1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Eron Ikkinchi jahon urushi yillarida



Download 152,09 Kb.
bet21/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Eron Ikkinchi jahon urushi yillarida.

Erondagi yaqqol namoyon bo‘layotgan fashistparast kayfiyatlar fashistlar Germaniyasining SSSRga hujumi sharoitida gitlerga qarshi koalitsiya mamlakatlarini kuchli xavotirga soldi. Uinston Cherchill taklifiga muvofiq, Angliya va Sovet Ittifoqi Eronni birgalikda harbiy okko`patsiya qilishni amalga oshirdilar. 1941 yil sentabrida Janubiy Eronga ingliz qo‘shinlari, Shimoliy Eronga esa, sovet qo‘shinlari kiritildi. Rizoshoh o‘z o‘g‘li Muhammad Rizo Pahlaviy foydasiga taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Eronda fashistlar agenturasi tugatildi.
1942 yilning 28 yanvarida Tehronda SSSR, Buyuk Britaniya, Eron o‘rtasida ittifoq to‘g‘risida shartnoma imzolandi, bu shartnoma Eronni Germaniya va boshqa davlatlar tomonidan agressiya qilinishini himoya qilish yo‘lida ittifoqchilar tomonidan uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti, mustaqilligini hurmat qilishni ko‘zda tutardi. SSSR va Angliya shu maqsadda Eronda urush tugagandan so‘ng olti oy o‘tguniga qadar o‘z qurolli kuchlarini saqlab turish huquqini oldilar. Eron ham o‘z navbatida ittifoqchilarga qo‘ldan kelgan barcha yordamni ko‘rsatish majburiyatini oladi.
Bo‘lib o‘tgan bu barcha voqealar Eron ijtimoiy-siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shohning harbiy diktatura rejimi tugatildi. Demokratik harakatlar faollashdi, sobiq siyosiy maxbuslar qamoqdan chiqarildi, jamiyatda shoh hokimiyatini cheklash va majlis rolini oshirish tendensiyasi kuzatildi.
1941 yil oktabrida Eron Xalq partiyasi (EXP)ga asos solindi. U tez orada mamlakatdagi eng ommaviy partiyaga aylandi. 1944 yilning avgustiga kelib uning a’zolari soni 25 mingga etgan edi. EXP Eronning milliy suverenitetini mustahkamlash, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, ichki reaksiyaga qarshi kurash yo‘lini tutdi.
Ayni vaqtda liberal-natsionalistik partiyalar ham vujudga keldi. Ular sirasiga avvalo “Eron” partiyasini kiritish mumkin edi. Shuningdek, islom tashkilotlari, xususan islom dushmanlari bilan va chet el ta’siriga qarshi kurashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan klerikal-millatchilik, terrorchilik tashkiloti Fedayane islom tashkil topdi. Sal keyinroq mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida islomning ta’sirini kuchaytirishni o‘z vazifasi sifatida qo‘ygan “Islom uchun kurashchilar” partiyasi vujudga keldi.
Shunday qilib, Ikkinchi jahon urushi oxirlariga kelganda Eronda mamlakat hayoti keyingi davrini belgilab bergan barcha siyosiy oqimlar mavjud edilar.


              1. Download 152,09 Kb.

                Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish