Mashg’ulotning jihozi: Darslik,tarqatmalar, didaktik materiallar.
Mashg’ulotning uslubi: mustaqil ish, tushuntirish, ta’limiy o’yin.
Mashg’ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish;Davomatni aniqlash;
Mashg’ulotning maqsadini aytish;Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifani so’rab, o’quvchilar daftarini tekshiraman. O’quvchilarning uy ishini baholayman.
1264 13075 86432 214686
III. Yangi mavzu bayoni.QO'SHISH VA AYIRISH.Qo'shish va ayirishning yozma usullari
190. Qo'shish va ayirishning sizga ma'lum bo'lgan xossalarini yodga oling
Yodingizda tuting! Bir necha sonning yig'indisini hisoblashda ularning o'rinlarini turli usullar bilan almashtirish va guruhlash mumkin.
Masalan: 74 + 43 + 57 + 6 = 74 + (43 + 57) + 6 = 74 + 100 + 6 = 100 + (74 + 6)= = 180.
Qo'shiluvchilarni quyidagicha quruhlash ham mumkin, unda yozuv qisqa ko'rinishda bo'ladi:
74 + 43 + 57 + 6 = (74 + 6) + (43 + 57) = 80 + 100 = 180
191. Bir nechta sonning yig'indisini hisoblash uchun ularni ustun shaklida yozish qulay. Yig'indining qiymatini namuna bo'yicha toping.
316 + 408 + 150
436 + 188 + 168
317 + 208 + 193 + 150
299 + 102 + 185 + 384
Do'stlaringiz bilan baham: |