10-Mavzu: Mutaxassislik bilan tanishuv amaliyoti bo`yicha
tayyorlangan xisoboti
Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
a) Hozirgi bozor munosabatlari davrida qishloq xo’jaligi, boshqa agrosanoat majmualari korxonalari va tarmoqlari iqtisodiyoti, ularni tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish va har tomonlama tahlil etish va huquq, mehnatni muhofaza qilish va boshqa nazariy-uslubiy bilimlarni korxonalar doirasida ularning tabiiy, iqtisodiy tashkiliy sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishga ijobiy joriy etishni o’rganish; b) Mustaqil Malakaviy amaliyot hisoboti yozish uchun kerakli dalillar yig’ish va ularni maqsadga muvofiq qayta hisob-kitob qilish; d) Bozor iqtisodiyoti samaradorligini oshirishga tegishli maxsus adabiyotlarni va tavsiyalarni qishloq xo’jalik va boshqa agrosanoat korxonalariga va ularning bo’limlariga joriy etishda ishtirok etish; e) Korxona doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-tashkiliy boshqarish samaradorligini o’rganish va ularni yanada takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan xulosalar, taklif va tavsiyalar berish va boshqalar.
Malakaviy amaliyotga rahbarlik Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining professor-o’qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Ular talabalarni amaliyotga chiqishlaridan oldin instruksiya o’tkazadilar, amaliyot davrida bajariladigan barcha
ishlarni davriy nazorat qiladilar. Talabalarning yutuqlari va kamchiliklarini kundalik daftarga yozadilar, kafedralar va dekanat rahbarlariga yozma ravishda yetkazadilar. Talabalarni sifatli amaliyot o’tishlari korxonalarning bosh (katta) iqtisodchisiga yuklanadi va unga rahbarlik qilish uchun ish haqi to’lanadi.
Korxonalarning bosh iqtisodchilari ushbu dasturda ko’rsatilgan va boshqa muammolarni o’rganishda talabalarga ijobiy yordam ko’rsatadilar, ularga me’yorda ishlash, dam olish va yashash sharoitlarini yaratadilar. Haftada kamida bir marta amaliyot dasturining bajarilishini tekshiradi va kundalik daftarga imzo qo’yadilar. Ular talabalar tomonidan mustaqil yozilgan Malakaviy amaliyot hisobotini tasdiqlaydilar. Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan barcha ishlarning mazmuni va oxirgi natijalari tasvir etiladi. Hisobot qo’lyozma shaklida yoziladi, uning hajmi kamida 60 bet atrofida bo’lishi kerak, uni sxemalari diagrammalari, rasmlar bilan bezatish tavsiya etiladi. Hisobotning titul betida quyidagilar ko’rsatiladi: Oliygoh nomi, hisobot nomi, ixtisoslik va guruh raqami, familiyasi va ismi, amaliyot o’tilgan korxona, tuman va viloyat, amaliyotning korxona va oliygoh rahbarlari, hisobot yozilgan kun, imzo qo’yiladi va muhr bosiladi. Talabalar hisobot bilan birga amaliyotni o’tash kalendar ish rejasini va uning bajarilishi yuzasidan olib borilgan kundalik daftarni ham topshiradilar. Hisobotga talaba haqida amaliyot o’talgan ob’yekt boshqaruvchisining tavsifnomasi qo’shib topshiriladi. Har bir amaliyot hisobotiga kafedralar tomonidan tayinlangan professor-o’qituvchilari xulosalar yozib beradilar. So’ngra hisobotlar kafedraning maxsus hay’at yig’inida himoya qilinadi. Amaliyot natijalari reyting tizimi asosida baholanadi va talabalarning sinov daftarchasiga yoziladi. Ma‟lumki xo‟jalik hisobining talablaridan biri, asosiy talabi- bu korxonalar faoliyatining rentabillik bo‟lishi ya‟ni korxonalar o‟z faoliyatini foyda olish bilan yakunlashidir. Foyda- absolyut ko‟rsatkich bo‟lib, u korxonalar faoliyati samarasini ifodalaydi. Foyda korxonalat faoliyatining har xil yo‟nalishlarini moliyaviy yakunidir. Shu sababli foyda turli xil shakllarda bo‟lishi mumkin.
Sotilgan mahsulotlardan olingan yalpi foyda foydaning asosiy shakli bo‟lib, u sotishdan olingan tushumdan sotilgan mahsulot tannarxini chegirish yo‟li bilan aniqlanadi. Sotilgan mahsulotdan olingan sof tushumni aniqlash uchun sotilgan mahsulotlardan olingan yalpi tushumdan davlat byudjetiga o‟tkazilgan qiymatga solinadigan soliq, aksiz soliqlari va eksport-import to‟lovlari olib tashlanadi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan foyda sotilgan mahsulotlardan olingan foydadan davr xarajatlarini olib tashlash va asosiy faoliyat bilan aloqador boshqa daromadlar, zararlarini e‟tiborga olish bilan aniqlanadi.
Davr xar jatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bog‟liq bo‟lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi va o‟z tarkibiga boshqaruv xarajatlarini, mahsulotni sotish xarajatlarini, va umumxo‟jalik ahamiyatiga ega bo‟lgan boshqa xarajatlarni oladi.
Sof foyda- bu korxonalarning o‟zida qoladigan daromad bo‟lib, u korxonalarning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan daromadlardir.
Umumman olganda, Qarshi shahar ”Gazkomserviz ilmiy tehnik metrologik”MCHJ ning o‟tgan 2007-2008- yillardagi moliyaviy holatiga nazar tashlasak, uning keyingi yillarda moliyaviy holati yomonlashib ketganligini biz yuqoridagi jadval ma‟lumotlariga asosan kuzatishimiz mumkin.
2.1.1-jadval ma‟lumotlaridan ko‟rinib turibdiki, Qarshi shahar ”Gazkomserviz ilmiy tehnik metrologik”MCHJ 2007-2008 yillarda jami aktivlari miqdori 198315.8 ming sumdan 203549.7 ming sum miqdorda o‟zgarish sodir bo‟lgan, bu o‟tgan yilga nisbatan 93.9 %ni yoki 9413.2 ming sum miqdorda kamaygan. Keyingi yillarda jamiyatda uzoq muddatli aktivlari salmog‟i doimiy ravishda kamayishi kuzatilgan.
Buni sababi sifatida uzoq muddat xizmat qiladigan aktivlar o‟z xizmat muddatini o‟taganligi natijasida ularga amortizatsiya ajratmalari miqdorining keskin kamayib ketganligi (o‟tgan yilga nisbatan 2.8 barobar ortiq) aytish mumkin. Agarda jamiyatning balansida nazar tashlansa, tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish natijasida xaridor va buyurtmachilardan kelib tushishi lozim bo‟lgan mablag‟larning o‟z vaqtida tushmasligi oqibatida 34237.4 ming sumlik debitorlik qarzni
Do'stlaringiz bilan baham: |