3. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gapdir. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni tashkil etadi. To‘ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga -ki bog‘lovchisi, shart mayli qo‘shimchasi -sa yordamida bog‘lanadi. Shuni bilingki, har bir yangilik bеxosiyat bo‘lmaydi. Kimda gumoning bo‘lsa, uni ko‘zdan qochirma.(O.) Bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan kabi to‘ldiruvchilar qatnashadi. Ba’zan bu to‘ldiruvchilar tushirilishi mumkin. Iltimos qilamanki, oldin rais so‘zlasinlar. Bu gapda shuni tushirilgan. Sxеmasi quyidagicha:
1. Shuni...........-ki, ..............
2. Shundan........-ki, .............
3. Shunga...........-ki, ............
4. .................-ki, ..................
|
5. Nima (ni) ....sa, shuni ... .
6. Kimda...........-sa, uni.......
7. Nima bilan...-sa, o‘shani...
8.Buni............-ki, ................ .
|
Do'stlaringiz bilan baham: |