3.4-jadval
Tabiiy gazni va xladagentni
№
|
Komponent
|
Tabiiy gaz
|
Xladagent
|
1
|
Geliy
|
0,2
|
Izlari
|
2
|
Azot
|
5,8
|
10,6
|
3
|
Metan
|
83,2
|
35,6
|
4
|
Etan
|
7,1
|
28,2
|
5
|
Propan
|
2,35
|
3,4
|
6
|
Izobutan
|
0,4
|
8
|
7
|
n-butan
|
0,6
|
2,1
|
8
|
Izopentan
|
0,12
|
11,4
|
9
|
n-pentan
|
0,15
|
0,7
|
10
|
Geksan
|
0,1
|
Izlari
|
11
|
C7 va undan yuqori
|
0,08
|
Izlari
|
3.4. Yо‘ldosh va tabiiy gazlarni suyuqlikka aylantirishning kreogenli texnologiyasi
Tabiiy gazlarni suyuqlikka aylantirish texnologiyasini tanlash – STG olish qurilmalarini yaratishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda majmuaning texnologik ishonchliligi, unumdorligi, kapital qо‘yilmalari, iste’mol energiyasining bahosi, ishlab chiqarishga mos keladigan jihozlarning mavjudligi va ishlab chiqarish obyektlarining boshqa kо‘rsatgichlari hisobga olinadi.
Tabiiy gazni suyuqlikka aylantirishning har qanday oddiy sikllari ham drosellash Joul-Tomson effektiga asoslanadi. U kichik koeffitsiyentli suyultirish holati bilan tavsiflanadi, majmuani qurish tarkibida gazni taqsimlash tizimlari mavjud bо‘lganda past energiyali iste’mol bilan ta’minlaydi. Bunday sharoitda yuqori bosimli energiyaning katta qismi magistral gazuzatmalari hisobiga ta’minlanadi.
Siklda turbodetanderlarni qо‘llash texnologik jihatdan samarali hisoblanadi. Hozirgi kunda bu texnologiya asosida turbodetanderlar “Shurtanneftgaz” MChJ va “Muborakneftgaz” MChJ ga qarashli qator gaz konlarida samarali qо‘llanilmoqda. Bu holatda gazni sovutish va suyultirish turbodetander tomonidan ishni tugallanishi hisobiga sodir bо‘ladi. Shunday qilib, turbodetanderda olinadigan energiya hisobiga jarayon samarali amalga oshiriladi, undan sikl parametrlariga mos ravishda gazni siqish jarayonida foydalaniladi.
Gaz oldindan sovutilganda suyuqlikka aylanish koeffitsiyenti amalda oshadi va energiya xarajatini kamaytiradi. Tabiiy gazni drosellash sikllarida oldindan propan yoki friyonli bug‘ kompressorli sovutish mashinalarida minus -300S – minus 400S gacha haroratgacha pasaytirilganda suyuqlikka aylanish koeffitsiyentini 10-17% dan 35-40% gacha oshirish mumkin, suyuqlikka aylanishni solishtirma ishi 2 dan 0,8-0,7 kVt soat/kg.ga pasayadi.
Tabiiy gazni suyuqlikka aylanish haroratida sovutishning issiqlikka almashinish hisobiga azot bilan sovutishni qо‘llashning imkoniyatiga yо‘l ochiladi. Azot siklida ishlatiladigan qurilma oddiy holatda ikki konturli hisoblanadi.
Konoko Pfillips kompaniyasi tomonidan STGni ishlab chiqarish texnologiyasi suyultirishning kaskad jarayonidan foydalaniladi. Xom gaz birinchi bosqichda gazni tayyorlash blokiga beriladi va u yerda uglerod gazidan, vodorod sulfiddan va suvdan tozalanadi, undan keyin esa tabiiy gazni suyultirish blokiga beriladi. Suyultirish blokida oldindan tayyorlangan tabiiy gaz minus -1620S gacha ketma-ket joylashtirilgan issiqlik almashtirgichlarning xladagent oqimi bilan sovutiladi. Bu texnologiyada xladagent sifatida propan, etilen va metandan foydalaniladi. Olingan STG rezervuarda saqlash uchun siqiladi (kompreslanadi).
Bundan tashqari dunyoda STGni ishlab chiqarishda sanoatda о‘zlashtirilgan Shell texnologiyasi ham qо‘llaniladi. Bu texnologiyaning boshqa texnologiyalardan farqi STGni olishda xladagenti ikki marta aralashtirilgan (Double Mixed Refrigerant-DMR) jarayoni qо‘llaniladi. Aralashmali xladagent azot, metan, etan va propandan iborat bо‘ladi. U texnologik chiziqlarda minus -1620C gacha sovutishda foydalaniladi [29].
Xladagentni sovutish sikli texnologiyasi (MRC) kompaniyasi China Oil HBP Kkience & Technologe Korporation LTD tomonidan ishlab chiqarilgan har xil qaynash nuqtalarida aralashma (H2+C1-C5) kо‘p bosqichli sikllarda qо‘llaniladi.
STGni ishlab chiqarish texnologiyalarini о‘zaro tahliliy ma’lumotlaridan kelib chiqib, О‘zbekiston sharoitida qurilmalarni qurishda Yefntai Jereh Petroleum Equipment & Technologe firmasi texnologiyasi asosida gaz aralashmasi xladagentlaridan tozalangandan keyin tabiiy gazni suyuqlikka aylantirishda qо‘llash afzal hisoblanadi. Bunday taklifni tо‘laqonli qо‘llanilishi uchun qurilmada asosiy bloklar va baholovchi kо‘rsatgichlar mavjud bо‘lishi kerak. Qurilish tizimiga texnologik jamlanma, boshqarish tizimi va ularga bog‘liq bо‘lgan yordamchi qurilmalar kiritiladi.
Jihozlarda xladagent sifatida tabiiy gazni suyuqlikka aylantirishda aralashmali kriogenli qorishma qо‘llaniladi. Xom tabiiy gaz kompressor tizimining tabiiy gazni sovutish blokiga kirib keladi. Undan keyin 5,0 Mpa bosimgacha siqilgan tabiiy gaz CO2, H2S, Hp, H2O, aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun tozalash tizimida tо‘planadi. Tozalangan gaz tayyorlangandan keyin gazni suyultirish uchun sovutgichga tо‘planadi, oldindan sovutish uchun unga kriogen aralashmasining qorishmasini issiqligi uzatiladi, jarayon ketma-ketlik tartibida qadamma-qadam amalga oshiriladi. Sovutgichdan keyin suyultirilgan tabiiy gazning bosimi 0,1 Mpa.gacha pasaytiriladi, keyin suyultirilgan gaz saqlash sig‘imiga tо‘planadi. Masalan, 200000 m3 hajmdagi tabiiy gazdan 138,6 t/kun miqdorida bir yilda esa 50000 t/yil STG olinadi.
Shunday qilib tabiiy va yо‘ldosh gazlarni suyuqlikka aylantirishda xladagent aralashmasini qо‘llab siklik suyuqlikka aylantirish texnologiyasini qо‘llash tavsiya qilinadi.
Xulosa
Yо‘ldosh neft gazlaridan foydalanish va utilizatsiya qilish holati bugungi kunda hech kimni qoniqtirmaydi. Bu masala bо‘yicha butun dunyoda talablar qattiq qо‘yilgan bо‘lib, neft qazib oluvchi tashkilotlar atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlarni qisqartirishga bog‘liq bо‘lib, xom ashyolardan foydalanishni tejamkor texnologiyalaridan foydalanishni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish ishlari bir qator davlatlarda jadal olib borilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi hududida mash’ala chiqindi gazlarni tozalash bо‘yicha toza rivojlanish mexanizmi (TRM) dasturining loyihasi amalga oshirilganda keyin Shakarbuloq konidan qо‘shimcha chiqadigan tabiiy gazlarni yonish mahsulotlarining turi quyidagicha: azot oksidi (NO), karbon oksidi (CO), oltingugurt ikki oksidi (SO2).
Keng fraksiyali yengil uglevodorodlar tarkibidan ajratib olingan quruq gazdan elektr energiyasini olishda foydalanishda gaz generatorlarga yо‘naltiriladi hamda neft konlarida belgilangan iste’mol talablar uchun ishlatiladi va yaqin joylashgan sanoat obyektlariga hamda aholi punktlariga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |