1) Rokfeller - Monopolist (neft). Rokfelleming ..Standart oyl“ tresti jami neft mahsulotining 90 foizini, okeanlarda qatnaydigan yuzlab paroxodlami o'z qo'liga oldi.
2) Morgan - Monopolist (moliya). 1901-yilda Morgan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo'lgan ,,Po·lat korporatsiyasi" deb atalgan katta Irtslii tashkil etdi.
3) Karnegi - Monopolist (poʻlat)
4) Krupp - Monopolist. Germaniyada .Kruppga nima yaxshi boʻlsa, u Germaniya uchun ham yaxshi", deyishardi
S) Napoleon III - Fransiya Imperatori 1852-1870
6) Qirolicha Izabella II - Ispaniya Qirolichasi
7) Vilgelm 1 - Prussiya Qiroli. 1871-yilmng 18-yanvarda Germaniya Imperatori
8) General Troshyu - Fransiya Prussiyaga yutkizgandan so'ng Qonun chiqaruvchi Korpus general Troshyu boshchiligida Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi.
9) Tyer - 1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch say lov o'tkazildi va Tyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu hukumat Fransiya-Germaniya tinchlik shartnomasini imzoladi.
10) J. Ferrining - Fransiya hukumatining boshlig'i 1885-yilda deputatlar palatasida nutq soʻzlagan
11) Mak-Magon - Fransiya Prezidenti. 1876 - yilgacha
12) Sadi Karno - Fransiya Prezidenti. 1894-yilda o'ldirilgan.
13) A. Dreyfusdan josuslikda ayblangan yahudiy millatiga mansub kapitan
14) Estergazi - bosh shtab mayori. U Haqiqiy josus edi.
15) Otto fon Bismark - Germaniyaning birinchi imperiya kansleri. (1871-1890)
16) Tomson - Olim. U tomonidan fosfor olish jarayonini soddalashtirgan.
17) Vilgelm II - Germaniya Imperatori. (1888-1918). Vilgelm II Germaniya hukmron doiralari bosqinchilik siyosatining jarchisi“ va faol amalga oshiruvchisi bo'lib chiqdi. Germaniya imperatori Vilgelm
II.Germaniyaning kelajagi de-ngizda“ degan shiomi e'lon qildi.
18) U. Gladston - Liberallar partiyasidan bo'lgan bosh vazir. Uning davrida (1864-1874-yillar) hukumat
qator islohotlar o'tkazdi.
1) Jumladan, tred - yunionlarga oʻz manfaatlarini sudda himoya qilish huquqi berildi va 2) ish tashlashlar
oʻtkazilishiga ruxsat etildi.
3) Parlamentga saylovlaming yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkazilishi joriy etildi.
4) Maktab islohoti o'tkazildi.
19) B. Dizraeli - Angliya bosh vaziri. Uning bosh vazirligi davrida ham qator muhim tadbirlar amalga oshirildi.
1) 1875-yilda haftada 54 soatlik ish vaqti belgilandi.
2) 10 yoshdan kichik bolalami ishga qabul qilish taqiqlandi.
20) Parnell - Buyuk Britaniyaning parlamenti deputati, olsterlik protestant, yer egasi bo'lgan. U 1875-yilda
Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni (gomrul) talab qildi
21) A. Griffit - Irlandiyalik yirik Burjuaziya vakillaridan biri. U 1905-yili ,Shinſeyn" („Biz o‘zimiz“)
partiyasini tuzdi. U Irlandiya mustaqil parlamenti tuzish tashviqotini olib bora boshladi. Britaniya tovarlarini
boykot qilish yanada kuchaydi.
22) D. Lloyd-Jorj - Liberallar hukumati rahbari. D. Lloyd-Jorj „Leyboristlar partiyasining tuzilishi Liberallar hukumatining xatosi“, deb afsus bilan qayd etgan edi.
23) Qirolichasi Viktoriya - Angliya qirolichasi. 1876- yilda Britaniya oʻz qirolichasi Viktoriyani
Hindistonning imperatori deb e'lon qildi. Shu tariqa, Buyuk Britaniya imperiyasi tashkil etildi. Endilikda
Buyuk Britaniya imperiya deb, parlamenti esa imperiya parlamenti deb yuritiladigan bo'ldi
24) Shpis - Chikagodagi ommaviy mitingda qatnashgan ishchilardan biri. Osib oʻldirishga mahkum qilinganlardan biri - Shpis oxirgi so'zida ,Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham oʻtkirroq boʻladi", degan edi.
25) Teodor Ruzvelt - Aqsh Prezidentlaridan biri. U 1901-yilda AQSH prezidenti lavozimini egallagan
1) U Amerika-Ispaniya urushida shaxsan qatnashib, shuhrat qozongan edi.
2) T. Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurash siyosati ,,Adolatli yoʻl" deb nom oldi.
3) Uning hukumati, ayni paytda, ishchilar bilan ish beruvchilar o'rtasidagi mojarolarda hakamlik vazifasini
ham bajara boshladi.
4) Hukumat trestlarga qarshi koʻplab sud jarayonini tashkil etdi. Bular ma'lum natijalar ham berdi. 5) Xususan, sud qarori bilan Morgan nazorat qiladigan temiryo'l kompaniyasi ikkiga bo'lindi.
6) Temiryo'llar faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.
26) Vudro Vilson - Aqsh Prezidentlaridan biri.
1) 1912-yilgi prezident saylovlarida demokrat Vudro Vilson g'alaba qozondi.
2) U Birinchi jahon urushi arafasida bojxona tariflari to'g'risida yangi qonun qabul qilinishiga erishdi.
Qonunga ko'ra: a) tarif stavkasi 10 foizga kamaytirildi. b) Daromadning oshib borishiga qarab, qo'shimcha soliq solinadigan bo'ldi.
3) Saylov tizimida ham islohot o'tkazildi. Unga ko'ra: a) oldin ayrim shtatlaming qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan boʻldi. Prezident Vudro Vilson tashqi siyosatda oʻzining yaqin oʻtmishdoshlari qatori AQSHning dunyoda eng qudratli ta'sirga ega bo'lishi uchun kurashdi. Chunonchi, u bunday deb yozgan edi: ,,Yangi davr arafasida turibmiz. Bu davrda biz amerikaliklar dunyoni boshqarishimiz kerak"
27) Taft - Aqsh Prezidentlaridan biri.
1) Prezident Taft ,,dollar diplomatiyasi" siyosatini e'lon qildi.
2) Bu siyosat, asosan, iqtisodi nochor boʻlgan Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan qoʻllandi. ,,Yordam
berish“ niqobi ostida sotib olish, davlat to'ntarishlari uyushtirish oddiy holga aylanib qoldi.
28) Xose Marti va Maksimo Gomes - Kuba xalqining milliy qahramonlari. Ular 1895-yilda qoʻzgʻolon ko'tardi.
29) Porfirio Dias - Meksika Prezidenti. 1876-1911. AQSH va mahalliy pomeshiklar reaksiyasiga tayangan
Porfirio Dias 1876-yilda prezident deb e'lon qilindi va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 1911-yilgacha turdi.
30) Emiliano Sapata - Meksikadagi Dehqonlar harakatining rahbari. Sapata ,,Dehqonlami himoya qilish xuntasi"ni tuzdi. Uning shiori ,,Yer va ozodlik" degan chaqiriqdan iborat edi.
31) Madero - Meksikadagi muxolifat yetakchisi. Madero:
1) Diktatura davrida hindulardan tortib olingan noqonuniy yerlarini qaytarib berishga,
2) pomeshiklarga qarashli yerlaming bir qismini haq to'lash evaziga dehqonlarga berishga va'da berdi.
3) Xalqni qoʻzgʻolonga chaqirdi
4) Xalq qoʻzgʻolonidan qo'rqib ketgan Dias Meksikadan qochishga majbur boʻldi. Madero esa poytaxtga kirib keldi va prezidentlik lavozimini egalladi. Biroq Meksikadagi ogʻir ichki siyosiy vaziyat tufayli u biror jiddiy oʻzgarishlar qila olmadi. Shunday bo'lsa-da, a) ish kunini 10 soatgacha cheklab qoʻydi va b) ishlab chiqarishda jarima tizimini bekor qildi. c) Chet el kapitalini cheklashga va d) milliy iqtisodini himoya qilishga intildi.
1913-yilda Madero otib tashlandi.
32) General Uerta - diktator Diasning maslakdoshi.
33) Fransisko Vilya - Meksika shimolidagi dehqonlar harakati rahbari.
1) Fransisko Vilya bayrogʻiga ,,Yer va ozodlik" shiori yozilgan edi.
2) E. Sapata va F. Vilya qurolli kuchlari 1914-yilda mamlakat poytaxti Mexiko shahrini egalladi. Lekin, ko'p oʻtmay, hukumat qo'shini ularni chekinishga majbur etdi.
3) 1917-yilga kelibgina dehqonlar qoʻzgʻoloni bostirildi.
4) E. Sapata va P. Vilyalar turli yillarda yollangan qotillar tomonidan oʻldirildi.
34) Bonifatsio - Qul. U boshchiligida shakarqamish plantatsiyalarida ishlovchi qullar qoʻzgʻolon ko'tarishgan.
35) Antonio Predo - Plantator. U oʻz qullarini ozod qilib yubordi. U davlat vaziri boʻlgach, qullami ozod qilish haqida taklif kiritdi.
36) Pedru II - Braziliya Imperatori. 1889-yil 19-noyabrda Pedru II taxtdan voz kechib, Britaniya kemasida
Portugaliyaga jo'nab ketdi.
37) Izabel - Pedru II o'mida vaqtincha davlatni boshqarib turgan malika. Malika Izabel 1888-yilda
Braziliyada qullarni ozod qilish haqidagi ,,Oltin qonun" nomi bilan jnashhur qonunga qo'l qo‘ydi. Mamlakatda bu paytda 750 ming qul bor edi.
38) P.A. Stolipin - Rossiya Bosh vazir. 1911-yilda Stolipin otib oʻldirildi ,,Stolipin agrar islohoti“ Unga koʻra: dehqonlaming oʻz xususiy yeriga ega boʻlishi masalasining quyidagi 3 usul orqali amalga oshirilishi mo'ljallandi:
1) - jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan jamoa yerini xusffSiy mulkka aylantirish hamda dehqonga oʻz yerini sotish huquqini ham berish;
2) - dehqonlaming davlat va pomeshiklarga qarashli yerlami sotib olishlari uchun ularga ,,Dehqonlar banki" orqali yordam berish; 3) - yer tanqisligi kuchli bo'lgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarning bir qismini Sibir. Turkiston. Uzoq
Sharq va imperiyaning milliy chekka o'lkalariga ko'chirish
39) G. V. Plexanov - Mehnatni ozod qilish" guruhi rahbari edi. Bu guruh 1883-yilda tuzildi. U ishchilar
sinfini inqilobiy kuch deb hisoblagan. Lekin hokimiyatni qurolli qoʻzgʻolon yo'li bilan bosib olishga qarshi
va jamiyatni islohotlar yo'li bilan yangilash tarafdori edi.
40) V. 1. Ulyanov (Lenin) - Rossiya doxiysi. U 1903-yildan boshlab Rossiya sotsial-demokratik ishchi
partiyasi" ga rahbarlik qildi. U RSDRPdagi bolsheviklar deb atalgan oqimga yetakchilik qildi
41) Nikolay 11 - Rossiya imperatori. 1894 - 1917.
1) Inqilobiy harakatning bunday tus olishi Nikolay II ni yon berishga majbur etdi.
2) U Manifest e'lon qildi. Unda a) vijdon, b) soʻz, c) matbuot erkinligi, d) yigʻilish o'tkazish va e) turli
ittifoqlar tuzish huquqi, shuningdek, f) qonun chiqaruvchi hokimiyat - Davlat dumasi (parlament)ni joriy
etish va da qilindi.
42) Frans Ferdinand - Avstriya-Vengriya taxti vorisi. U 1914-yil 28-iyulda serb millatchilari tomonidan
o'ldirilgan
43) Piy IX - Rim Papasi. U Rim shahrining Italiyaga qo'shilishiga qarshilik qilayotgan va uni Fransiya
armiyasi himoya qilayotgan edi.
44) Viktor Emmanuil II - Italiya Qiroli. Qirol Viktor Emmanuil II qonun chiqaruvchi hokimiyatni
parlament bilan bo'lib oldi. Senatorlar qirol tomonidan umrbod muddatga tayinlanar edi. Ijro etuvchi
hokimiyat Bosh vazir qo'lida to'plandi.
45) J. Jolitti - Italiya bosh vaziri..
1) 1903-1914-yillarda (orada ma'lum uzilishlar bilan) Italiya hukumatini boshqardi.
2) J. Jolitti aholi xarid quvvatini oshirmay turib, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirib bo'lmasligini
yaxshi tushunar edi. Buning uchun esa mehnatkashlarga yaxshi ish haqi toʻlash zarur edi.
3) Bu haqda u ,,Sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori boʻlgan mamlakatlar turadi“, deb ta'kidlagan
edi. Uning davrida : a) kasaba uyushmalari tuzilishiga, b) ish tashlash o‘tkazilishiga ruxsat etuvchi, c) tungi
smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik, d) saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini
bekor qilish haqida qonunlar qabul qilindi.
46) Vasil Levskiy - Jasur bolgar inqilobchisi. U mustaqil demokratik Bolgariya Respublikasini barpo etish
rejasini ilgari surdi. U Bolgariya hududida yashirin qoʻzgʻolonchi qo'mitalar tuzdi. 1872-yilda V. Levskiyni
qatl etishgan bo'lsa-da, ozodlik harakati pasaymadi
47) Xristo Botev - Bolgariyalik Iste'dodli publitsist va shoir. 1876-yil Bolgariyada qoʻzgʻolon boshlandi.
Qoʻzgʻolonchilar o'z bayroqlariga ,,Ozodlik yoki o'lim“ shiorini yozgandilar. Xristo Botev ozodlik
harakatiga yo'lboshchilik qildi. U 1876-yil 1-iyunda turklar bilan boʻlgan jangda qahramonlarcha halok
boʻldi. U halok bo'lgan kun Bolgariyada Xotira kuni sifatida nishonlanadi.
48) Aleksandr II - Rossiya imperatori. 1855-1881.
49) Aleksandr Battenberg - Rossiya imperatori Aleksandr II qaynisi hamda bir vaqtning o'zida Pruss zobiti bo'lgan Aleksandr Battenbergni Bolgariya davlati boshlig‘i etib saylashni taklif etdi. Bolgariya Buyuk Xalq majlisi bu taklifni ma'qulladi. Uning asl niyati - Bolgariya armiyasida xizmat qilayotgan rus zobitlarini nemis zobitlari bilan almashtirishda yaqqol namoyon boʻldi. Endi, Rossiya hukumati unga Rossiyaning dushmani sifatida qaray boshladi. Rossiya tarafdorlari boʻlgan oliy zobitlarning bir guruhi 1886-yilda Aleksandr Battenbergni taxtdan voz kechishga majbur etdilar.