1-ma’ruza: NAZARIY MEXANIKA FANIGA KIRISH.
1.1.Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi.
Turli xil hisoblash bilan bog‘lik bo’lgan inshootlar (binolar hozirgi zamon texnikasining rivojlanishi xar bir muxandis oldiga, kupriklar, kanallar, tugonlar va boshqalar)ni, turli mashinalar, mexanizmlar dvigatellar, shuningdek avtomobillar, teplovozlar, kemalar, samolyotlar, raketalar, kosmik kemalar va shunga o’xshashlarni loyihalash, ishlab chiqish va ularni ekspluatatsiya qilish kabi xilma-xil muammolarni qo‘yadi.
Yuqorida ko’rsatilgan bu muammolar xilma-xil bo’lsada ularni yechish umumiy ilmiy bazaga ega bo’lgan ma’lum darajada umumiy bir prinsipga tayanadi. Yuqorida kursatilgan masalalarning asosiy qismini u yoki bu jismlarning harakat qonunlari yoki ularning o‘zaro ta’sirlarini o‘rganish egallaydi.
Moddiy nuqtalar (jismlar) xarakatining umumiy qonunlarini va ularning muvozanat holatlarini va bunda sodir bo‘ladigan jismlar orasidagi o‘zaro ta’sirlarini o‘rganuvchi fanga nazariy mexanika deyiladi.
Fazoda jismlarning vaqtga bog‘lik bir-biriga nisbatan vaziyatini o‘zgartirishiga mexanik xarakat deyiladi. Shu bilan birga nazariy mexanika jismlarining muvozanatda bulish xollarini xam tekshiradi, chunki muvozanat mexanik xarakatining xususiy xossasidir.
Nazariy mexanika fanining asosiy masalasi kuch ta’siridagi jismlar xarakatining umumiy konunlari xamda ularning muvozanatini urganish xisoblanadi.
Mexanika eng kadimgi fanlardan biri bulib xisoblanadi. Mexanika tugrisidagi dastlabki tushunchalar kadimgi Gretsiya va Misr olimlariga taalluklidir.
Birinchi marta «mexanika» suzini Aristotel (384-322 yil.biz:er) ishlatadi.Jismlarning muvozanat xolatlarini Arximed (287-212 yil.biz:er) urgangan. X-XY asrlarda Uzbekiston xududida yashagan Abu Rayxon Beruniy, (973-1048 ) Abu Ali Ibn Sino (980-1037) Ulugbek (1394-1449) lar mexanikaning rivojlanishiga ma’lum darajada xissa kushdilar.
Mexanika «Uygonish» davriga kelib,ya’ni XY asrdan boshlab juda tezlik bilan rivojlana boshlaydi.Dinamikaning asoschilaridan biri italiyalik olim G.Galiley (1564-1642) bulib xisoblanadi.U inersiya konunini kashf kilgan.1687 yilda ingliz olimi I.Nyuton «Natural falsafaning matematik boshlanishi» degan asari bosilib chikadi.Bu kitobda klassik mexanika konunlari sistemalashtirilgan xolda bayon kilingan.
XYIII asrga kelib, mexanika masalalarini differensiallash va integrallash yuli bilan echish usullari intensiv ravishda rivojlana boshlaydi.Dinamika masalalarini differensial tenglamalar orkali ifodalab ularni integrallash usuli bilan echishni L.Eyler (1707-1783) tomonidan ishlab chikildi.Dinamika masalalarini statika masalalari kabi echish usulini fransuz olimi J.Dalamber tomonidan ishlab chikildi.Dinamika masalalarini mumkin bo’lgan kuchish prinsiplari asosida echish usulini J.Lagranj berdi.
Mexanika fanining rivojlanishiga rus olimlaridan: amaliy mexanika soxasida kilgan ilmiy ishlari bilan mashxur bo’lgan M.V.Ostrogradskiy (1801-1862) mashina va mexanizmlar nazariyasiga asos solgan P.L.CHebishev,aerodinamikaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. N.E.Jukovskiy (1847-1921), reaktiv xarakat nazariyasiga asos solgan K.E.Siolkovskiy, uzgaruvchi massali jismlar xarkatini o’rgangan I.V.Meshcherskiy (1859-1935), birinchi Erning sun’iy yo’ldoshini yaratgan va uchirgan S.P.Korolyov (1906-1966),kosmovnavtika soxasida tadqiqotlar kilgan M.V.Keldish (1911-1978) va b.k. larni kursatish mumkin.Mexanika fanining rivojlanishiga ulkan xissa kushgan uzbek olimlaridan: ip mexanikasi,inshootlarining seysmik mustaxkamligi nazariyasiga oid kator ilmiy ishlar kelgan M.T.Urozboev (1906-1971), kema zixri mustaxkamligini aniklashda kullaniladigan «Raxmatullin tulkinlari» nomini olgan tulkinlar nazariyasini kashf kilgan X.A.Raxmatullin (1909-1988), tutash muxitlar mexanikasi masalalarini algoritmlash,avtomatik boshkarish sistemalarini yaratish soxasida muxim ilmiy ishlar kilgan V.K.Kobulov (1921 yilda tugilgan) larni kursatish mumkin.
Nazariy mexanika kursi statika, kinematika va dinamika bulimlariga bulinib urganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |