3
sinf - umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan TT bo’lib, ular o’xshash
xususiyatlari bo’yicha sinflarga birlashtiriladi;
sinfga xos belgi - sinflardagi timsollarni tavsiflovchi xususiyatlar orasidan
qandaydir sinfdagi timsollarni boshqa sinflardagi timsollardan xatosiz yoki eng kichik
xatolik bilan ajratuvchi xususiyatdan hosil qilinadi.
TTOni o’qitish masalasining umumiy sxemasini 1.1-rasmdagidek
keltirish
mumkin.
1.1- rasm. TTOni o’qitish masalasining umumiy sxemasi.
Ushbu sxemada keltirilgan tushunchalar quyidagilardan iborat:
-
tanlanma - bu katta hajmdagi timsollar to’plami bo’lib, ulardagi xususiyatlar
haqidagi ma’lumotlar tajriba yo’li bilan yoki oldindan berilgan ma’lumotlar asosida
aniqlanadi;
-
o’quv tanlanma (O’T) - bu dastlabki tanlanmadan ixtiyoriy yoki maxsus
qoidalar asosida tanlab olinadi. O’Tda sinflar va timsollar nomi hamda soni,
timsollarda tajriba yo’li bilan yoki oldindan berilgan ma’lumotlar asosida aniqlangan
xususiyatlar soni va ularning qiymatlari beriladi;
-
nazorat tanlanma (NT) - bu O’Tdan aniq algoritm asosida hosil qilingan HQQ
yordamida tanib olish kerak bo’lgan timsollar to’plami bo’lib, ular dastlabki
tanlanmadan tanlab olinadi yoki yangi timsollar to’plami ko’rinishda beriladi. NTdagi
timsollar va xususiyatlar O’Tdagi kabi beriladi;
-
o’qitish - bu dastlabki tanlanmada berilgan TTni yoki O’Tda berilgan
sinflardagi timsollarni ularning xususiyatlaridan foydalanib,
aniq algoritm asosida
tanlanmada berilgan timsollar to’plamini sinflarga ajratuvchi yoki O’Tda berilgan
sinflardagi timsollarning boshlang’ich xususiyatlaridan tanlab olingan muhim
xususiyatlar tizimostiga mos HQQni hosil qilishdan iborat;
O’qitish
O’qituvchili o’qitish
O’qituvchisiz
o’qitish
O’zini-o’zi
(avtomatik) o’qitish
Muhim belgilar
tizimini aniqlash
Tanlanma
Nazorat tanlanma
HQQ hosil qilish
Sinflarni hosil qilish
O’quv tanlanma
ТТО
ТТО
4
- o’qituvchili o’qitish - bu O’Tdagi timsollarni aniq algoritm asosida o’rganish
jarayonida timsollarning boshlang’ich xususiyatlaridan ma’lum bir mezon asosida har
bir sinfga xos bo’lgan muhim xususiyatlar tizimostini hosil qilish va ularga mos HQQni
qurishdan iborat;
- o’qituvchisiz o’qitish - bu dastlabki tanlanmada berilgan timsollar to’plamini
aniq algoritm asosida sinflarga ajratishdan iborat bo’lib, unda hosil qilinuvchi sinflar
soni oldindan beriladi va timsollar ushbu sinflarga joylashtiriladi;
- o’z-o’zini (avtomatik) o’qitish - bu dastlabki tanlanmada berilgan timsollar
to’plamini aniq algoritm asosida sinflarga ajratishdan iborat bo’lib, unda hosil
qilinuvchi sinflar soni oldindan berilmaydi, timsollarni o’z-o’zini o’qitish jarayonida
avtomatik ravishda sun’iy sinflar hosil qilinadi va timsollar ushbu sinflarga
joylashtiriladi;
- sinflarni hosil qilish - bu dastlabki tanlanmada berilgan timsollar to’plamini
aniq algoritm asosida o’qituvchisiz yoki avtomatik o’qitish jarayonida o’xshash (bir-
biriga yaqin) timsollar to’plamostilarini hosil qilishdan iborat;
- muhim belgi(xususiyat)lar tizimini aniqlash - bu O’Tdagi
timsollarni aniq
algoritm asosida o’rganish jarayonida timsollarnining boshlang’ich xususiyatlaridan
ma’lum bir mezon asosida alohida sinfga xos bo’lgan xususiyatlar tizimini
shakllantirish bo’lib, bu tizimdan birorta ham xususiyatni olib tashlash mumkin
bo’lmaydi;
- HQQ - bu aniq algoritm asosida dastlabki tanlovdagi TTni sinflarga ajratuvchi
yoki O’Tdagi har bir sinfga xos aniqlanadigan muhim xususiyatlar tizimiga mos hosil
qilinadigan va NTdagi TTOda qo’llaniladigan qoida bo’lib, u chiziqli, chegarali
(porogli), mantiqli va kvadratik ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
- TTO - bu hosil qilingan HQQlar asosida nafaqat O’Tdagi timsollarni o’zlari
joylashgan
sinflarga, balki NTdagi timsollarni O’Tdagi sinflarning qaysi biriga
tegishli ekanligini aniqlash, agarda O’T berilmagan bo’lsa, u holda timsollarni
avtomatik ravishda sinflarga ajratishdan iborat.
Shunday qilib, TTO masalasi - bu O’Tdagi timsollarning xususiyatlarini o’rganish
asosida ularni oldindan berilgan sinflarga tegishli yoki tegishli emasligini aniqlashdan
iborat.
Ma’lumki, turli predmet sohalarga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi
hamda qo’llanilishi bir tomondan bu sohalardagi juda ko’plab muammolarni tez va
sifatli hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Ayniqsa, hozirgi davrda timsollarni tanib
olish va sinflash tizimlari geografiya va biologiya, texnika va tibbiyot, geologiya va
gidrogeologiya,
arxeologiya va kriminalistika, ximiya va biologiya, ovoz, tasvir,
raqam, simvol va matnlarni tanib olishda, iqtisodiyot, ijtimoiy va boshqa sohalarga
tegishli masalalarda muhim belgilarni va turli ko’rinishdagi empirik bog’lanishlarni
aniqlash, TTni analitik tavsiflash, nostandart va kritik holatlarni aniqlash, timsollarning
etalon tavsifini hosil qilish, TTO (sinflash,
identifikasiyalash, tashxis qo’yish),
tanlangan dinamik ma’lumotlar asosida obyektlarni, vaziyatlarni, hodisalarni va
jarayonlarni bashorat qilish, klasterli tahlil va ma’lumotlar strukturasini tekshirish
kabilarni yechishda keng ko’lamda qo’llanilmoqda [4, 8, 25, 29, 34].
Yuqorida keltirilgan sohalarda TTOni o’qitish nazariyasi
usullarining keng
qo’llanilishi o’rganiluvchi timsollarning murakkabligi, ya’ni ularning ko’plab