1-ma’ruza. Timsollarni tanib olishning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari Reja



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana01.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#625464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-ma\'ruza(Asos tush va ta\'rif)

Intensional usullarning kamchiliklari:
xususiyatlar qiymatlarini taqsimot 
zichligini baholashga asoslangan usullarda xususiyatlarni birma-bir tekshirishning, 
ehtimollik taqsimotining lokal zichligini hisoblash uchun butun O’Tni eslab qolishning 
zarurati mavjudligi; HQQlar sinfi haqidagi taxminlarga asoslangan usullarda HQQlar 
ko’rinishining oldindan ma’lum bo’lishining majburiyligi, xususiyatlar orasidagi 
korellyasiya haqidagi yangi bilimlarni hisobga olishning mumkinmasligi, amaliy 
maqsadlarga erishish uchun tanib olinuvchi timsollarning tabiati haqidagi yangi 
bilimlarni olish hamma vaqt ham amalga oshmasligi; mantiqiy usullarda xususiyatlarni 
birma-bir tekshirishning mavjudligi, ba’zi algoritmlarda birma-bir tekshirish asosida 
kon’yunksiyalarni tanlab olishdagi hisoblash hajmining ko’pligi va xususiyatlar fazosi 
o’lchamining katta qiymatida yaxshi ishlamasligi; lingvistik usullarda ma’lum bir tilni 
keltirib chiqaradigan ba’zi mulohazalar (jumlalar - timsollar tavsifi) to’plami bo’yicha 
grammatikani 
tiklash 
masalasini 
rasmiylashtirishning 
qiyinligi, 
nazariy 
muammolarning hal qilinmaganligi va hisoblash hajmining noma’lumligi; 
Ekstensional usullar guruhida har bir o’rganilayotgan timsolga katta yoki kichik 
darajada mustaqil tashxisiy qiymat beriladi. Bu usullar yordamida TTOda asosiy 
amallar timsollarning o’xshashligi va farqli tomonlarini aniqlash hisoblanadi [4, 18, 
19, 42].
Ekstensional usullarning afzalliklari: 
K yaqin qo’shnilar usulida hisoblash 
hajmining kamligi; BHAda tekshirilayotgan timsollar bilan barcha mumkin bo’lgan 
operasiyalarni amalga oshirish mumkinligi, natijalarning metrikaga sezilarli darajada 
bog’liqmasligi, hisoblash jarayonining murakkabmasligi; HQQlar jamoasi usulida 
natijalarning metrikaga bog’liqmasligi, hisoblash jarayonining murakkabmasligi, 
timsollarni birma-bir tekshirishning mavjudmasligi; 
Ekstensional usullarning kamchiliklari: 
K yaqin qo’shnilar usulida 
timsollarning yaqinligini aniqlash uchun yaqinlik o’lcham qiymatini tanlash 
muammosi, O’Tdagi timsollar sonini kamaytirish zarurati, timsollarni birma-bir 
tekshirish mavjudligi, natijalarning metrikaga bog’liqligi va texnik murakkablikning 
yuqoriligi; BHAlarida ko’po’lchamli masalalarni yechishda
 
hisoblash jarayonini 
samarali tashkil etish bilan bog’liq muammolar, texnik murakkabliklar va timsollarni 



birma-bir 
tekshirishning 
mavjudligi;
 
HQQlar 
jamoasi 
usulida 
texnik 
murakkabliklarning juda yuqoriligi, jamoa tarkibiga kiruvchi xususiy usullarning 
kompetentlik sohalarini va xususiy usullarning o’zlarini aniqlashda bir qator nazariy 
muammolarning yechilmaganligi; 
Ta’kidlaymizki, TTOning bu ikki usuli o’rtasida bir-birini to’ldiruvchi 
bog’liqliklar bor, shuning uchun istiqbolli TTO tizimlari bu usullarning bittasini emas, 
balki ikkalasini ham amalga oshirilishini ta’minlashi kerak. 
TTO usullarini tasniflashning turli yondashuvlari ko’plab adabiyotlarda 
keltirilgan. Bu yondashuvlar orasida TTO yo’nalishlari va bu yo’nalishlarda 
shakllangan ilmiy maktablarning salohiyatini hisobga olgan holda TTO usullarini 
chuqur tahlil qilish asosida muvaffaqiyatli tasniflashlardan biri RFA akademigi 
Yu.I. Juravlev tomonidan amalga oshirilgan [29]. 
TTO sohasidagi ko’plab tadqiqotlar asosan algoritmlarni ishlab chiqish va 
ularni qiyin formallashtirilgan masalalarni (tibbiyot, texnik, geologiya, sosiologiya
biologiya, ximiya va boshqalar) yechishga qo’llashga yo’naltirilgan [4, 29]. Shuning 
uchun TTOning birinchi bosqichida aniq amaliy masalalarni yechishga mo’ljallangan 
ko’plab algoritmlar ishlab chiqildi. Bunday algoritmlarning ishlash qobiliyati va 
samaradorligi tajriba orqali erishilgan natijalarga asoslangan holda aniqlandi 
[29]. Rivojlanishning ikkinchi bosqichi TTOning alohida algoritmlaridan uslub nuqtai-
nazaridan ushbu algoritmlar majmuasini ifodalovchi modellarni qurishga o’tish bilan 
tavsiflanadi [4, 29].
Ta’kidlaymizki, TTO usullari va algoritmlari ko’plab ishlarda qaralgan bo’lib, 
ularning amaliy masalalarni yechishda olib borilgan tadqiqotlarda yetarlicha yuqori 
aniqliklarga erishildi [4, 25, 29, 34, 36].
Hozirgi davrgacha TTO algoritmlarining bir nechta modellari ishlab chiqildi va 
o’rganildi [4, 29]. Ular tarkibiga quyidagi taniqli modellar kiradi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish