4.1 Matematika o’qitish uslubiyati bu prinsiplarni quyidagicha belgilaydi:a) ilmiylik; b) tarbiyaviylik; v) ko’rgazmalilik;g) onglilik va faollik; d) puxta o’zlashtirish; ye) sistemalilik va ketma-ketlilik;j) moslik; z) tabaqalashtirish va individuallashtirish. 4.1Ilmiylik prinsipi matematika o’qitish mazmunining ilmiy bo’lishi, matematikaning xozirgi axvoli va uning rivojlanishini obyektiv aks ettirishni ifodalaydi Tarbiyaviylik prinsipi o’quvchilarga fanga bo’lgan qiziqishni uygotish, yangi bilimlarni o’zlashtirishga xarakatini, ularni egallash va Mustaqil kengaytira olishga o’rgatishni o’z ichiga oladi
4.2 Ko’rgazmalilik prinsipi matematika o’qitishning eng muxim prinsiplaridan biri bo’lib, u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat kiladi.
4.3 Onglilik, faollik va Mustaqillik prinsipini amalga oshirish quyidagi shartlarni bajarishni talab etadi: o’quvchilarning fan ma’lumotlarini, o’quv materialini egallashi, uni chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi, bilimlarni ishonchga, amalda qo’llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi. Shunday kilib prinsiplar – matematika o’qitishning ilmiy pedagogik konuniyatlari va amaliy pedagogik tajribani taxlil qilish natijasida vujudga keladigan asosiy yo’naltiruvchi qoidalardir
7.4Qo’shimcha adabiyot Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o’zlashtirib olishlari uchun o’quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o’quv adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak. Elektron darslik - yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori ilmiy va metodologik darajada yaratilgan.
7.5Ixtisoslashgan maktab. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.Ana shu qarorga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrga qadar har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Ta’kidlanishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.Shuningdek, matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |