Tabiatda uchrashi. Tabiatda Al ning quyidagi birikmalari eng ko`p tarqalgan: alyumosilikatlar, boksitlar, korund va kriolit. Alyumosilikatlar yer po`stlog`ining asosiy massasini tashkil etadi. Gil–Al2O3•2SiO2•2H2O, nefelin–(Na, K)2[Al2Si2O8] muhim alyuminiyli rudalar hisoblanadi. Nefelinning yirik qatlamlari Rossiyada (Kola yarimoroli va Krasnoyarsk o`lkasida) uchraydi.
Boksitlar–tarkibida 30-60 % Al2O3 hamda 70-40 % temir oksidlari bo`ladi. Boksitning asosiy konlari Rossiyada (Boshqirdiston, Sibir), Qozog`istonda uchraydi.
Korund–Al2O3 tarkibli mineral, juda qattiq, abraziv material sifatida ishlatiladi.
Kriolit–AlF3•3NaF yoki Na3AlF6 tarkibli mineral. Hozirgi vaqtda sun`iy yo`l bilan tayyorlanadi, alyuminiy metallurgiyasida ishlatiladi.
Al ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Yer po`stlog`ida alyuminiyning miqdori 8,8 % ni tashkil etadi.
Olinishi. Sanoatda alyuminiy alyuminiy oksidning suyuqlantirilgan kriolit Na3AlF6 dagi eritmasiga CaF2 qo`shib elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. Bunda toza xomashyo ishlatiladi, chunki qo`shimchalar elektroliz vaqtida qaytariladi va alyuminiyni ifloslantiradi.
2Al3+ + 6e- = 2Al 3O2- - 6e- = 3/2O2
Do'stlaringiz bilan baham: |