1-ma’ruza. Sintetik suyuqlik yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyasi


STG (LNG) tabiiy gazdan samarali foydalanishning asosidir



Download 6,79 Mb.
bet29/100
Sana26.01.2022
Hajmi6,79 Mb.
#411065
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Bog'liq
Cинтетик суюқликни олиш бўйича

STG (LNG) tabiiy gazdan samarali foydalanishning asosidir.

Yetakchi xorijiy davlatlarda gaz sanoatini rivojlantirish haqidagi ilmiy-uslubiy ma’lumotlar tahlili shuni kо‘rsatadiki, о‘zida yetarli hajmdagi tabiiy resurslari bо‘lmaganda gazdan ishlab chiqarilgan STGni olish va undan foydalanish iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.



3.3-jadval

Jahon energiya balansida gaz tarmoqlarining umumiy holati

Nomlanishini о‘rni

1990

1995

2000

2005

2010

2015

Zaxiralar, trln.m3

116

140

154

152

165

191

Qazib olish, trln.m3

2

2,1

2,4

2,8

3,2

3,7

Is’temol qilish, trln.m3

2

2,1

2,4

2,8

3,2

3,6

Chegara tashqarisiga sotish, mln.m3

308

506

651

848

982

1122

Gazuzatmalariga, mlrd.m3

236

413

508

659

686

721

Suyultirilgan tabiiy gaz, mlrd.m3

72

93

142

189

296

401

Suyultirilgan tabiiy gazni olish uchun amaliyotda ikkita ma’lum usullardan foydalaniladi:

-doimiy yuqori bosim ostida gazni kondensatsiyalash (suyuqlikka aylantirish);

-refrijiratorli issiqlik almashtirishda sovutgichlardan foydalanish va turbodetanderli yoki drossellash bilan issiqlik almashtirish texnologiyasi hozirgi vaqtda gaz konlarimizda keng qо‘llanilmoqda. Jumladan “Shо‘rtanneftgaz” MchJda va “Muborakneftgaz” MchJdaga bosimi pasaygan konlarda hamda qatlam bosimini saqlab turishda SKSlaridan foydalanilmoqda. Bunda jarayonni olib borish eng past haroratdagi gazni keskin kengayishi natijasida sodir bо‘ladi.

Suyultirilgan tabiiy gaz (STG) su’niiy sovutish yо‘li orqali suyultiriladi – bu о‘zining energetik va ekologik xususiyati bо‘yicha yuksak mahsulot hisoblanadi hamda har qanday davlatga silliq tijorat tizimlari orqali magistral gazuzatmalaridan uzoq masofada joylashgan obyektlarga, qayerga mumkin bо‘lmaganda yoki iqtisodiy jihatdan gazuzatmasini tortish katta xarajatlarni talab qilganda yetkazib beriladi. STGdan avtomobillar yoki boshqa energiyani iste’mol qiladigan qurilmalar uchun alternativ yonilg‘i sifatida foydalaniladi. Gazni dastlabki tayyorlashda suvdan, oltingugurt ikki oksididan, uglerod oksididan va boshqa turdagi ifloslantirgichlardan tozalangan gazning oqimi suyuqlikka aylantirish qurilmasiga beriladi. STG hidsiz va rangsiz kо‘rinishdagi suyuqlik bо‘lib, zichligi suvning zichligidan ikki marta kichik, kimyoviy zaharli emas. STGning tarkibida 95% metan, qolgan 5% ning tarkibida esa etan, propan, butan, azot va boshqalar bо‘ladi, uning tarkibiga bog‘liq holda qaynash harorati minus -1580S dan -1630S gacha davom etadi. Uning pastki yonish chegarasi -33494 kDj/m3 (50116 kDj/kg), solishtirma yonish issiqligi -12000 kkal/kg, bug‘lar yonganda uglerod ikki oksidi va suv bug‘lari paydo bо‘ladi, uning yonish mahsulotlari tarkibida benzinga nisbatan uglerod oksidi 10 marta kam va azot oksidi 2 marta kichik bо‘ladi.

Bu texnologiyaning eng afzallik tomoni suyuqlikka aylantirilganda uning hajmi gazga nisbatan 600 marta kamayada, qaysiki tabiiy gazni saqlash va tashishga nisbatan qulaylik tug‘diradi. STGni xususiy tarmoqlarda qо‘llanilishi uchun maxsus gazsizlantirish terminallarida gazsimon holatga aylantiriladi, bunda havo ishtirok etmaydi uning bug‘lanishi sodir bо‘ladi.

Toza holdagi STG yonmaydi, о‘z-о‘zidan alangalanmaydi va portlamaydi.

Ochiq fazoda normal haroratda gazsimon holatga qaytadi va havoda tez eriydi (reaksiyalanadi).

Tabiiy gaz bug‘langanda qachonki, alanga manbasi bilan kontaktlashganda olov paydo bо‘ladi. Shuni belgilash mumkinki, normal alangalanishi uchun uning havodagi bug‘langan konsentratsiyasida 5% dan 15% gacha gaz bо‘lishi kerak, bunda havodagi konsentratsiyasi 5% gacha bо‘lganda yonishi uchun yetarli emas, agar 15% dan yuqori bо‘lganda oksidlanish jarayonini bо‘lishi uchun atrof muhitda kislorod yetarli bо‘lmaydi.

Sanoatda STGning oxirgi mahsulotini olish uchun tabiiy gaz yoqiladi hamda suyultirish jarayonida yо‘ldosh va tabiiy gazlarni past haroratli fraksiyalanishida jarayonlar birgalikda olib boriladi, natijada bu gazlardan etan, butan, propan, gazli benzin ajralib chiqadi. Bu gazlardan neftkimyo sanoatining ishlab chiqarish jarayonlarida xom-ashyo sifatida foydalaniladi. STGni olishda kо‘pgina texnologiyalarda yо‘ldosh yoki kondagi tabiiy gazlarning qurilma blokiga berilgan xom tozalangan gaz filtrlar yordamida mexanik aralashmalardan tozalanadi, suyuqliklarni pulsatsiyali tashlanishini oldini olish uchun tiqinli tutqichlardan, gaz, gazli kondensat va qatlam suvlari ajratgichlardan о‘tkazilgandan keyin kirib keladi. Tiqin tutqichga tushgan suyuqlik nasoslar yordamida kondensat va suvga ajratish uchun haydaladi, keyin esa gazli kondensat nasos yordamida tovar parkidagi yig‘uvchi sig‘imga (rezervuarga) beriladi. Qatlam suvi uch fazoli kirish qismidagi ajratgichdagi bosimning hisobiga gazsizlantirish sig‘imiga uzatiladi va u yerda suvning tarkibidagi erigan gaz shamollatiladi hamda mash’alaga tashlanadi, qoldiq suv esa nasos yordamida tо‘plovchi sig‘im idishiga haydaladi.

Undan keyin reduser tugunida gazning bosimi barqarorlashtiriladi, tozalangan gazning sarfi о‘lchanadi va pog‘onalar oralig‘ida sovutiladi va ajratilgan gaz 50-70 kg/sm2 bosim ostida siqiladi (kompresslanadi). Siqilgan gaz aminli tozalash blokiga yо‘naltiriladi, u yerda nordon komponentlardan (vodorod sulfid, uglerod gazidan) gaz xom-ashyosi tozalanadi, keyin STG qurilmasi jihoziga korroziyaga beriladi. Nordon gazlarni shamollatish amalga oshiriladi va mash’alaga beriladi.

Keyin esa tozalangan gaz seolitli quritish blokiga yо‘naltiriladi, u yerda muz va gadratlanishni oldini olish uchun suv bug‘laridan tozalanadi. Buning uchun gazning harorati minus 900Sga keltiriladi va shudring nuqtasi paydo bо‘lmasligining oldi olinadi. Bunda blokning tarkibiy qismiga gazni quritish va qizdirish, sovutish, ajratish va gazlarni filtrlab regeneratsiyalash jihozlari kiritiladi. Quritish–kolonnalarida adsorbent sifatida oddiy sintetik seolitlar (molekulyar tо‘rlar ham deyiladi) qо‘llaniladi.

Quritilgan gaz tabiiy gazni suyultirish blokiga yо‘naltiriladi, gazni STGga aylantirish uchun minus -1620S da kriogenli sovutish amalga oshiriladi. Bunda gaz bosh issiqlik almashtirish sovutish kamerasiga kirib keladi, u yerda tarkibida azot (H2) va uglevodorodlar bilan (C1-C5) aralashtirilgan xladagentdan foydalaniladi va tizimdagi sirkulyatsiya oqimi kompressor agregati yordamida amalga oshiriladi. Natijada issiqlik almashtirgichda gaz kerakli haroratgacha sovutiladi, bunda suyultirilgan uglevodorodlar separatorlarda ajratiladi va saqlash uchun belgilangan rezervuarga yо‘naltiriladi. Xuddi shu usul yordamida suyultirish jarayonida tabiiy geliysimon va yо‘ldosh gazlardan geliy olinadi. Tayyor bо‘lgan suyultirilgan metanli gaz (CH4) STGni saqlash uchun sig‘imga beriladi. U yerdan maxsus qurilmalar yordamida avtotsisternalarga yuklanadi va iste’molchilarga jо‘natiladi.

Shunday qilib, STG ishlab chiqaradigan har qanday qurilmaning tarkibida quyidagi asosiy bloklar va inshootlar bо‘ladi: tabiiy va yо‘ldosh gazlarni mexanik zarralar va qatlam suvlaridan oldindan tozalaydigan blok; xom gazni kirishida uni о‘lchaydigan tugunlar va redusirovka qilish bloki; xom gazni siqadigan blok; gazni nordon komponentlardan tozalaydigan blok; xom gazni quritadigan blok; yonilg‘i gazni tayyorlaydigan blok; dietilenglikolni (DEG) regeneratsiya tuguni; tabiiy gazni suyultirish bloki; sun’iy xladagent bloki; reftikatsiyalash bloki; tabiiy gaz fraksiyalarini va STGni saqlaydigan sig‘imlar; STGni yuklash va iste’molchiga qо‘yish uchun qurilmalar.




Download 6,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish