Yigitlik yillari


-mavzu Mirzo G'olib ijodi



Download 477,5 Kb.
bet57/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
18-mavzu

Mirzo G'olib ijodi

(1797-1869)

REJA:


  1. Mirzo G’olib hayoti haqida

  2. Shoir lirikasi

  3. G’azallar tahlili

Hindiston va Pokistonning faxri, urdu tili tasvir imkoniyatlarini dunyoga doston qilgan shoir Mirzo G'olib — asli turkistonlik. Bo'lajak shoirning katta bobosi Tursunbek oybck urug'idan bo'lib, e'tiborli amir edi. O'g'li Qo'qonbekxon bir sababdan otasi bilan arazlashib qoladi va 1730- yilda vatani Samarqandni tark etib, Hindistonga panoh istab keladi. Dehli podshosi Shoholam unga salohiyatiga yarasha katta harbiy martaba beradi. Qo'qonbekxonning o'g'li, G'olibning otasi Abdullabekxon ham shu shoh qo'shinida qo'mondonlik qiladi.

Shoirning asli ismi Mirzo Asadullaxon bo'lib, G'olib uning taxallusidir. Shuning uchun "ham ko'plab g'azallarning maqta'sida Asad nomi ham keladi. Asadullaxon 1797- yilning 27- dekabrida Agra shahrida dunyoga keldi. Bolaligida ham, yoshligida ham u juda yaxshi ta'lim oldi. Ammo endi balog'at ostonasidan hatlayotganda awal otasidan. so'ng oilaning pushtipanohi bo'lmish amakisidan ajralib qolganligidan deyarli umrining oxiriga qadar qashshoqlikda yashaydi. Asadullaxonni otasi 17 yasharligida uylantirgan edi. U o'n to'qqiz yoshga yetganida jangda halok bo'lgan otasining qayergadir yo'qolib ketgan nafaqa pulini undirish uchun oilasi bilan Dehliga boradi va umrining oxiriga qadar shu shaharda qolib ketadi.

O'ta iste'dodli, xushchaqchaq, topqir, sadoqatli Mirzo G'olib qashshoqlikda o'tgan umri mobaynida o'z qadr-qimmatini yerga urmadi, sha'niga nomunosib ish qilmadi. Biror joyda muqim ishlamay, deyarli bir umr otasiningjiafaqasini undirishga harakat qildi va o'sha nafaqa hisobidan olingan qarzlarning iskanjasida hayot kechirdi. Umri tugashiga bir necha yil qolgandagina u so'nggi boburiy Bahodirshoh hukumatidan otasi uchun yiliga olti yuz rupiyalik nafaqa undirishga erishdi. Bahodirshoh Zafar unga temuriylar xonadoni tarixini yozishni topshirdi. „Mehri nimro'z" tarixiy asari 1 shu tariqa maydonga keldi. Ammo umr o'tib bo'lgandi. Mirzo Asadullaxon G'olib 1869- yilning 15- fevralida olamdan o'tdi. Shoirning oilaviy hayoti ham fojiali bo'ldi. U umr yo'ldoshi Umrovbegim bilan yetti o'g'il ko'rdilar, lekin ulardan bittasi ham ikki yoshga yetolmadi.

Mirzo G'olib fors tilining badiiy imkoniyatlari nechog'lik buyuk ekanligini o'z ijodi bilan ko'rsatib bergan edi. Shu bois zamondoshi shoir Nayyar: „Hindistonda fors she'riyati lochin urug'idan bo'lgan turkdan boshlanib, oybek urug’idan bo'lgan turk bilan nihoyasiga yetgan",— deb yozadi. U kelib chiqishi lochin urug'idan bo'lgan shahrisabzlik Xusrav Dehlaviy bilan kelib chiqishi oybek urug'idan bo'lgan samarqandlik Mirzo G'olibni ko'zda tutgan edi. Ayni vaqtda, Mirzo G'olib faqat harbiy til deb qarab kelingan urdu tilida ham dunyoni lol qoldiradigan asarlar yozish mumkinligini isbotladi. Hindiston va Pokiston xalqlarining ulkan va sevinili shoiri, shuhrat cho'qqisini abadiy zabt etgan ijodkor Mirzo G'olib she'rlari shu qadar ko'pma'noli, serqatlam va nozik, latofatli va serqirraki. ularni sharhlash uchun urdu va ingliz tillarida o'n to'rtta katta kitob yaratilgan. Mirzo G'olibning bir she'riy majmuasi Hindistonda yuz martadan oshiqroq chop etilganligi. Pokistonda ham asarlari deyarli har yili bosilishi, Hindistonda adib hayotiga bag'ishlangan o'n sakkiz qismdan iborat „Mirzo G'olib" telefilmi ishlanganligi shoir shaxsiyati jozibasi va she'riyatining badiiy qudrati qanchalik ekanligini ko'rsatadi. Shoir she'rlari go'zal badiiy ifodasi, ta'sirchanligi, ohangdorligi, chuqur tagma'noga egaligi va insonlarning do'stlik tuyg'ularini aks ettirganligi uchun ham xalq orasiga keng yoyilgan.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish