2. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti va shaharlarning paydo bo‘lishi.
Ma’lumki, tarix - bu o‘tmish voqealar tafsilotidir. U o‘tmishdagi avlod-ajdodlarimizning jamiyat hayotida qilgan ishlari, kashfietlari, pand-nasixatlari, umuman, jamiyatdagi voqealar tavsifidir. Tarixni o‘rganish har bir millatning burchi. "Tarixni bilmagan xalq xalokatga mahkum", degan ekan allomalarimizdan biri.1
Tarixdan bizga ma’lumki, insoniyat o‘z boshidan uchta mehnat taqsimotini o‘tkazgan. Dastlab chorvachilikdan dehqonchilikning ajralib chiqishi bo‘lsa, ikkinchisi - dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralishi, so‘nggisi esa - savdogarchilikning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. F.Engelsning asarida insoniyatning paydo bo‘lishi markazi Sharq deb ko‘rsatilgan. Sharq degan termin orasida Oksus va Yaksart (Sirdare va Amudare) darelari bo‘yidagi xalqlar ham qadimgi xalqlar tarkibiga kiradi, ular ham insoniyat jamiyati taraqqietia muhim rol o‘ynaydi.2
Ikkinchi mehnat taqsimoti bevosita temirning kashf etilishi bilan bog‘liqdir. Temir rudasini eritishdan boshlab, xarfli yezuvning ixtiro qilinishi va uning og‘zaki ijodini yezib olish uchun qullanilishi natijasida sivilizatsiyaga o‘tildi. Faqat sharqiy yarimsharda mustaqil sur’atda bosib o‘tilgan bu bosqich ishlab chiqarish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar jihatidan o‘zidan avvalgi bosqichlarning hammasidan ko‘ra boyroqdir.1 Temir tarixda inqilobiy rol o‘ynashgan xom ashe turlarining hammasi ichida eng muhimi bo‘lib, u dehqonchilikda yetakchi o‘rin egalladi. Turli xil qishloq xo‘jalik buyumlarini yasalishi natijasida temir bronzani siqib chiqardi.
Gomerning "Iliada" dostonida takomillashgan temir qurollar, temirchi bosqoni, qo‘l tegirmoni, kulollik charxi, o‘simlik yeg‘i tayerlash va vinochilik, materiallarni ishlashning rivojlanishi, turli xil arava, kemalarning yasalishi, me’mochilikning san’at sifatida dunega kelishi, minorali devorlar bilan o‘rab olingan shaharlar, barcha mifologiya greklarning varvarlikdan sivilizatsiyaga o‘tilgan eng muhim merosi ekanligi ko‘rsatilgan.
Temir ishlash mutaxassislari - temirchilar paydo bo‘lgan, odamlar kulolchilik charxini yaratganlar, kulollar paydo bo‘lgan, oddiy dastgohning ixtiro qilinishi bilan birga to‘quvchilar vujudga kelgan, to‘qimachilik alohida ajralib chiqqan. Hunarmandlar endi qishloqma-qishloq kezib yurmay, muayyan joylarga o‘rnashib olganlar. Ularning qishloqlarida boyliklar to‘plana borgan, hujumlardan himoya qilish maqsadida qishloqlar atrofi devorloar bilan o‘ralgan, keyinchalik ular shaharlarga - kasb-hunar va savdo markazlariga aylana borgan.
Shahar oldi madaniyati mehnat taqsimotining natijasi bo‘lib, u qishloqlar atrofini devorlar, ya’ni mudofaa to‘siqlari bilan to‘sish evaziga kelib chiqadi, yana shu bilan birga hunarmandlar yashaydigan qishloq-lar atrofiga boy kishilar ham ko‘chib kelib o‘rnashadilar. Hunarmandlar endi faqat bir kasb bilan shug‘ullana boshlaydi. Ular yetishtirgan mahsulotlarini ayirboshlash evaziga yashardilar. Bu mahsulotlarni ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi kishilar guruhi - savdogarlar tabaqasi vujudga keladi. Bu ham o‘z navbatida aholi yashaydigan markazlarda ayirboshlash markazlari, ya’ni bozorlarni vujudga keltiradi. Yuqorida aholi yashaydigan joylar atrofi devor bilan o‘ralgani aytilgandi. Endi esa bozorlar vujudga kelishi bilan, ulardan so‘ng birin-ketin diniy markazlar, boshqaruv markazlari va shunga o‘xshash markazlar kelib chiqdi.
Shahar o‘zi nima? U qishloqdan nimasi bilan farq qiladi? Nima uchun qishloq bilan shahar o‘rtasida qarama-qirshilik mavjud? Shaharlar qaysi davrdan vujudga kelgan?
Shaharlar tarixi haqida mulohaza yuritishdan oldin bir fikrga kelish kerak. Shahar, V.M.Masson, B.Litvinskiy, A.Asqarov, Ya.Vodarskiy, E.Sayko, Ye.Nerazik, Yu.Zadneprovskiy, T.Shirinovlarning fikricha:
1. bu savdo-sanoatning to‘plangan joyi bo‘lib, qishloqqa iqtisodiy qarama-qarshi va dehqonchilikdan ajralish natijasi;
2. Shahar qishloqdan faqatgina iqtisodiy belgilari bilan farqlanmay, o‘zining boshqaruv organiga, politsiyasiga, soliqlariga qisqacha qilib aytganda, o‘zining jamiyat qurilishiga va siesatiga ega;
3. qishloqlar birlashishi tufayli devorlar bilan o‘ralgan ilk shaharlar vujudga keladi, devorlar tashqi dushandan himoya qilish vazifasini o‘tagan edi.1
Yuqoridlagilardan ko‘rinib turibdiki, shaharlar bo‘lishiga faqatgina aytilgan belgilar kifoya qilmaydi. Ilk shahar bir vaqtning o‘zida siesiy-ma’muriy markaz va savdo markazi bo‘lib qoldi. Mavjud birinchi imkoniyat ikkinchisini aniqlab berib, birgina qo‘shimcha vositalarining bir kishida to‘planishi, agar turar joylarining mohiyati ortib borib, shahar qiyofasiga yaqinlashuvi sababli boshqaruv-xo‘jalik, madaniyat, hunarmandchilik, diniy-savdo markazlarini vujudga kelishi va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida ishtirok etmaydigan kishilarning turar joylariga aylandi.
Shaharlar qaysi davrda bo‘lganligi haqida to‘xtalsak, V.M.Masson O‘rta Osiyodagi qadimgi ilk shaharlarni ikkita davrga: Qadimgi Sharq (eramizdan avvalgi III ming yillik oxiri- eramizdan avvalgi 1 ming yillik) va antik (eramizdan avvalgi III asrdan - eramizning IV-V asrlar) ga ajratadi.1 B.A.Litvinskiy esa 5ta davrga:
shahar oldi davri;
qadimgi shaharlar shakllanishi (er.av.II ming yillik - eravizdan avvalgi I ming yillikning birinchi choragi);
antik shaharlar (er.av. IV-VI asrlar);
ellin shahar qurilishi (er.av.IV-II asrlar);
qadimgi shaharlarning yuqori bosqichga o‘sib o‘tishi (er.av. I asr - er.av. III-IV asrlar)2 bo‘lib ko‘rsatadi. Mana shu davrlarga bo‘lishdan ko‘rish mumkinki, O‘rta Osiyoda shahar oldi madaniyati bronza davrida vujudga kelgan, bu esa er.av. III ming yillikning oxiridir. Bu davrga oid shaharlar tarixiga keyinroq to‘xtalamiz, hozir esa ilk shaharlarning tuzilishi, mohiyati haqida so‘z yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |