YO‘LOVCHI STANSIYALAR ISHINI TEZKOR BOSHQARUVI VA REJALASHTIRISH
REJA
5.1. Yo‘lovchi stansiyalar ishini tezkor boshqarish
5.2. Yo‘lovchi stansiyalar ishini rejalashtirish
Kalit iboralar
Yo‘lovchi stansiyasi boshlig‘i, yo‘lovchi stansiyasi bo‘yicha navbatchi, tezkor boshqaruv, manevr dispetcheri, yo‘lovchi poezd tarkibi.
5.1. YO‘LOVCHI STANSIYALAR ISHINI TEZKOR BOSHQARUVI
Yo‘lovchi stansiyasi ishining umumiy boshqaruvi stansiya boshlig‘i ko‘rsatmalari bo‘yicha uning o‘rinbosarlari va smena raxbarlari xisoblangan manevr dispetcheri, stansiya navbatchisi va parklar bo‘yicha navbatchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Stansiya boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari texnik sexning texnologik jarayonlarini bajarilishini ta’minlaydi, smanelar uchun ishlab chiqarish topshiriqlarini ishlab chiqadi, ishchi xodimlarni smenalarga taqsimlaydi, zaruriy texnik xujjatlarni rasmiylashtiradi, strelka va signal xo‘jaligining normal xolatda saqlanishiga javobgar xisoblanadi.
Stansiya boshlig‘ining tijoriy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bagajd bo‘limining ishiga javobgar xisoblanadi.
Yo‘lovchi poezdlar tarkiblarini reysga kompleks tayyorlashni boshqarish vagon deposi va vagon uchastkasi boshliqlari raxbarligida amalga oshiriladi.
Stansiyaning texnik sexidagi smena ishining tezkor boshqaruvi manevr dispetcheri tomonidan stansiyaning sutkalik ish-reja grafigi, tezkor topshiriq, poezdlar tuzish sexi va vagon deposi naryadlari asosida amalga oshiriladi.
Manevr dispetcherining vazifalariga quyidagilar kiradi:
- tarkiblarni park yo‘llari bo‘yicha qo‘yib chiqish va vagonlarni belgilangan joylariga va ta’mirlash uchun topshirish;
- stansiya xududida ishlayotgan barcha manevr lokomotivlari ishini rejalashtirish;
- tarkiblarga xizmat vagonlarini tayyorlash, uzatish va ulanishini ta’minlash;
- smena topshiriqlariga tezkor o‘zgartirishlar kiritish va perron yo‘llarining, texnik park yo‘llarining va ta’mirlash ekipirovka deposining poezdlarning kelish va jo‘nash grafiklari buzilgan xolatda tarkiblar bilan, band bo‘lish rejasini tuzish;
- tarkiblarni vagon yuvish mashinasidan o‘tkazilishini nazorat qilish;
- bagaj xamda pochta vagonlarni yuklash tushirish joylariga berilishi va olinishini nazorat qilish va boshqalar.
Stansiya bo‘yicha navbatchi poezdlarni stansiyaga to‘xtovsiz va xavfsiz qabul qilib jo‘natilishini, ularni xarakatlanish marshrutlari bo‘yicha kesishish joylarida manevr ishlarini o‘tkazilishini, tarkiblarni perron yo‘llariga o‘z vaqtida berilishini va ularni texnik parkka o‘z vaqtida olinishni ta’minlash bilan bir qatorda vokzal bo‘yicha diktor xamda boshqa aloqador xodimlarni poezdlarning yo‘lovchilar chiqarish uchun berilganligi va poezd jo‘natilishi to‘g‘risida xabardor etadi.
Stansiya ishining tezkor rejalashtiruvi yo‘lovchi stansiyasi, texnik park, ta’mirlash-ekipirovka deposi va boshqa ishlar bir biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi texnologik xujjat xisoblangan stansiyaning sutkalik ish – rejagrafigi asosida amalga oshiriladi.
Poezdlar xarakat grafigida nosozlik yuzaga kelganda sutkalik ish-reja grafigi ishi buziladi. Bunday xolat yuzaga kelganda stansiya xodimlarining asosiy vazifasi poezdlarni stansiya yo‘llarida maksimal ravishda turishini kamaytiish va shu bilan birga tarkiblarni reysga tayyorlash jarayonini sifatli amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa tezkor rejalashtirishlarni amalga oshirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |