1-Mavzu: Amaliyotni tashkil etish bo`yicha instruktaj (kollejda)


-Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonini kuzatish



Download 1,01 Mb.
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#207665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-konspekt

6-Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonini kuzatish
Podstansiyada o`rnatiladigan o`lchov – nazorat qiluvchi priborlar va himoya qiluvchi relelar odatda o`lchov transformatorlar orqali o`rnatilinadi.

O`lchov tok va kuchlanish transformatorlarini ishlatilishi ancha imkoniyat beradi:

1) Xavsizlik o`lchov, xamda rele va priborlarni nazorat qilishini ta`minlaydi.

2) Rele va o`lchov priborlarini, chulg`amlarini standartlashtirilgan nominal 5A tokka, xamda 100 Vol`t kuchlanishga moslashtirishga keltiriladi.

3) Nazorat qilinayotgan zanjirlarni qisqa tutashuv toklarni ta`siridan ketma-ket ulangan chulg`amlarni himoya qiladi.

4) Nazorat tarmoqlarini ancha qulaylashtiradi

Xodimlarni o`lchov priborlar va relelardan foydalanish davrida xavsizligini oshirish uchun, o`lchov transformatorni ikkilamchi zanjirini bir nuqtasi yerlanadi. Bu nazorat qiluvchi tarmoqlarni favqulotdan erga nisbatan katta potentsialga ega bo`lgan elektr uskunalarni qismlari bilan yoki transformatorni izolyatsiyasini teshilishida xavsizlikni ta`minlaydi.

O`lchov transformatorlar belgilangan ishonchlik doirasida ishlash kerak, ya`ni birlamchi kuchlanish yoki tokini o`zgarish ikkilamchi chulg`amidagi kuchlanishni va tokni o`zgarishini ta`minlay oladigan bo`lishi kerak. O`lchov transformatorlarni ishonchlik koeffitsientlari ularni pasportlarida keltirilgan bo`ladi, bular shu vaqtda ta`minlanadi, agar iste`mol qilinayotgan quvvati belgilangan qiymatidan oshib ketmagan xolda. Bizni elektrotexnika sanoatimiz, taqsimlash qurilmalar uchun tok transformatorlar-beshta ishonchli klassda (sinfda) va kuchlanish transformatorlar to`rtta ishonchli klassda (sinfda) chiqariladi, odatda kuchlanish transformatorlarni ikkilamchi chulg`amini kuchlanishi 100Vol`t va tok transformatorlarni ikkinchi chulg`amini nominal toki 5A.

O`lchov tok transformatorlar nominal kuchlanishi (Un) va nominal tok (In), o`rnatilish sharoiti va ishonchli ishlash ikkilamchi chulg`amiga ulanadigan iste`molchilarni quvvatlari asosida qabul qilinadi. Tok transformatorlar o`rnatilgan joyda yuz beradigan qisqa tutashuv toklarini ta`siridagi termik va dinamik turg`unligiga qo`shimcha tekshiriladi.

Kuchlanish o`lchov transformatorlarini tuzilishi tarmoqqa ulanish sxemalari, quvvat transformatorlaridan uncha farq qilmaydi, faqat ularning quvvatlari ancha kam bo`ladi. Bu transformatorlar yuqori kuchlanish tarmoqlarda o`rnatiladi Ularni ulanish sxemalari rasmda keltirilgan.



a) Bitta liniyalar aro kuchlanishni o`lchash sxemasi.

b) Liniyalar aro kuchlanishni o`lchash sxemasi.

v) Xamma fazalar kuchlanishini va fazalar aro kuchlanishlarni o`lchash sxemalari.

Rasmdagi «a» qismidagi transformatorlarni «M» umumiy magnit o`zagida ikkilamchi chulg`amidagi «W2» paralel ulangan nazorat priborlar va relelar ulanadi.

W2 chulg`amidagi o`ramlar har doim W1 chulg`amdagi o`ramlardan kam bo`ladi.chulg`amdan utadigan tok ikkinchi chulg`amga ulangan yuklamalarni yig`indi tokiga mos bo`ladi.

Quvvat transformatorlarga o`xshab kuchlanish transformatorlar xam ortiqcha yuklanmasligi kerak va qisqa tutashuvlardan xoli bulishi kerak. Shuninig uchun ular har doim saqlagichlar orqali ulanadi.

Kuchlanish transformator nominal o`zgarish koeffitsienti bilan ifodalanadi. Nominal uzgarish koeffitsienti taxminan birlamchi kuchlanishini ikkilamchi kuchlanishni nisbati bilan yoki birlamchi chulg`amini o`rami W1 bilan ikkilamchi chulg`amni o`rami W2 nisbati orqali topiladi.



Kuchlanish transformator orqali o`lchashda ikki xil noaniqlik xosil bo`ladi: o`zgartirish koeffitsientidan yoki kuchlanishni burchagini o`zgartirishadi.

Birinchi noaniqlik quyidagicha topiladi.

Bu o`lchovdagi noaniqlar, hamma o`lchov priborlarni; ikkilamchi chulg`amiga ulanganligida yuz beradi.

Burchak noaniqliklar «b» faqat vol`tmetrlarga o`xshagan priborlarga ta`sir qiladi (fazametr, schetchiklar, quvvat relelar va shunga o`xshashlar). Bu noaniqliklar kuchlanish bilan, ikkilamchi chulg`amidagi bilan siljish burchakidan kelib chiqadi, ya`ni 180o ga ag`darilganda.

Transformatorni kuchlanishini xatoligi, ularni salt xolatdagi toklariga, chulg`amlarni qarshiligi, ikkilamchi yuklamalarni qiymatlari, uni Cosφ2 va birlamchi kuchlanishni tebranishiga bog`liq. Kuchlanish transformatorlarni to`rtta aniqlik klassini, uni xato ishlashi bilan ifodalanadi, ular jadvalda keltirilgan



Bu normallangan xatoliklarni qiymatlari ruxsat etilgan sharoitda transformatorlarni yuklamalari 25% dan 100% gacha uzgarib turadi.

Tok transformatorlari – xamma kuchlanish elektr uskunalarda ishlatiladi, xamma o`lchash priborlarni va rele himoyalarni tok chulg`amlarini energiya bilan ta`minlash uchun. Yuqorida aytib utilganlardan tashqari tok transformatori o`rnatilgan joydan ancha uzoq joylarga relelarni va priborlarni o`rnatish mumkin bo`ladi. Birinchi chulg`amli tarmoqqa ketma-ket ulanadi. Ikkinchi chulg`amiga o`lchov va relelarni tok chulg`amlari ketma-ket ulanadi.

Tok transformatorni birinchi chulg`amidagi tok uni ikkilamchi chulg`amini yuklamalariga bog`liq bo`lmaydi. Qisqa tutashuvga yaqin bo`lgan normal xolatda ishlashadi.

Shunday qilib ortiqcha yuklanish va ikkilamchi chulg`amdagi qisqa tutashuvlar tok transformatorlarga havoli emas, shuning uchun ularni saqlagichlar bilan himoya qilishni xojati bo`lmaydi. O`lchov tok transformatorni ikkilamchi chulg`amini uzilishi ular uchun katta xavflik keltiradi. Chunki bu xolda ikkilamchi chulg`amni magnitsizlash xususiyati yo`q bo`ladi va uzagidagi magnit oqimi oshib ketadi, bu magnit o`zagini qizib ketishiga olib keladi va chulg`amlarni ochiq joyida katta E.Yu.K xosil qiladi va xizmat qiluvchi xodimlarga katta xavfsizlik tug`diradi. Shuning uchun yuklamalar ulanmagan tok transformatorlarni ikkilamchi chulg`amlari qisqartirib qo`yilishi shart.

Shuning uchun tok transformatorlarni ikkinchi chulg`amini o`rami W2 birinchi chulg`amini o`rami W1 nisbatan ko`p bo`ladi.

Tok transformatorni o`zgartirish nominal koeffitsienti

Tok bo`yicha xatoligi

Bu xatolik xamma priborlar va relelar ishlashiga ta`sir qiladi. O`lchov tok transformatorlarini xatoliklari jadvalda keltirilgan



Vol`tmetrlar turiga o`xshagan priborlar va relelar 1,0 ishonchli klassga ega bo`lgan tok transformatorlarga ulanadi, 0,5 ishonchli klassga ega bo`lgan transformatorlarga schyotchiklar ulanadi; 3-chi ishonchli klass transformatorga tok relesi va ampermetrlar, agar ularni ko`rsatuvlari asosida quvvatlar yoki quvvat koeffitsientlari Cosφ aniqlanmasa, 0,2 ishonchlm klassli transformatorlar tajriba laboratoriyalarda ishlatiladi, 10 ishonch klass transformatorlar 1,0 va 3,00 klass ikkilamchi to`g`ri ulanadigan relelar va operativ zanjirlar uchun.



a) ikkilamchi chulg`amlarni va priborlarni yulduz shaklida ulanish sxemasi.

b) to`liq bo`lmagan yulduz shaklda ulanish sxemasi.

v) releni faza toklarini ayirmasiga ulanish sxemasi.

g) ikkinchi chulg`amlarni ketma-ket ulanish sxemasi.

Rasmdagi a) va b) sxemalar asosida nazorat qiluvchi priborlar va relelar ulanadi,

v) va g) sxemalar asosida faqat relelar ulanadi.

7-Mavzu: Suv xo`jaligi obyektlarida o`rnatilgan energetik jihozlar turlari va ularni ta’minlovchi kabel liniyalari turlari, armaturalari, kabellar turlari, muftalar, varonkalar bilan tanishish
Elektr zanjirlarni montaj qilishda turli rusumdagi simlar va kabellar qo‘llaniladi. O‘zgartkich texnikasi, radioelektronika, avtomatika va telemexanika jihozlari, vositalarini ishlab chiqarish va qo‘llanish doiralarining kengayib borayotganligi sababli, montaj kabellariga bo‘lgan ehtiyojlar tinmay oshib bormoqda.

Simlar va kabel simlarining ko‘ndalang kesim yuzalari ulardan o‘tayotgan tok miqdoriga qarab tanlansa, izolatsiya turlari esa elektr jihozlarning ekspluatatsiya shartlari va kuchlanishning qiymatiga qarab tanlanadi.

Elektr zanjirlarni tashqi elektrostatik maydonlar ta’siridan himoya qilinishi zarur bo‘lgan hollarda ustki qismi ingichka ruxlangan po‘lat va mis simlardan to‘qilgan to‘qimali-ekranli sim va kabel simlari qo‘llaniladi. Sim to‘plamlarini tashqi elektrostatik maydonlardan himoyalashda simlardan to‘qilgan to‘qimalardan va metall shlanglardan foydalaniladi.

4.6-jadvalda montaj ishlarini bajarishda eng ko‘p qo‘llaniladigan simlarning texnik tavsiflari keltirilgan. Boshqaruv kabellari o‘zaro izolatsiyalangan 3; 4; 7; 14; 19; 27; 30; 37; 52; 61; 91; 108 tomirli qilib ishlab chiqariladi. Tomirlarining ko‘ndalang kesim yuzasi 0,03; 0,05; 0,08; 0,12; 0,20; 0,35; 0,50; 0,75; 1,0; 1,5; 2,5 mm2 ga teng qilib tayyorlanadi.

Signalizatsiya va blokirovka kabellari temir yo‘l signalizatsiya va blokirovka zanjirlarini, yong‘in signalizatsiyasi, telegraf va avtomatik tizimlarni nominal o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 380 v va o‘zgarmas tok kuchlanishi 700 v tarmoqlarga ulashda va ularni ishlatishda qo‘llaniladi.

Signalizatsiya va blokirovka kabellarining tok o‘tkazuvchi tomirlari diametri 1,0 mm bo‘lgan mis simdan 2, 3, 4, 5, 7, 9, 12, 16, 19, 21, 24, 27, 30, 32, 37, 42, 48, 61 tomirli va 1, 3, 4, 7, 10, 12, 14, 19, 24, 27, 30 tomirlar juftligi tarzda ishlab chiqariladi.

4.7-jadvalda elektr zanjirlarini montaj qilishda keng qo‘llaniladigan kabellarning texnik ko‘rsatkichlari keltirilgan.

Kontaktli ulanish moslamalari elektromontaj ishlarining juda zarur elementlaridan bo‘lib, elektr qurilmalarining ishonchli ishlash darajasi ulanuvchi kontaktlarning qanchalik sifatli bajarilganligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. ma’lumki, ikki tok o‘tkazuvchi element larni o‘zaro bir-biriga tekkizilgan joylarida elektr kontaktning o‘tkin chi qarshiligi yuzaga keladi, uning qiymati yuzalari tegib turgan materiallarning fizik xususiyatlariga, ularning holatiga (iflosligiga, oksidlanish darajasiga), kontaktlarning siqilish kuchiga, tegib turgan yuza larning kattaligiga, qizish haroratiga va boshqa bir qancha faktorlarga bog‘liqdir. Kontakt yuzalari qanchalik silliqlanmasin, yuzalarning ideal darajada silliq bo‘lishiga erishib bo‘lmaydi va baribir yuzalarda ko‘zga ko‘rinmas g‘adir-budurliklar qoladi. Bu g‘adir-budurliklar ikki yuzalarning kontaktlanishi boshlanishida kontaktli yuzalarni tashkil etib, elektr kontaktning o‘tkinchi elektr qarshiligining oshishiga sabab bo‘ladi. Qisish kuchining oshib borishi bilan bu g‘adir-budurliklar plastik deformatsiyalanishi natijasida birmuncha tekislanib kontaktli yuzalari oshadi.

Bundan tashqari barcha metallarning yuzalari o‘rab turgan muhit ta’sirida elektr tokini yomon o‘tqazuvchi juda yupqa oksidli qatlam bilan qoplanib qoladi.

Ayniqsa, elektr kontaktning ishonchliligi nuqtayi nazaridan aluminiy yuzasi noma’quldir, oldindan tozalangan yuzasi ochiq havoda turganida bir necha sekund ichidayoq yupqa oksidli qatlam bilan qoplanib qoladi.

Bu qatlam qattiq va qiyin eriydigan qatlam bo‘lib, elektr tokini juda yomon o‘tkazadi. Aluminiyning boshqa bir xusu siyati, bu past darajadagi oquvchanligidir. shu sababli, aluminiyli kontaktli moslamalarni bolt bilan mahkam tortib qo‘yilsa ham ma’lum vaqt o‘tganidan keyin kontaktlar orasi bo‘shab qoladi. Bundan tashqari, aluminiy mis va boshqa ba’zi bir metallar bilan birikkanida galvanik juftlik yuzaga keladi, natijada elektrokimyoviy jarayon vujudga kelib, kontaktli birikkanlik buziladi.

Hozirda misli kontaktli birikmalarning ishonchliligini oshirish maqsadida kontaktli yuzalari oldindan qizdirilgan kanifol va qo‘rg‘oshindan iborat aralashma bilan qoplanadi. Aluminiyli kontaktli birikmalarning ishonchliligini oshirish uchun esa maxsus muhofaza moylardan foydalaniladi.

Elektr kontaktlarning ishonchli uzoq ishlashi ishlatish sharoitiga bog‘liq bo‘lgani uchun ham, ularning ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda kontakt birikmalarini montaj qilish usullari ishlab chiqiladi.

Payvandlash. Kabel tomirlari va simlarni payvandlash usuli bilan ulashda termitli payvandlash, elektr payvandlash va gazli payvandlash turlari qo‘llaniladi.

Termitli payvandlashda ulanishi kerak bo‘lgan simlar maxsus termitli patronlarga joylashtiriladi. maxsus termitli gugurt yordamida patrondagi termitli massa yoqilib, patron ichida yuqori harorat hosil qilinadi (1000—2000°C), kabel va simlarning tomirlari uchlaridagi maxsus qoplamalari erib o‘zaro yopishib qoladi.

Elektr payvandlash turi bilan, asosan, aluminiy tomirli simlar o‘zaro ulanadi. Gazli payvandlash turi odatda ko‘p tomirli kabel va simlarni ulashda qo‘llaniladi.



Kavsharlash. Mis va aluminiy tomirli simlar va kabellarni kavsharlash gazli gorelkalar (propan-butanli) yoki benzinli kavsharlash lampalari vositasida amalga oshiriladi. Ko‘ndalang kesim yuzasi uncha katta bo‘lmagan (10 mm2 gacha) kabellar va simlarning tomirlari mos quvvatli elektr kavsharlagichlar yordamida ulanadi.

Mis va aluminiy tomirli simlar va kabellarni kavsharlashda qo‘lla niladigan kavsharlash qotishmalari va uslar 4.3—4.5-jadvallarda keltirilgan. Mexanik qisqichlar va vintlar yordamida kabellar va simlarni ulash. Bunday usulda simlarni ulash simlarni kesmasdan, simlardan chiqish uchlarini hosil qilish imkonini beradi.


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish