1
1-Ma’ruza
Kompleks sonlar. Aniqmas integral. Integrallar jadvali. Aniqmas integralning
xossalari va hisoblash usullari. Ratsional, irratsional va triganometrik
funksiyalarni integrallash.
Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral tushunchasi.
Ma’lumki, biror
funksiyadan hosila hisoblash jarayonini uni
differensiallash deb yuritilar edi. Biz endi differensiallash amaliga teskari bo‘lgan amal
integrallash amalini o‘rganamiz.
Differensiallash hisobining asosiy masalasi berilgan funksiyaga ko‘ra uning
hosilasini topish bo‘lsa, integral hisobining asosiy masalasi funksiya hosilasiga ko‘ra
uning o‘zini topishdir.
Aytaylik
funksiya biror X oraliqda qaralayotgan bo‘lsin.