Yigitlik yillari


yetti-sakkiz yilda (1519—1526) besh navbat Hindustonga cherik (qo'shin) torttuk



Download 477,5 Kb.
bet48/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
...yetti-sakkiz yilda (1519—1526) besh navbat Hindustonga cherik (qo'shin) torttuk...

...bu tarixqacha uch kishi Hinduston viloyatiga musallat (ega) bo'lub, saltanat qilibturlar. Bir Sulton Mahmud G'oziy (G'aznaviy). Ikkinchi Sulton Shahobiddin G'uriy... uchinchi mendurmen, vale mening ishim ul podshohlarning ishiga o'xshamas, ne uchunkim Sulton Mahmud Hindustonnikim musaxxar qildi. Xuroson taxti aning taxti zabtida edi va Xorazm va Dorul Murz salotini (sultonlari) anga mute' va munqod edi. Samarqand podshohi aning zeri dasti edi. Cheriki ikki lak (200 ming) bo'lmasa, xud bir lakta ne so'z edi. Yana g'animlari rojalar edi. Tamom Hinduston bir podshohda emas edi. Har roja bir viloyatga o'z boshicha podshohlik qilur edi... Avval navbatkim Behraga kelduk, bir ming besh yuz, nihoyati ikki ming kishi bo'lg'ay edi. Beshinchi navbatkim, kelib Sulton Ibrohimni bosib Hinduston mamolikini fath qildim, hech qachon Hinduston yurushida muncha cherik bila kelilmaydur edi. Navkar va savdar va chokar jami' cherik bila bo'lg'onlar o'n ikki ming kishi qalamg'a keldi. Manga taalluq viloyat Badaxshon va Qunduz va Kobul va Qandahor edi, vale bu viloyatlardin mu'taddun bih naf yo'q edi... Yana jami' Movarounnahr viloyatlari o'zbek xavonin (xonlari) va salotinning tasarrufida edi, yuz mingga yaqin cheriklari bor edi, qadimiy dushman edi. Sulton Ibrohimning (Hindiston hukmdori) viloyat hisobi bila besh lak cheriki bo'lmoq kerak edi. Hozir cherikini bir lak chenarlar (taxmin qilarlar) edi. O'zining va umarosining ming chog'liq fili bor derlar edi. Bu hol va bu quvvat bila tavakkal qilib, o'zbekdek yuz ming qari yog'i (dushman)ni orqada qo'vub Sulton Ibrohimdek qalin cheriklik vase' (keng) mulkluk podshoh bila ro'baro' bo'lduk...".

...vatandin ikki-uch oychaliq yo'l kelilib edi. ...Jami' beklarni va yigitlarni chorlab dedimkim: Beklar va yigitiar... har kimki, hayot majlisig'a kiribtur, oqibat ajal paymonasidin ichgusidur va har kishikim, tiriklik manzilig'a kelubtur, oxir dunyo g'amxonasidin kechg'usidur. Yomon ot bila tirilgandin yaxshi ot bila o'lgan Xaxshiroq. ...Tengri taolo bu nav' saodatni bizga nasib qilibtur va mundog' davlatni bizga qariyb aylabtur. O’lgan shahid, o'lturgan g'ozi. Barcha tengrining kalomi bilan ont ichmak kerakkim, har kim bu qitol (jang)din yuz yondirur (o'zini olib qochish) xayol qilmagay, to badandin joni ayrilmag'uncha, bu muhoraba va muqotaladin ayrilmag'ay. ...Ulug'-kichik borcha mus'hafni1 ilikka olib, ushbu mazmun bila ahd va shart qildilar". Boburning voqea-hodisalarga, do'st-u dushmanlarga o'z munosabatini ochiq ifodalashi, o'zining xatti-harakatlariga tanqidiy nazar bilan qarashi, asarning ilmiy ahamiyatini oshirgan va muallif shaxsiga alohida joziba bag'ishlagan.

„Bobumoma" turk nasri taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Buning yorqin namunasi Abulg'ozi Bahodirxonning „Shajarai turk", „Shajarai tarokima" asarlaridir. ,,Boburnoma"ning tasvir va bayon usuli tarjimalar orqali boshqa adabiyotlarga ham o'tdi. Hindiston tarixini yoritishda esa, mutaxassislar fikricha, hali ham buyuk bobomiz Beruniyning „Hindiston"idan keyingi muhim asar „Boburnoma" bo'lib turibdi. Shoir, olim va shoh Boburning ijodi, faoliyati mana shu xususiyatlariga ko'ra ardoqlanib keladi.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish