Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Asalarining og‘iz apparati qanday qismlardan iborat?
Ona ishchi va erkak asalarilarning og‘iz apparati farqini aytib bering?
Asalarining xartumchalari qanday tipda tuzilgan?
Asalarining tili uchida nima joylashgan va uning vazifalari nimalardan iborat?
Asalari xartumidagi shildiroq nima vazifalarni bajaradi?
Asalari ko‘krak qismining tuzilishi
Ma’lumki, asalarilarning harakat organlari ko‘krak qismida joylashganligi uchun, ular murakkab tuzilishga ega. Shuning uchun dastavval ko‘krakning tashqi birlamchi oddiy sxematik tuzilishi bilan tanishib, keyin uning bo‘g‘imlari tuzilishini ko‘ramiz.
Asalarining ko‘kragi boshqa hasharotlarniki kabi uchta oldingi, o‘rta va orqa bo‘g‘imlardan va birinchi qorin bo‘g‘imidan iborat. Birinchi qorin bo‘g‘imining ko‘krak bo‘limiga kirib turishi, ko‘pgina hasharotlarda ham kuztiladi. Har bir bo‘g‘imlar skeletini xitinlashgan kutikula halqasi hosil qilib, ular to‘rt qismga bo‘linadi. Yelka tomoni yoki tepa yarim halqasi ─ tergit, qorin tomoni yoki pastki yarim halqasi ─ sternitdan, ikki yon yumshoq devorlari tergit va sternitlarni bir-biriga bog‘lab turuvchi pleyrit va xitin pardalardan iborat. (6-rasm)
6-rasm. Ishchi asalarining ko‘krak va qorin qismini tuzilishi.
1,2,3 – old, o‘rta va orqa ko‘krak halqachasining bel tarafi, 4,5,6-old, o‘rta va orqa ko‘krak xalqachasining pleyral o‘simtasi, 7-qorin qismida yo‘qolib, ko‘krak qismida tashkil topuvchi xalqachasi, 8-old nafas olish teshikchasini to‘suvchi to‘sqich, 9-old qanot birikadigan asos plastinkasi, 10-o‘rta ko‘krak xalqachasining bel chizig‘i. 11-old ko‘krak pleyra o‘simtasi, 12,13 – o‘rta va orqa ko‘krak xalqachasining sternit qismi, 14,15,16 – old o‘rta va orqa oyoqlar, 17-ko‘krakdagi nafas olish teshikchasi, 18-qorindagi nafas olish teshikchasi, 19-20 – qorin qismidagi halqachalarning tergit qismi, 21,22 – orqa va old qanotining birikish asosi: B – ishchi asalari qornidagi pastki qismida mum ajratish oynachasining ko‘rinishi; V – ishchi asalarining oltita sterniti; 1-2-tukchalar bilan qoplangan sternit, 3-6-sternitdagi mum ajratish oynachalari.
Asalari ko‘kragi lokomotor vazifani olganligi uchun ko‘krak bo‘g‘imning muskulaturasi kuchli rivojlangan va murakkablashgan, bo‘g‘imlarining hajmi kattalashgan, ayniqsa tashqi sklet tuzilishi juda ham o‘zgarib murakkablashgan. Ko‘krak muskullari keskin murakkab o‘zgargan bo‘lib, natijada birlamchi skleritlar-tergitlar, sternitlarga va pleyritlar ikkilamchi seriya skleritlarga bo‘lingan. (7- rasm).
7-rasm. Asalari qorin halqachalarining tuzilishi.
(chapdagi to‘g‘ri kesim, o‘ngdagisi ko‘ndalang kesim)
Do'stlaringiz bilan baham: |