Yigitlik yillari


-mavzu Maxtumquli ijodi



Download 477,5 Kb.
bet50/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
16-mavzu

Maxtumquli ijodi

REJA:


  1. Mahtumquli haqida

  2. Shoir she’rlarining mavzusi

  3. Shoirning adabiy merosi

Maxtumquli turkman xalqining iftixori, yorqin adabiy siymosidir. Turkman adabiyoti deganda aksar o'zbek kitobxonlari xayoliga darhol Maxtumquli she'riyati keladi. Maxtumquli adabiy merosida o'zbek-turkman ellarining qon-qardoshlik tuyg'ulari muhrlangan. Maxtumquli she'riyati umumturkiy mushtarak g'oyalar, dardlar, orzu-armonlar bilan yo'g'rilgan. Maxtumquli ma'rifiy asarlarida, pandu nasihatlarida umumturkiy ma'naviyat yaqqol mujassam.

Turkman xalqining mumtoz shoiri Maxtumquli XVIII asrda yashab ijod etgan. Shoirlik iste'dodi uning nasl-nasabida bor edi. Shoirning bobosining nomi ham Maxtumquli bo'lib, u asosan dehqonchilik, to'qim tikish va qamchin to'qish, yugan, qorinbog' tayyorlash bilan shug'ullansa-da, uzoq muddat xalq yodida saqlangan qo'shiqlar ham yaratgan.

Shoirning 1700-yilda tug'ilgan otasida bobosining iste'dodi yorqinroq yuzaga chiqdi. Uning ismi Davlatmamad edi. Davlatmamad yoshligida ovul maktabida o'qidi. Keyinchalik Xiva madrasalarida tahsilini o'tab keldi. Davlatmamad maktabdor domla sifatida faoliyat ko'rsatdi, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullandi, ayni paytda, qizg'in badiiy ijodga berildi. U Ozodiy taxallusi bilan qo'shiq va g'azallar yozdi. Uning, ayniqsa, pandnoma ruhidagi olti mingga yaqin misradan iborat «Va'zi Ozod» manzumasi katta ma'rifiy ahamiyatga egadir.

Maxtumquli 1733-yilda Turkmanistonning janubi-g'arb tomonida, Atrek daryosiga yaqin Hojigovshon degan joyda Davlatmamad Ozodiy oilasida tug'ilgan. U ham otasi singari yoshligida ovul maktabida ta'lim oldi. Maxtumquli o'qishdan tashqari vaqtlarda poda boqdi, to'qqiz yasharligida qo'shiqlar to'qiy boshladi. U o'z tahsilini Xivadagi Sherg'ozi madrasasida davom ettirdi. U keyinchalik Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko'kaldosh madrasalarida o'qiganligi haqida ma'lumot bor. Maxtumquli badiiy ijod bilan birga asosiy hayotiy mashg'uloti bo'lmish zargarlik hunarini o'rgandi. U she'rlarini «Firog'iy» taxallusi bilan ham yozdi.

Shoirning muhabbat tuyg'ulariga limmo-lim she'rlarida go'zal Mengli obrazi bot-bot e'tiborni tortadi. Bu esa shoir Mengli ismli hamqishlog'ini sevganidan dalolat beradi:

Parda torlib yuzlarimga,

Pardoz berib so'zlarimga,

Maxtumquli, ko'zlarimga —

Yolg'iz Menglixon ko'rinur.

Lekin shojrga Menglixon bilan baxtli turmush qurish nasib etmaydi. Menglini badavlat bir kishiga katta qalin evaziga uzatishadi. Maxtumqulini Oqqiz ismli ayolga uylantirishadi. Shoirning Sori va Ibrohim ismli o'g'illar ko'rgani va ularning bevaqt vafot etganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Shu ko'yi musibatdiyda Maxtumquli uchun baxtli hayot armon bo'lib qoladi va she'riyatida qayg'uli aks-sado beradi. Maxtumquli XVIII asrning 80-yillari oxirida vafot etadi.

Maxtumquli she'riyatida Vatan qayg'usi, bosqinchilarga nafrat, mag'lubiyat alamzadaligi jo'shqin kuylangan:

Qayg'u-g'amda aziz umrim so'ldirib,

Shum falak azobim roygon ayladi.

Yozgan kitoblarim sclga oldirib,

Ko'zlarim yo'lida giryon ayladi.

G'aflatda u dushman oldi elimni,

Tarqatdi har yonga do'stu tengimni,

Besh yil bo'yi yozgan kitob-she'rimni

Qizilboshlar olib, vayron ayladi.

Milliy birlikka erishish Maxtumquli badiiy tafakkurining markaziy g'oyalaridandir. Shoir lurkman urug'larining yovga qarshi birlashishini, mustahkam davlat barpo bo'lishini orzu etar edi:

Turkmanlar bog'lasa bir bo'lib belni,

Quritar Qulzumni, daryoyi Nilni,

Taka, yovmut, go'klang, yazir, alili

Bir davlatga xizmat etsak beshimiz.

Maxtumqulining bu ulug' orzulari XX asr oxirida ushaldi. Bir qancha turkiy xalqlar mustamlaka zulmidan qutuldilar va milliy mustaqil davlat yaratish baxtiga muyassar boidilar. Endilikda barcha turkiy qavmlar umumturkiy birlik orzusida «Turkiston — umumiy uyimiz» g'oyasi tevaragida jipslashmoqdalar.



Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish