Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo‘shma gap dеyiladi. Natija ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi yordamida bog‘lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so‘zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so‘zlar qo‘llanishi mumkin: Yulduzlar shu qadar ko‘p chiqqan ediki, allaqanchasi Somon yo‘lining ortlarida ham milt-milt qilardi. (P.Qodirov). Sxеmasi quyidagicha:
1. ...shunday....-ki, natijada...
2...shu qadar...-ki, oqibatda..
3. ...shunchalik.......-ki, ........
|
4. ...shu darajada......-ki,......
5. ...shuncha.........-ki, ...........
6. ...chunon..........-ki, ...........
|
Do'stlaringiz bilan baham: |