1-ma’ruza. Timsollarni tanib olishning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari Reja


 Timsollarni tanib olishning mavjud modellari, usullari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana01.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#625464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-ma\'ruza(Asos tush va ta\'rif)

 
4. Timsollarni tanib olishning mavjud modellari, usullari
va algoritmlari tahlili 
 
TTO masalasida ikkita muammo mavjud. Bu muammoning birinchisi - O’Tdagi 
timsollarning boshlang’ich xususiyatlaridan foydalanib tanib olish bo’lsa, ikkinchisi - 
boshlang’ich xususiyatlarni qayta ishlash asosida ular orasidan aniq mezonlar asosida 
har bir sinfga xos belgilarni hosil qilish va ular yordamida TTOmasalasi hisoblanadi. 
Ushbu muammolarga katta e’tibor berilmoqda, ammo hozirga qadar ushbu savollarga 
javob beradigan to’liq rasmiy uslublar mavjud emas. Timsollarning xususiyatlarini 
aniqlashda oldindan berilgan bilimlar, sezgi, nazorat va xatolik usuli hamda tajribadan 
foydalaniladi. Shundan kelib chiqqan holda TTO masalalarini yechishda 
qo’llanilishiga qarab “timsol-xususiyat” tushunchasidan “sinf-belgi” tushunchasi 
aniqlanadi va uni aniqlaydigan usullar va algoritmlar bir-biridan yondashuvlari hamda 
belgilarni aniqlash mezonlari bilan farq qiladi.
So’nggi yillarda TTO masalasani u yoki bu tarzda yechadigan ko’plab usullar va 
algoritmlar ishlab chiqildi. Bu usullar va algoritmlar TTO muammosini hal qilishda 
qo’llaniladigan matematik apparat va algoritmlarning murakkabligi, O’Tdagi 
xususiyatlar, timsollar orasida bajariladigan qonuniyatlar va munosabatlari bilan bir-
biridan farq qiladi. 
TTO muammosini hal qilishga bag’ishlangan yondashuvlarni tahlili [4, 24, 29, 
37, 38] manbalarda keltirilgan bo’lib, ularda TTO usullari va algoritmlarning bir-
biridan farqlari turlicha tavsiflagan. Masalan, [4] ishda TTO usullari va algoritmlari
evristik, matematik va strukturali (lingvistik) yondashuvlarga bo’lingan.
Sun’iy intellekt masalalarida bilimlarni ifodalashning ikkita asosiy usuli mavjud 
[39]: 
- intensional - atributlar (xususiyatlar) o’rtasidagi munosabatlar sxemasi 
shaklida; 
- ekstensional - aniq faktlar (timsollar) yordamida. 
Intensional va ekstensional usullarning qo’llanilishi bevosita bilimlarning 
ifodalanishi bilan bog’liq. Intensional ifodalash xususiyatlar qiymatlari bo’yicha 
amallarni bajarish orqali amalga oshiriladi va timsollar bo’yicha amallarni bajarishni 
nazarda tutmaydi [39]. O’z navbatida, bilimlarni ifodalashning ekstensional usullari 
predmet sohadagi aniq timsollarning tavsifi va tayinlanishi bilan bog’liq bo’ladi va 
yaxlit tizimning elementlari sifatida qaraladigan timsollar bo’yicha amallarni bajaradi 
[39]. 
Bilimlarni ifodalashning yuqoridagi ikkita asosiy usuli asosida TTOda 
qo’llaniladigan usullar ham ikkita guruxga ajratilgan [40]. Birinchi guruh timsollarning 
xususiyatlari ustida amallar bajaradigan intensional usullar bo’lib, ular xususiyatlar 
qiymatlarini taqsimot zichligini baholashga asoslangan [10, 36, 41], HQQlar sinfi 
haqidagi taxminlarga asoslangan [9, 10], mantiqiy [4, 36, 39] va lingvistik (strukturali) 
[36, 41] usullarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi guruh timsollar ustida amallar bajaradigan 
ekstensional usullar bo’lib, ular tarkibiga K yaqin qo’shnilar usuli [42], baholarni 



hisoblash algoritmi (BHA) [4, 12, 18], HQQlar jamoalari [4, 19] kabi yondashuvlarni 
kiritish mumkin.
Intensional usullarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular TTO algoritmlarini 
qurish va qo’llashda amallar elementlari sifatida xususiyatlarning turli tavsiflarini va 
ular orasidagi aloqalarni ishlatishadi. Bunday elementlar sifatida xususiyatlarning 
alohida qiymatlari yoki xususiyatlarning intervalli qiymatlari, o’rtacha qiymat va 
dispersiya, xususiyatlar aloqalarining matrisalari va boshqalar qatnashadi hamda ular 
ustida bajariladigan amallar analitik yoki konstruktiv shaklda ifodalanadi.
Intensional usullarning afzalliklari: 
xususiyatlar qiymatlarini taqsimot 
zichligini baholashga asoslangan, mantiqiy va lingvistik (strukturali) usullarda 
natijalarning metrikadan bog’liqmasligi va hisoblash jarayonining murakkabmasligi; 
HQQlar sinfi haqidagi taxminlarga asoslangan usullarda TTO masalasi ekstremumni 
topish masalasi kabi matematik jihatdan aniq qo’yilganligi, xususiyatlarni birma-bir 
tekshirishning mavjudmasligi; ba’zi algoritmlarning xususiyatlar fazosi o’lchamining 
kichik qiymatida samarali ishlashligi;

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish