiritdi. O‘z navbatida bu Germaniya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan yuksalishi uchun zamin yaratdi.
1928 yilda Germaniyada 1913 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p elektr energiyasi, 7 barobar ko‘p avtomobil, 32 barobar ko‘p alyuminiy ishlab chiqarildi. Shu yili Germaniya kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi va po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. 1929 yilda Germaniya 16 mln. tonna po‘lat ishlab chiqardi (Angliya - 10 mln., Fransiya-10 mln.), mashinalar eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.
1927-1928 yillarda sanoat va tashqi savdo urushdan oldingi darajadan o‘tib, Angliya va Fransiyani orqada qoldirdi. Nemis-Amerika, Nemis-Ingliz monopoliyalarning aloqalari kengaydi. Germaniyada xususan Amerika kapitalining, ayniqsa, Morgan, Rokfeller, Mellon moliya guruhlarining mavqeyi tobora mustahkamlandi.
Germaniya Lokarno bitimlariga binoan, 1926 yil 10 sentabrda Millatlar Ittifoqiga kirdi. Ayni paytda Germaniya Versal tartibini yo‘qotish va ittifoqchilar nazorati ostidan xolos bo‘lishga intilmoqda edi.
Germaniya Amerika-Angliya moliya kapitalining yordami va AQSH vakili Yungning faol ishtiroki bilan 1929 yil fyevral-avgustida reparatsiya rejasi o‘rniga yangi “Yung rejasi”ni qabul qilindi va u 1930 yil yanvaridan kuchga kirdi. Bu rejaga muvofiq, reparatsiya to‘lovlari 20% kamaytirildi.
Mo`tadillashuv yillarida nemis burjuaziyasining siyosiy mavqeyi ham birmuncha mustahkamlandi. Burjuaziya bilan yunkyerlar bloki tuzildi. 1923 yil oxiridan 1928 yil iyunigacha mamlakatni “Kichik koalitsiya”- o‘ng burjua respublikasi partiyalari (katolik “Markaz”, “Xalq partiyasi”) koalitsiyasi boshqardi. Vilgelm Marks va Lyuter shu davrda tuzilgan hukumatlar tepasida turdilar. 1925 yil Ebert vafotidan keyin Kayzer armiyasining feldmarshali, birinchi jahon urushi jinoyatchilaridan biri bo‘lgan ashaddiy monarxist Gindenburg prezident qilib saylandi.
Gindenburgning topshirig‘iga mufoviq, 1928 yil iyun oyida reyxstagdagi Sotsial-demokratik fraksiyasining yetakchisi German Myuller sotsial-demokratlardan va o‘ng burjua partiyalari vakillaridan iborat “Katta kaolitsiya” hukumatini tuzdi va 1930 yil martigacha mamlakatni boshqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |