O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“KONCHILIK ISHI” KAFEDRASI
“FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISHGA TAYYORLASH”
FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Mis-nikelli rudalarni boyitish sxemasini tanlash va hisoblash
Bajardi: 3D-19FQB guruh talabasi Murotova X
Tekshirdi: Dotsent Mutalova M
Mundarija
Kirish………………………………………………………………4
I bo’lim. Mis-nikel polimetall rudasining qisqacha tasnifi…………………………………..6
Misning asosiy minerallari…………………………………………..8
Nikelning asosiy minerallari………………………………………….
II bo’lim. Mis-nikel polimetall rudasini boyitish nazariyasi………………….....................8
2.1 Mis rudasining flotatsiyalanishi………………………………………..9
2.2 Nikel rudasining flotatsiyalanishi
III bo’lim Mis-nikel sanoatining jahondagi o’rni va mis boyitish fabrikalari………………………………………………………………….13
3.1 Mis boyitish fabrikalari…………………………………..
3.2 Nikel boyitish fabrikalari………………………………….
IV bo’lim. Mis-nikel polimetall rudasini boyitishning texnologik sxemasini tanlash va hisoblash…............................17
4.1 Maydalash sxemasini, maydalagichlarni va elaklarni tanlash va hisoblash…………18
4.2 Yanchish sxemasini , tegirmonlarni va klassifikatorlarni tanlash va hisoblash…………………….24
V bo’lim. Hayot faoliyati xavfsizligi……………………………………………….36
Xulosa………………………………………………………………………………3
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari……………………………………………………….....40
KIRISH
Oʼzbekiston Respublikasining bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish, kishilarning turmush farovonligini yaxshilashda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qazib olingan mineral xom ashyolarini koʼrinishida emas, balki ularni qayta ishlab turli sifatli tayyor mahsulotga aylantirilib, milliy iqtisodni taʼminlash va dunyo bozoriga olib chiqish juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Konchilik sanoatining turli tarmoqlari Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiyotida muhim rol oʼynadi. Respublikada qidirib topilgan va zahiralari aniqlangan mineral xom ashyo resurslari asosida bir qator konchilik korxonalari faoliyat koʼrsatmoqda, biroq mavjud konchilik korxonalarida qazib olinayotgan foydali qazilmalarning sifatini pasayishidadir. Bularni oldini olishni birdan –bir yoʼli ilmiy texnik taraqiyotni jadallashtirish, ishchi va xizmatchilarning malakasini uzuliksiz oshirib borish bilan bir qatorda tobora murakkablashib borayotgan kon – geologik sharoitlarda konlarni qazish va qayta ishlash samaradorligini oshirishni taʼminlovchi mehnat va ishlab chiqarishning tashkil etishni yangi shakllarini doimiy izlash, mavjud shakllarni takomillashtirish zarur, shu bilan bir qatorda yuqori unumdorlikka ega boʼlgan texnika va texnologiyalarni , ishlab chiqarishning tashkil qilishning samarali uslublarini tadbiq qilish asosida i/ch resurslaridan unumli foydalanishdir.
Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiy islohatlarni boshidan kechirar ekan, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq u oʼzining imkoniyatlaridan foydalanish iqtisodiyotini, ishlab chiqarish dunyodagi eng ilgʼor texnologiyalar asosida izchillik bilan rivojlantirishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼydi. Аyni paytda mamlakatimizda bir necha oʼn minglab qoʼshma korxonalar faoliyat koʼrsatmoqda. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyalari kundan – kunga oʼzgarib rivojlanib bormoqda. Natijada xom ashyo bazasidan oqilona foydalanib, oʼz-oʼzimizni taʼminlash va chet davlatlariga tayyor mahsulot chiqarish hajmi tobora ortmoqda.
Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral xom-ashyo zahiralari , strategik materiallar va qishloq hoʼjaligining xom-ashyosining katta zahiralari xaqli suratda,Oʼzbekistonni mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqdi.Oʼzbekiston iqtisodiyotida qazib olish va qayta ishlash yetakchi oʼrinlardan birini egallamoqda. U sanoat va qishloq xoʼjaligining ishlab chiqarishini rivojlantirishga katta taʼsir koʼrsatmoqda, qidirib topilgan zahiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, kariyer, neft va gaz konlari ishlab turibdi.
Mustaqil Respublikamiz oʼzining foydali qazilma boyliklari bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi. Har bir mamlakatiing iqtsodiy va ijtimoyi rivojlanishi uning tabiiy boyliklari boʼlgan mineral resurslaridan oqilona foydalanishga va undan olinayotgan mahsulot dunyo bozoriga raqobatbardoshligiga bogʼliqdir.[2].
Bir qator foydali qazilmalar, oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar boʼyicha Oʼzbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan butun dunyoda yetakchi oʼrinni egallaydi.
Xulosa qilib aytganda davlatimiz iqtisodiyotini koʼtarishda kamyob, nodir, rangli va qora metallarga boʼlgan talablar tobora ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |