Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy
(1498 - 1556)
REJA:
-
M. Sulaymon o’g’li Fuzuliy haqida
-
Fuzuliyning Navoiyga munosabati
-
Shoir g’azallari tahlili
-
Adabiy merosi
Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Sharqning eng mashhur shoirlaridandir. U 1498- yilda Iroqning Karbalo shahrida tug'ilgan. Payg'ambarimizning nabirasi Imom Husayn Karbalo dashtida shahid boigani sababli bu yurt juda mashhur bo'lib ketgan. Shoira Uvaysiy bu haqdagi dostonini „Karbalonoma" deb atagan edi. Zamonamizning taniqli shoiri E. Vohidovning „Fuzuliy haykali qoshida" she'rida shunday misralar bor:
Yellar, bir daqiqa to'xtang esishdan,
Sernavo bulbullar, sayramang biroz.
Karbalo dashtida yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.
Fuzuliy zamonasida mana shu bepoyon dashtda Karbalo degan shahar bo'Igan va buyuk shoir mana shu yerda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Bu shahar bilan shoir o'sib ulg'aygan Bag'dod orasi — sakson besh chaqirim. Karbalo va Bag'dod atrofida ko'plab ozarbayjonlar yashaganlar. Hajga borish-kelishda qolib ketuvchilar ham bo'Igan. Fuzuliyning otasi Sulaymonning bir vaqtlar Ozarbayjonning Arash degan joyidan Karbaloga ko'chib borib qolganini naql qiladilar.
Yosh Muhammad shoir sifatida Bag'dodda shakllandi. Uning Fuzuliy taxallusi yoniga Bag'dodiy nisbasining qo'shilib kelishi shundan. Shoir taxallusining o'zagi fazl (fazilat) so'zidan, fuzul fazlning jamini, fozil, fazilat egasi ma'nolarini beradi. Bo'lajak shoir maktab, madrasada qunt-ishtiyoq bilan o'qigan. Uning ona tilidan tashqari arab, fors tillarini ham mukammal o'rganib, ularda ajoyib she'rlar bitishi, tabiiy fanlardan chuqur xabardorligi bunga dalil.
Bag'dodda ham barcha islom shaharlaridagi kabi she'r va shoirning martabasi baland bo'Igan. Fuzuliy yozadi:
Turk-u Arab-u Ajamda ayyom.
Har shoira vermish edi bir kom...
Shod etmish edi Abu Nuvosi,
Xorun xalifaning atosi.
Bo'lmishdi safoyi dil Nizomiy,
Shirvonshaha dushub kiromi.
O'lmishdi Navoiyi suxandon,
Manzuri shahanshohi Xuroson.
Shoir o'z asarlari bilan turk, arab. fors kabi tillarning shuhratini olamga yoygan uch buyuk daho shoirni tilga olyapti. Bular: Abu Nuvos, Nizomiy, Navoiy. Fuzuliy bu ijodkoriaming buyuk zamondoshlari Xorun ar-Rashidning otasi Shirvonshoh, Husayn Bayqaro singari hukmdorlar tomonidan izzat va sharaftopganligini alohida ta'kidlaydi. Bu shoirlar Fuzuliyga butun umri davomida yo'lchi yulduz bo'lib keldilar. U, ayniqsa, Alisher Navoiyga juda katta ixlos va muhabbat bilan qaradi. Fuzuliy yashagan zamonda Navoiyning ovozasi birgina Xuroson-u Movarounnahrda emas, Arab-u Ajamda ham baland edi. Qolaversa, uning ijod yo'lida ham Navoiyga o'xshashlik bor. Masalan, u ham ona tilida ijod etish zarur ekanligini chuqur anglab yetgan. Fuzuliy o'z turkiy devoniga yozgan „Debocha"sida ona tilida she'r yozmaslik yoki yoza olmaslikni o'sha shoir tab'ining „qobili qusur"i, „iste'dodi kamoli"ga „raxna" hisoblaydi. Nihoyat, u ham ixlos qo'ygan ustozlari singari zamonasining saltanat egalaridan izzat va e'tibor topgan. Ozarbayjon hukmdori Ismoil Safaviy I va Turkiya sultoni Sulaymon Qonuniy I shoirni moddiy ta'minlab turganliklarini, hatto unga nafaqa tayin etilganligini naql qiladilar.
Fuzuliyning shoir sifatida shakllanishida maktab-madrasa muhiti, asriy adabiy-madaniy an'analar, xususan, fan va madaniyatga asrlar osha maskan bo'lib kelgan Bag'dod hayoti muhim o'rin tutgan. Shoir o'z asarlaridan biriga yozgan muqaddima xotirasida shirin tushdek muhrlanib qolgan maktab yillarini intiq birentikish bilan tilga oladi. Bihishtga o'xshagan majlislarda faqat oshiqona she'rlar. g'azallar o'qilganini eslavdi.
Chindan ham shoirning yoshligi juda sarguzashtlarga boy o'tgan. Jumladan, bo'lajak shoir o'z ustozi Habibiyning qizini yaxshi ko'rib qolgani, unga atab she'rlar yozgani manbalarda naql qilinadi. Chamasi, shoir hayoti davomida sayohatlarda ko'p bo'lmagan. „Umiddurki,— deb yozadi Fuzuliy, — arbobi fasohat va as'hobi balog'at musholiada va mutolaa qildiqda mansha' (asli) va mavlidim (tug'ilgan joyim) Iroqi Arab o'lub, tamomi umrda g'ayr mamlakatlarga sayohat qilmadig'imdan voqif o'idiqda, bu illati mo'jibi suquti e'tibor bilmayalar. Va mahalli maqomima ko'ra nitbai iste'dodima haqorat ila nazar qilmayalar. Zero, e'tibori Vatan iste'dodi zota ta'sir etmaz". Vaqti kelib. Fuzuliyning o'g'li ham Fazliy taxallusi bilan she'rlar yozganini va bobosining yurti Arashga ko'chib kelganini naql qiladilar.
Buyuk shoir 1556- yilda vabo kasalidan vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |