2-Mavzu: Suv xo`jaligi obyekti bilan umumiy tanishuv
Suv xo`jaligidagi nasos stantsiyalarda o`rnatilgan yirik sinxron motorlarni normal ishlashi elektr tarmoq orqali uzatiladigan uch fazali o`zgaruvchan tokning sifatiga bog`liq.
Elektr ta`minot liniyalarini sifatli ishlashi chastotani o`zgarmasligiga, kuchlanishning nominal qiymati va kuchlanishni fazalarora simmetrikligidan, kelib chiqadi.
Elektr motorlarni ishlashiga chastotani ko`p bo`lmagan tebranishi ta`sir qiladi. Chastotani ancha muncha kamayish, yoritish lampalarni lipillashiga olib keladi va uning yoritish xususiyatiga ta`sir qiladi.
Yuqorida keltirilgan iste`molchilarni kamchiliklari chastotani ikki marta kamayishadan kelib chiqadi, bu xolat elektr uskunalarni avariya xolatida yuz beradi.
Elektr uskunalarni normal ishlash xolatida quvvatni etishmasligi yoki oshib ketishi ta`sirida chastotani nominal qiymatiga nisbatan ko`p bo`lmagan tebranishlar xosil bo`ladi, bu ham motorlarni ishlashiga ta`sir qiladi.
Generatorni yuklamasi va uni ta`siridan kelib chiqqan tormozlanish momenti, birlamchi motolarni aylanish momentitidan oshib ketsa agregatlar tormozlanadi, generatorlar ishlab chiqqan o`zgaruvchan tokni chastotasi kamayadi.
Generatorni yuklamasidan kelib chiqqan tormozlanish momenti, birlamchi motorlarni aylanish momentiga nisbatan kamayib ketsa, agregatlarni aylanish chastotasi ko`payadi va shu bilan birgalikda tokni chastotasi ham oshadi.
Zamonoviy energotizimlardagi birlamchi elektr motorlar aylanish tezligini avtomatik holatda rostlagichlar bilan ta`minlangan, shuning uchun amalda tokni chastotasini normasidan oshib ketishi uchramaydi, tokni chastotasini pasayib ketishini ehtimoli bor chunki, ko`pincha elektr motorlardagi rostlagichlarni quvvatini etishmasligi tufayli, ularni aylanishi stabillashtira olmaydi. Elektr motorlarni ishlashiga tokning chastotasini ko`payib va kamayib ketishi, ta`sir qiladi chunki, aylanish tezligi ularni E.Yu.K. chastotasiga proportsional, quvvati esa aylanish chastotasiga proportsional. Elektr motorlar berilgan yuklama bilan ishlayotkanida aylanish chastotasini kamayishi elektr linyasidan ko`proq tok o`tishga olib keladi, bu esa taminlovchi liniyani ishlash rejimini o`zgarishiga olib keladi, ya`ni kuchlanishni isrofini ko`payishiga. Demak liniyadan uzatilayotgan aktiv va reaktiv quvvatini ko`payishiga olib keladi. Bundan tashqari elektr motorlarni aylanish chastotasini o`zgarishi, mexanizmlar orqali bajarilayotgan texno`logik protseslarni buzilishiga olib keladi.
Shunday qilib elektroenergiyani sifatini ko`rsatadigan omillardan biri, bu E.Yu.K. chastotasini stabilligi. PUE asosida 50 Gts. Ishlab turilishi kerak, yirik tizimlarda chastota +1Gts (+0,2 %). Kam quvvatli elektrostantsiya va energotizimlarda, chastotani og`ishini + 1 % ruxsat etiladi, quvvati 250 kVt bo`lgan elektr stantsiyalarda chastotani og`ishi +4 %-cha ruxsat etiladi. Avtomatlashtirilgan kuchma, alohida iste`molchiga ishlaydigan, elektro-stantsiyalarda chastotani ochishi +10% cha ruxsat etiladi. Energiyani sifatini ko`rsatadigan, ikkinchi omili bu iste`molchilarga uzatilgan kuchlanishni darajasi.
Kuchlanishni oshishi nominal kuchlanishdan iste`molchilarga har xil ta`sir qiladi. Yoritish lampalarga nominal kuchlanishdan 1% kamayishi, yoritish xususiyatini 3-4% kamaytiradi, radio, televizor va sovutgichlarni ishlash xususiyatiga katta ta`sir keltiradi, chunki ularni quvvati, kuchlanishni kamayishini kvadratiga proportsional kamayadi. Kuchlanishni kamayishi, kvadratli bog`lanish darajasida elektr motorlarni aylanish momenti kamayishiga olib keladi. Shu berilgan yuklama tufayli iste`mol qilinadigan tokni oshib borishi kuzatiladi, ta`minlovchi tarmoqdagi kuchlanishni isrofi ham oshib boradi.
Iste`molchilarga uzatiladigan kuchlanish nominal kuchlanishdan ortishini juda xam keragi yo`q.
Chunki kuchlanishni nominaldan ortib ketishi elektr uskunalar va asboblarni ishlash muddatini qisqartiradi. Elektr motorlarni reaktiv quvvatini iste`mol qilishini ko`paytiradi, demak ta`minlovchi elektr tarmoqlarni ish rejimiga ta`sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |