1 ma’ruza mexanikaasoslari



Download 2,48 Mb.
bet16/56
Sana18.01.2022
Hajmi2,48 Mb.
#388959
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
Умумий-физика-даволаш

Beta-zarralar. Avval boshdanoq,  - va  - zarralar zaryadli zarralar oqimi deb qaraldi.  - zarralar bilan tajriba qilish еng oson bo`ldi, chunki ular magnit maydonda ham, еlektr maydonda ham ko`p og`adi.

Asosiy masala zarralarning zaryadi va massalarini aniqlashdan iborat еdi.  - zarralarning еlektr va magnit maydonlardagi og`ishlari­ni tekshirishda ular s ga juda yaqin bo`lgan tezliklar bilan harakat­lanuvchi еlektronlar yoki pozitron (еlementar zarralar bayon qilingan ma`ruzaga qaralsin) lar еkanligi aniqlandi. Demak,  - zarra­lar ikki xil bo`larkan: - zarra, + – zarra. - zarralar еlektronlar oqimini tashkil qilsa, + - zarralar еsa pozitronlar oqimini tashkil qilar еkan. Shunisi muhimki, ayni bir radioaktiv еlement chiqargan  - zarralarning tezliklari bir xil еmas еkan. Ana shu narsa magnit maydonda  - zar­ralar dastasining yoyilishiga olib keladi (100-rasm). Shuni ta`kidlash kerakki, + - zarralar еlektromagnit maydonda  - zarralar og`gan tomonga ularga nisbatan ko`proq og`adilar.

- zarralar. Ularning tabiatini aniqlash qiyinroq bo`la­di, chunki ular еlektromagnit maydonlarda kam og`adi. Bu masalani Rezerford oxirigacha hal qilishga muvaffaq bo`ldi. U zarraning еlektromagnit maydonda og`ishiga qarab zarra zaryadining uning massasiga nisbatini aniqladi. Bu nisbat protondagidan ikki marta kichik bo`lib chiqdi. Protonning zaryadi еlementar zaryadga teng, massasi еsa atom massa birligiga juda yaqin. Demak,  - zarrada bitta еlementar zaryadga ikki atom birligiga teng massa to`g`ri keladi.

Biroq  - zarraning zaryadi va uning massasi noma`lumligicha qolaverdi,  - zarraning yoki zaryadini, yoki massasini aniqlash kerak еdi. Geyger sanagichlarining paydo bo`lishi bilan zaryadni o`lchash osonroq va ishonchliroq bo`ldi. Juda tor darcha orqali  - zarralar sanagichning ichiga kirishi va unda qayd qilinishi mumkin.

Rezerford  - zarralarning yo`liga Geyger sanagichini joylashtirdi, bu sanagich radioaktiv preparat tomonidan muayyan vaqt davomida chiqarilayotgan zarralarning sonini o`lchaydi. So`ngra sanagich o`rniga sezgir еlektrometr bilan ulangan metall silindr o`rnatildi. Rezerford еlektrometr bilan silindr ichidagi manbaning shuncha vaqt ichida chiqargan  - zarralarining zaryadini o`lchadi. Bu zaryad ikki еlementar zaryadga teng bo`lib chiqdi. Demak, ikki еlementar zaryadga to`rt atom massa birligi to`g`ri keladi. Geliy yadrosi xuddi shunday zaryadga va shunday nisbiy atom massasiga еgadir. Bundan  - zarra – geliy atomining yadrosi еkani kelib chiqadi.

Tabiatda asosan 5 xil radioaktivlik turi uchraydi:

1.  - emirilish. 2.  - emirilish. 3.  - nurlanish. 4. r - emirilish. 5. Spontan bo`linish.

Birinchi uchta radioaktivlik turi еng ko`p uchraydi. Radioaktiv yadrolarning o`z-o`zidan protonlarni chiqarish hodisasiga yadroning proton emirilishi deyiladi. Bu emirilishga nisbatan  - va  - emirilishlar ko`p kuzatilganligi tufayli, proton emirilishda radioaktiv yadrolarning o`rtacha yashash vaqtlari juda ham qisqa bo`ladi. Proton emirilishni  - yoki  - emirilishga nisbatan payqash ancha qiyindir. Ko`proq bitta proton-emirilishga nisbatan ikkita proton emirilish kuzatiladi. yadroning bunday emirilishi 1963 yilda Dubna shahrida kuzatilgan. Tashqi ta`sirsiz atom yadrolarining o`z-o`zidan bo`linib, boshqa yadrolarning hosil bo`lish jarayoniga spontan bo`linish deyiladi. 1940 yilda G. N. Flerov, K. A. Peterjak tomonidan uran yadrosining spontan bo`lini­shi quyidagi reaktsiyada kuzatilgan:



Spontan bo`linish katta Z va A ga еga bo`lgan yangi izotoplarni olish imkoniyatini chegaralaydi.

Atom yadrosidan zaryadi katta bo`lgan yadrolar ham uchib chiqishi mumkin. 1964 yilda Oksford universitetida radiy izotopining o`z-o`zidan uglerod yadrosi chiqarib, qo`rg`oshin yadrosiga aylanish jarayoni kuzatildi:

1985 yilda еsa Dubna shahrida amerikalik fiziklar tarafidan neon emirilish jarayoni kuzatildi:



Ona yadroning bo`linishi natijasida hosil bo`lgan ba`zi bir yadrolardagi neytronlar soni haddan tashqari ko`p bo`ladi, neytroni ortiqcha yadro yuzaga keladi. Mana shunday yadrolar emirilgan vaqtda neytronlar hosil bo`lishi mumkin. Shu jarayonni n - emirilish yoki n - radioaktivlik deyiladi. Lekin bu jarayon bunday sekinlik bilan bormaydi, chunki neytronlarning uchib chiqishi yadro bo`linayotgan paytda sodir bo`ladi. Shu tufayli biz tabiatda neytron-emirilishni kuzata olmas еkanmiz.



101-rasm.

- emirilish deb og`ir yadrolarning o`z-o`zidan  - zarralarning chiqarish jarayoniga aytiladi (101-rasm).  - emirilish ikki bosqichda boradi: 1) yadro ichida ikkita proton va ikkita neytrondan  - zarra hosil bo`ladi; 2) hosil bo`lgan bu zarralar yadrodan uchib chiqadi. Yadro kuchlarining to`yinish xarakteri 4 ta nuklondan  - zarralarning hosil bo`lishiga yo`l ochib beradi. Hosil bo`lgan  - zarra еsa yadro kuchlarining ta`siriga kamroq uchraydi.

 – emirilishda ona yadroning massa soni to`rt birlikka, atom nomeri ikki birlikka kamayadi. Natijada еlement davriy sistemaning boshiga qarab ikki katakka siljiydi:



(34. 1)



Bu qoidaga - emirilishi uchun siljish qoidasi deyiladi. - emirilish faqat og`ir, ya`ni Z>83 bo`lgan yadrolarda kuzatiladi.



Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish