1-MA'RUZA
Mavzu: Kirish. Metallurgiyada gidrometallurgik jarayonlarning o‘rni
Reja
1. Gidrometallurgik jarayonlarning metallurgiyadagi o‘rni
2. Gidrometallurgiyada qo‘llaniladigan asosiy jarayonlar
Darsning maqsadi:Talabalarda gidrometallurgik jarayonlar va ularning metallurgiyadagi o‘rni, gidrometallurgik jarayonlarning afzalliklari va gidrometallurgiyada qo‘llaniladigan jarayonlar to‘g‘risida tushunchalarni shakillantirish
Tayanch so‘zlar:Gidrometallurgiya, jarayon, ruda, boyitma, kimyoviy reagent, eritmala tanlab eritish, metalli eritma, metallarni ajratib olish.
Metallurgik jarayonlar “pirometallurgik” va gidrometallurgik jarayonlarga bo‘linadi. Gidrometallurgik jarayonlaning mohiyati metallarni ruda, boyitma, sanoat yarim mahsulotlari va chiqindilaridan kimyoviy reagentlarning suvdagi eritmalari yordamida eritmaga o‘tkazib va eritmadan metall yoki uning kimyoviy birikmasining cho‘ktirib olishdan iborat.
Gidrometallurgik jarayonlar rux, oltin, platina guruhidagi metallarni, mis nikel, kobalt, uran, volfram, molibden, tantal va niobiy, vanadiy, berilliy va boshqa noyob metallarni ishlab chiqarishida keng qo‘llaniladi.
Shunindek, yuqorida nomlari keltirilgan metallardan tashqari ko‘pgina metallar bevosita yoki bilvosita gidrometallurgiya jarayonlari yordamida olinmoqda va yil sayin ularning salmog‘i oshib bormokda. Bunga sabab, gidrometallurgiyaning pirometallurgiyaga nisbatan bir qancha afzalliklaridir, jumladan:
- gidrometallurgik jarayonlarning qo‘llanilishi kambag‘al va qiyin boyituvchi rudalardan metallarni kam harajatlar bilan ajratib olish imkoniyatini beradi;
- gidrometallurgik jarayonlar reagenlarning kam sariflanishi va oddiy dastgoxlarni qo‘llanilishi bilan ajralib turadi;
- jarayonlarni past haroratda olib borilishi (masalan oltinni sianli eritmalar yordamida eritmaga o‘tkazish atrof muhit haroratida olib boriladi);
- metallarni eritmaga konning o‘zida o‘tkazish imkoniyati mavjudligi (yer ostida tanlab eritish usuli);
- gidrometallurgik jarayonlar xomashyoni kompleks qayta ishlash imkoniyatini yaratadi (xomashyo tarkibidan barcha qimmatbaho moddalarni yuqori ko‘rsatgichlarda ajratib olish). Bunga misol rux ishlab chiqarilishida qo‘shimcha xomashyodan kadmiy, indiy, talliy metallari ajratib olinadi;
- sorbsiya va ekstraksiya jarayonlarini qo‘llanilishi;
- gidrometallurgik jarayonlarda zaxarli gaz va changlarning atmosferaga chiqishining kamayishi, ishlab chiqarish sexlardan ishlash muhiti haroratining pastligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |