1-mavzu: Asalari tanasining ichki tuzilishi mavzusidagi laboratoriya ishining (2 soat) pasport I asalari bosh qismi


-tergitlar, 2-sternitlar, 3-birlashtiruvchi membrana



Download 219,22 Kb.
bet5/5
Sana05.07.2022
Hajmi219,22 Kb.
#741797
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Labaratoriya

1-tergitlar, 2-sternitlar, 3-birlashtiruvchi membrana,

Oldingi ko‘krak segmenti biroz kichik bo‘lib, asalari boshi bilan harakatlanuvchi holda birikkan, natijada asalari boshi har tomonlama harakalana oladi. Old ko‘krak sternitiga bir juft oldingi oyoqlar birikkan. O‘rta ko‘krak bo‘g‘imi eng kattasi bo‘lib, ko‘krakning asosiy qismini tashkil qiladi. O‘rta ko‘krak bo‘g‘imining katta bo‘lishiga sabab, bu qismga oyoqlardan tashqari asalarining oldingi juft qanotlari ham joylashgan.


O‘rta ko‘kragining ichida ko‘ndalang va uzunasiga, yaxshi rivojlangan muskullar bo‘ladi, ular uchish vaqtida asalari qanotlari ishini boshqarib turadi.
Orqa ko‘krak segmentlari bir oz soddalashgan, yuqorigi ingichka halqadan va ikkita yon plastinkadan iborat. Orqa ko‘krakka ikkinchi juft qanotlari va uchinchi juft oyoqlari birikkan. Birinchi qorin bo‘g‘imi ham orqa ko‘krakka birikadi. Qorinning oldingi bo‘g‘imi orqa tomonga qarab ingichkalashib, ko‘krakni qorin bilan birlashtiradigan tanacha hosil qiladi. Demak, asalari ko‘kragi harakat organlari – qanotilari va oyoqlari joylashgan asosiy bo‘lim hisoblanadi.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Asalarining ko‘krak qismini tuzilishi izohlab bering?

  2. Tergit bilan stersitning farqini tushuntirib bering?

  3. Asalarining qorin qismida necha xil halqachalar bo‘ladi?

  4. Asalarining ko‘kragi nima vazifalarni bajaradi?

  5. Asalarining ko‘kragida xitin bo‘ladimi?



Asalarining qorin qismini tuzilishi

Asalarining qorin bo‘lagi yoki uni abdomen deb ham atashadi, asalari tanasining uchinchi qismi bo‘lib, u bir qancha bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Ishchi va ona asalarilarning qorni tashqi ko‘rinishidan bir-biridan farq qiladigan oltita va erkak asalarida esa yettita yarim halqalardan tashkil topgan (7 rasm).


Asalarining qorin bo‘g‘imlari ko‘krak bo‘g‘imlarga nisbatan oddiyroq tuzilgan, har biri ikkita asosiy skleritdan iborat; ustki tomondagi yaproqchalar- tergit, ostki tomondagi yaproqchalar - sternit deb ataladi va ular orasidagi pardasimon yumshoq qismlar - biqincha yoki pleyritlar bo‘ladi. Voyaga yetgan asalarilar tergiti bilan sternitining soni hamma vaqt ham bir xil bo‘lavermaydi, chunki ayrim bo‘g‘imlarning ba’zi skleritlari to‘la rivojlanmagan bo‘ladiyu, shu sababli tergitlar soni sternitlarga nisbatan 1-3 tagcha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Asalari qornidagi tergit va sternitlar bir-biriga pleyritlar, xitin pardalari bilan mustahkam bog‘lanib, oldingi halqa tagiga biroz kiradi. Bunday yumshoq bog‘lanish asalari qornining bo‘yiga va eniga kengayishiga imkon beradi.
Asalari qorin hajmining kattalashishi bir qancha biologik ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.
1. Ona va erkak asalarilarda qorin qismida jinsiy a’zolari joylashganligi hamda ishchi asalarilarda ovqat hazm qilish a’zolari joylashganligi sababli kattalashadi.
2. Ishchi asalarilar qorin qismida asal qopchasi joylashganligi va unda asal, gul shirasi, suv bilan to‘lganligi uchun, u ancha miqdorda kattalashadi.
3. Ishchi asalarilarning qish faslida ko‘p miqdorda oziqlanishi va najas moddasini ko‘plab to‘planishi natijasida, asalari qorni kattalashadi.
4. Endigina onadondan chiqqan yosh ona asalarilarda qornining kattalashishi, ularning hali najasini to‘liq bo‘shatolmaganligidadir.
Asalarining qorin qismida nafas olish a’zolari joylashganligi uchun, u har doim qatlanib, turadi. Asalari qutisining uchish taxtachasiga endigina qo‘nib olgan asalarilarni kuzatsangiz, uning qorin qismidagi tergit va sternitlarni har doim harakat qilib bir-birini tagiga kirib-chiqib turishini ko‘rasiz. Albatta, bunda asalari qorin halqachalari bir-biri bilan elastik holatda mustahkam birlashib turishdan dalolat beradi. Ishchi asalarining oxirgi qorin halqachalari orasida nishi, jinsiy apparati va chiqaruv teshiklari joylashgan. Asalarining qorin qismi bilan ko‘krak qismi juda elastik, ingichka poyacha bilan tutashgan, ular asalari tanasining egiluvchan bo‘lishi va u bajaradigan ko‘pgina murakkab vazifalarni amalga oshirishda qulayliklar yaratadi.
Erkak asalari o‘zining quyidagi belgilari bilan boshqalardan farq qiladi. Qornini ohirgi tomonida, yettinchi tergit qismi yaqqol ko‘rinib turadi, chunki u ko‘krak bo‘limiga kiradi, ularga e’tibor bersangiz, bu sternitlar faqat yon tomondan kichik plastinka shaklida ko‘rinadi. Qornining sakkizinchi tergiti kuchsiz xitinlashgan, yaxshi rivojlangan bo‘lib, ikki juft plastinkasi bor. Bu plastinkalar orasida erkak asalarining jinsiy teshigi joylashgan. Ona asalari bilan juftlashishi vaqtida erkak asalarining qo‘shilish a’zolari, shu ikkki plastinkalar orasidan tashqariga tezlik bilan otilib chiqadi.
Download 219,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish