Yigitlik yillari



Download 477,5 Kb.
bet51/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58

Savol va topshiriqlar

1. Maxtumqulining ota-bobolari kimlar edi?

2. Maxtumquiining taijimai holini qisqacha so'zlab bering.

3. Shoirning milliy birlik va Vatan qayg'usi haqidagi qanday baytlarini bilasiz?


MAXTUMQULI - SO'ZLAR TILI TURKMANNING


Har bir xalq adabiyotida o'sha xalqning tarixini, taqdirini, Vatanini, milliy o'ziga xosligini sharaflovchi qasidalar bo'ladi. Turkman xalqi adabiyotidagi ana shunday kuchli qasida Maxtumquli qalamiga mansub. Ushbu qasidada milliy iftixor tuyg'ulari jo'sh uradi.

Maxtumquli ona-Vatanining iqlimi va go'zal tabiatini sevib kuylaydi. Qasidaning dastlabki bandlarida shoir Turkmanistonning geografik joylashuvi, iqlimi va tabiatini ta'riflash yo'li bilan o'quvchini Vatan darvozasidan olib kiradi:

Jayhun bilan bahri Hazar orasi,

Cho'l ustidan csar yeli turkmanning.

Gul g'unchasi qora ko'zum qorasi,

Qoratog'dan inar seli turkmanning,

Haq siylamish, bordir uning soyasi,

Chirpanadi cho'lda nori, moyasi.

Rang-barang gul ochar yashil yaylasi,

G'arq bo'lmish rayhona cho'li turkmanning.

Ushbu baytlami o'qirkansiz, Turkmanistonning Haq siylagan tabiatiga maftun bo'lasiz. Nortuyalar yayrab yurgan sahrolariga, rayhonga g'arq bo'lgan cho'llariga, rang-barang gullarga burkangan yashil yaylovlariga borib qolgandek bo'lasiz:

Ol-yashil bezanib chiqar parisi,

Gurkirab barq urar anbarning isi.

Bek, to'ra, oqsoqol yurtning egasi,

Qur'on tutar go'zal cli turkmanning.

Tasvirlanishicha, go'zal turkman qizlari qizil-yashil liboslarida yasanib chiqsalar, qadamlaridan yoqimli hidlar taralib, to'rt tarafga fayz kiritadi. Maxtumquli yurtning boshida turuvchi bek, to'ra, oqsoqollar bilan ham faxrlanadi. Xalqning iftixoriga sazovor xislatlaridan biri iymon-e'tiqodli ekanligi alohida baytda vasf etiladi.

Mardlik va jasurlik turkman millatining xos sifatlaridan bo'lib, u maxsus bandda madh etiladi:

U mardning o'g'lidir, marddir padari,

Go'ro'g'li qardoshi, sarxushdir sari.

Tog'da, tuzda quvsa sayyodlar tirik,

Ola bilmas yo'lbars o'g'li turkmanning.

Bu misralar turkman yigitlarining mardonavor qiyofasini yaqqol gavdalantiradi. Lirik qahramon Go'ro'g'lidek afsonaviy qahramonlarga qardoshligidan mastona iftixor izhor etadi. So'nggi misralardan yo'lbars kelbatli, yovqur, chopqir turkman otliq yigitlarining tog'lami gumburlatib yugurishi quloqqa chalinadi.

Ommaviy bazmlar, to'ylar, bayramlar har millatning chuqur iftixorga sazovor xususiyatlaridir. Maxtumquli ham faxriyadan yuraklari tosha-tosha so'ylaydi:

Ko'ngillar, yuraklar bir bo'lib boshlar,

Tortsa yig'in, erir tuproqlar, toshlar.

Bir sufrada tayyor qilinsa oshlar,

Ko'tarilar ol iqboli turkmanning.

Bunday faxriya asarlar urf-udumlarimizning yaqinligidan, umumturkiy marosimlarimizning mushtarakligidan biz — o'zbeklarning ham yuraklarimizni hayajondan larzaga keltiradi. Darhaqiqat, turkman ham, o'zbck ham yig'in chaqirsa, xalq vakillarining boshlari qovushadi, ko'ngillar, yuraklarning haroratli taftidan tuproqlaru toshlar erib ketadi. Jamoatga bir dasturxonda osh tortilishi elning iqbolini ko'rsatadi. Chunki, bir dasturxondan osh yegan el ahil, baxtiyor bo'ladi. Kuch qudrat, xayr-baraka birlikdadir.

Quyidagi bandlarda turkman xalqi bilan

Turkmaniston tabiatining uyg'unligi o'z ifodasini topgan:

Ko'ngul havolanar otga chiqqanda,

Tog'lar la'la do'nar qiyo boqqanda.

Bol keltirar jo'shib daryo oqqanda,

Band tutdirmas kclsa seli turkmanning.

G'ofil qolmas, savash kuni xor bo'lmas.

Qarg'ishga, nazarga giriftor bo'lmas.

Bulbuldan ayrilib, so'lib, sarg'aymas,

Doim anbar sochar guli turkmanning.

Otga sapchib mingan turkman chavandozining ko'ngli osmon qadar yuksaladi. Ot ustida adl o'tirib, tevarakka boqqan bu chavandozning yovqur nigohidan tog'lar la'ldck yonib, nur qaytaradi. Turkmanning qalbi shijoat va ehtirosdan mavjlangani singari, daryosi ham jo'shib, go'yoki suv emas, bol tashiydi. Turkman suvorilarining dovulday dahshatli hujumiga qal'alar dosh berolmagani kabi, Turknianistonning seliga bandlar bardosh berolmaydi. Tarix saboqlaridan ma'lumki, turkman o'g'lonlari hamisha hushyor, sergak, dushman bilan jangu jadalda doimo g'olib va o'ktam bo'lib kclganlar. Mardliklari tufayli ular qarg'ishga, yovuz nazarga duchor bo'lmaydilar. Maxtumquli iftixori mubolag'asiz. Bulbulidan ayrilib, so'lib-sarg'ayib, xorbo'lmaydigan, mudom anbarday muattar hidlar taratib turuvchi gul turkmanning go'zal va suluv, o'z elida e'zozli, qadrli qizlari timsolidir:

Ulug'lar qon-qardosh, hamdo'stdir bari,

Iqbollar tcrs kclmas, haq nuri yori.

Mardlar otga minsa, savash saridir,

Yov ustiga yurar yo'li turkmanning.

Ushbu baytlar turkmanning qon-qarindoshlikka, ham- do'stlikka moyilligini, qobilligi, baxt-iqbolga, tangri siyloviga miisharrafligi madhidir, harbu zarbga ishqivozligi, jangariligi, qo'rqnias va qaytmasligi iqroridir.

Sarxush bo'lib chiqar, jigar dog'lanmas,

Toshlarni sindirar, yo'li bog'lanmas.

Ko'zim g'ayra tushmas, ko'ngil tinchimas,

Maxtumquli — so'zlar tili turkmanning.

O'z xalqini sevgan shoir barkamol farzand sifatida o'zi ham iftixorga sazovor siymodir. Shunga binoan, so'nggi band Maxtumqulining o'z faxriyasidir. Shoir xalqiga bo'lgan muhabbat sharobidan sarxush, el iqbolidan masrur jigari dog'lanmaydi. U azim daryoday to'lqinlanib oqar ekan, toshlarni-da sindirib, o'zi yo'l ochadi. Ko'zi kelajagi porloq xalqidan boshqaga tushmaydi, ko'ngli tinchimaydi. Turkman xalqining so'zlar tili bo'lib tinimsizsayraydi.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish