Al va uning qotishmalarining ishlatilishi. Al va uning qotishmalari asosan aviatsiya sanoatida, mashinasozlikda, kabellar va simlar tayyorlashda, idish-tovoqlar tayyorlashda, kumushsimon bo`yoq tayyorlashda, metallurgiya sanoatida (alyuminotermiya usuli) metallar olishda ishlatiladi.
Al kukuni bilan teemir kuyundisining (FeO•Fe2O3) ekvivalent miqdorlari aralashmasi termit deyiladi.
3Fe3O4 + 8Al ═ 4Al2O3 + 9Fe; ∆H0 ═ -3300 kJ.
Termitdan po`lat buyumlarni payvandlashda foydalaniladi.
Takrorlash uchun savollar.
Litiy guruhchasiga qaysi elementlar kiradi, ularni sanab bering?
Na va K qanday usullar bilan olinadi, ular qanday xossalarga ega?
Na va K ning asosiy birikmalari va tuzlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Berilliy guruhchasiga qaysi elementlar kiradi, ularni sanab bering?
Ca qanday usullar bilan olinadi va u qanday xossalarga ega?
Ca ning asosiy birikmalari va tuzlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Bor guruhchasiga qaysi elementlar kiradi, ularni sanab bering?
Al qanday usullar bilan olinadi va u qanday xossalarga ega?
Al ning asosiy birikmalari va tuzlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |