3. Ilk shaharlar mohiyati va mezonlari.
Xo‘sh, shaharning mohiyati nimadan iborat? Yuqoridagi fikrimizni davom ettirib, shaharlar o‘zlarini mudofaa devorlariga ega bo‘lib, bu tashqi dushmandan himoyalanish vositasi edi.
Birinchi hal etuvchi holati : shahar - savdo, hunarmandchilik, sanoatning markazi, dehqonchilikdan umuman ajralgan, ajralish har xil darajada bo‘lishi mumkin. Jumladan dehqonchilikdan ajralish tufayli qishloq aholisi orasidan savdo korchalonlari vujudga kelib, ular shahar aholisi ma’lum qatlamini keltirib chiqardi, shahar aholisi ma’lum qatlami alohida shahar boshqaruvi, alohida shahar politsiyasi, alohida soliq tizimi bo‘lib, ularning hammasi aholini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol buyumlari bilan ta’minlashi kerak edi.1
Ilmiy jihatdan asoslangan ikkita hal qiluvchi belgi aholi punktlarini shahar deyish imkonini beradi: aholining dehqonchilikdan ajralgan holda turmushini ta’minlanishi va alohida shahar jamoasi alohida shahar hayot tarzi.2
Yuqoridagi ikkita belgi shaharlarning o‘sish tarixi davomida xech o‘zgarishsiz qolmoqda. Garchi uning mazmuni, ya’ni iqtisodiy xarakteri va shahar tuzilishining o‘zgarishini hisobga olmasa, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya ishlab chiqarish xarakteri va jamiyat tuzilishi aniq tarixiy sharoitda aholi punktlarini va qishloqlarning birdaniga shahar tuzilishga kirishiga imkoniyat yaratdi.
Shahar - yangi jarayonlarning to‘planish bo‘g‘ini bo‘lib, yangi mehnatning taraqqiyoti qonuniyati sifatida namoyon bo‘lib, ijtimoiy aloqalar markazi - diniy markazlar hisoblanardi. Shaharlarning namoen bo‘lishi va turli darajada rivojlangan shahar bo‘lishi uchun shart-sharoit va yagona jaraenning namoen bo‘lishi xarakteri ta’sir etadi.
Mana shulardan ko‘rinib turibdiki, shahar qishloqdan tubdan farq etadi. U o‘zining bir qancha belgilari bilan farqlanadi.
Shaharlar qadimda qanday tuzilgan? Markaziy Osiyodagi qadimgi shaharlar ko‘proq janubiy rayonlarda uchraydi, bu shaharlarning ko‘pchiligi Turkmaniston va O‘zbekistondadir. Bronza davri shaharlari dastlabki shahar ko‘rinishlaridan bo‘lib, ularning davrlari eramizdan avvalgi III ming yillik oxiri - eramizdan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bronza davri makonlari Turkmanistonda topilgan bo‘lib, bularga Namozgohtepa, Anovtepa, Oqtepa, Oltintepa, Gonurtepalar kiradi.
Namozgohtepa maydoni 70 ga joydan iborat bo‘lib, qishloq aholisi er.av. IV ming yillikdan II-ming yillikning oxirlarigacha yashagan tepalikda ko‘p xonali binolarning qoldiqlari qazib ochilgan. Uylarning devorlari xom g‘ishtdan terilgan bo‘lib, har bir inshoot yenida kichik xovli bo‘lgan, xonalarning ko‘pi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda qurilgan bo‘lib, ichida supalar va o‘choqlar bo‘lgan, devorlarda esa tokchalar o‘rnatilgan. Namozgoh er.av. II ming yillikning birinchi yarmiga kelib madaniy markaz, hunarmandchilik markazi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Chunki bu yerda O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib kulolchilik dastgohi topilgan, demak shunga asoslangan holda biz uni markaz bo‘lgan deymiz.
O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik madaniyati rivojlangan mintaqalrida bronza davridaeq ilk shaharlar mavjud ekanligi professor V.M.Masson Janubiy Turkmaniston yodgorliklari misolida isbotlab berdi. V.M.Masson Oltintepada qazish ishlari o‘tkazar ekan, bu yerda qator hunarmandlar massivi, qalin shahar mudofaa devor qoldiqlari va diniy markaz - zikkuratni topdi.
Oltintepa yodgorligida mulkiy tengsizlik alomatlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ayniqsa, bu holat qabila va urug‘ jamoalari boshliqlarining mozorlarida o‘z aksini topgan.
Oltintepa maydoni 30 gektarga teng mana shu yodgorlikda ko‘p xonali uylar topib tekshirilgan. Arxeologlarning fikricha, bunday uylarda katta patriarxal oila jamoalari yashagan, ularning maydonlari 50-70-100 m2 keladi, ular to‘g‘ri to‘rtburchakli uy-joy va ro‘zg‘or xo‘jalik xonalaridan iborat turar joylarning markaziy va burchak qismida paxsadan o‘choq qurilgan.1
Oltintepa yodgorligi qazish natijasida paxsadan va xom g‘ishtdan ishlangan zinapoyali minora -ibodatxonalarni ochganlar. Bular zikkurat deb atalib, dastlab ikki dare oralig‘ida Uruk davrida paydo bo‘lgan zikkuratlarning tarixiga to‘xtalib o‘tsak, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Ikki dare oralig‘ida ham taraqqiet bosqichlarini uchta davrga ajratganlar. Al-Ubayd bosqichi, Uruk bosqichi, Jomdit-Nasr bosqichi. Uruk bosqichida (er.av. 1U ming yillik ikkinchi yarmi) dunyo tarixida birinchi marta g‘ildirakli arava paydo bo‘ladi, dare kemalari, kulolchilik charxi, katta g‘ishtin imoratlar, zikkuratlar paydo bo‘ladi.
Oltintepa inshooti katta to‘rt zinapoyali binoga o‘xshaydi (poydevori 55 m, balandligi 12 m). Zikkuratlarning yenida bir necha xonalar ham qazib ochilgan. Ularning birida muqaddas o‘choq bo‘lgan, unda doimo olov yenib turgan. Bundan ko‘rinadiki, Oltintepa aholisi otashparastlik diniga mansub bo‘lib, olovga topinganlar.
Kopetdog‘ etaklaridagi Quyi Tajan va Murg‘ob vohasidagi qulay geografik sharoitda rivojlangan dehqonchilik sug‘orish irrigatsiyasiga asoslangan. Namozgoh va Oltintepa atrofida qadimgi sug‘orish yerlari keng maydonlari bo‘lgan, Demak bu shaharlar dehqonchilik markazlari bo‘lgan.
Turkmanistonning qadimgi turar joylarining rejalashtirilishi, qurilish texnikasi va me’morchiligi Mesopotamiya va Eron shaharlarining madaniyatiga o‘z belgilari bilan ancha yaqin turadi. Shuning uchun yana bir karra Namozgoh va Oltintepa ilk shaharlar vazifasini bajargan, ular qadimgi dehqonchilik hududlarining iqtisodiy va mafkuraviy markazlari bo‘lgan, Oltintepada qurollarning ustaxonalari tekshirilgan. Bronza davri metallchilik ham yuksak darajaga ko‘tarilgan.
Qadimgi Sug‘d haqida fikr yuritganda, hozirgi 4ta viloyatni - Samarqand, Qashqadare, Navoiy va Buxorolar ko‘z oldimizga keladi. Mana shu qadimiy tarixiy joyda dastlab dehqonchilik rivojlandi, u hozirgi kunda Zamonbobo va Sarazm madaniyati deb yuritilmoqda. Biz shu choqkacha Samarqand va Buxoro tarixini 25 asrlik deb bildik. Endi esa Qudratov S.ning ta’kidlashicha, Zamonbobo va Sarazmga asoslanib, uning tarixini eneolit davri oxiri- bronza davrining boshida asos solingan degan xulosaga kelish mumkin.1
Zamonbobo aslida qadimda Zarafshonning quyi oqimi havzasida, uning qurib boraetgan uzanlaridan birining yoqasida hosil bo‘lgan ko‘lning nomi 1950 yilda akademik Ya.G‘.G‘ulomov yana shu ko‘lning shimoliy sohilida qadimgi qabristonga duch keladi. Eneolit va ilk bronza davriga oid bo‘lgan bu yodgorlikdan avval Ya.G‘ulomov va so‘ngra A.Asqarov qazishmalar olib bordi. Zamonboboda o‘tkazilgan qazishmalar davrida 45ta qadimgi mozor qoldiqlari topib o‘rganildi.1
1961 yilda Zamonbobo qabristoni yaqinidan shu madaniyatga tegishli makon topildi. Bu uzoq yillar davomida topilmay kelaetgan Zamonbobo makonidan nishona edi. 1961-64 yillarda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalari vaqtida taqirning bir metrigacha o‘yib ishlangan, kattaligi 170 m2 bo‘lgan yerto‘la tipidagi kulba xarobasi, ikkita chayla qoldiqlari, kulolchilik xumdoni siniq parchalari topildi.2 Zamonbobo aholisi dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanganliklaridan darak beradi.
Zamonbobo makoni ilk bronza davri urug‘ jamoasining qarorgohi bo‘lgan.
Sug‘dning yana bir ilk dehqonchilik madaniyatining boshqa bir yodgorligi - qadimgi Sarazm qishlog‘i bo‘lib, bu yodgorlikda 1977 yildan beri panjikentlik arxeolog A.Isoqov arxeologik qazishmalar olib bormoqda. Sarazm hozirda Tojikiston va O‘zbekistonning Samarqand viloyati chegarasida joylashgan . Sarazmda AQSh, Fransiya olimlari birgalikda ish olib borishdi. Uning maydoni 90 gektarga teng bo‘lib, ilk dehqonchilik madaniyatiga doir qimmatbaho materiallar berdi. A.Isoqovning ko‘rsatishicha, Sarazm o‘z boshidan 4ta bosqichni kechirgan.1
1 bosqichda Sarazmga asos solinadi, ya’ni qadimgi bobodehqonlar guvaladan kulbalar qurib, Sarazmni o‘zlashtiradi, bir xonali kulbalar atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Ana shu kulbalar yaqinida ularning xilxonalari paydo bo‘ladi. Turli xildagi bezaklar, taqinchoqlar, bezatilgan sopol buyumlari topiladi. Bular ko‘proq Janubiy Turkmaniston yodgorliklariga o‘xshab ketadi.
2 bosqichda Sarazmda qadimgi qishloq hududi ancha kengayadi, bir xonali uylar o‘rnini xom g‘ishtdan yasalgan ko‘p xonali uylar egallaydi. Ayrim uylar doirasida oilaviy e’tiqod joyi -dumaloq shaklda ishlangan olovxona rasmiylashadi, ko‘p xonali xovlilar oralig‘ida tor ko‘chalar va maydonlar shakllanadi. Qadimgi qishloqning ikkita joyida ikkita alohida ibodatxona binosi qad ko‘taradi. Bu binolarning devorlariga oddiy uylardan farqli o‘laroq qizil rangda naqsh berilgan va ularning qoq o‘rtasida mehrob joylashgan.2
Sarazmning 3-bosqichida ijtimoiy xarakterdagi monumental binolar paydo bo‘ladi. Bu monumental binolar jamoa xazinaxonasi, umumjamoa ibodatxonasi va boshqalardan iborat edi. Bu davrda patriarxal oila xovlilari kengaya boradi, ba’zi hollarda esa bu yerda kulolchilik xumdonlari, metall eritish ustaxonalari bo‘lganini ko‘rish mumkin. Mahalliy naqshlar yordamida ibodatxonalarning devorlarini bezash odati vujudga keladi, bu bosqichda metall bilan ishlash, hunarmandchilik rivojlanadi.
4 bosqichda Sarazm madaniyatida iqtisodiy va ma’naviy inqirozning yuz bergani kuzatiladi. Avvalgi monumental ma’muriy imoratlar o‘rnini endi rasmiy kulbalar egallaydi. Hunarmandchilikning metallchilik va kulolchilik yo‘nalishi ancha rivojlanadi. Bu yerda kulolchilik dastgohi birinchi bor kashf etiladi.
Sarazmning ikkinchi bosqichidan boshlab uy-joy massivida alohida xonalar o‘rtasida doira va to‘rtburchak shaklida ishlangan mehrob (altar)larning paydo bo‘lishi qadimgi sarazmliklarda olovga sig‘inishning ko‘rinishi edi. Bu diniy e’tiqod Sarazm davriga kelganda maxsus bosh jamoa ibodatxonasi to‘sini oldi.1
Yuqorida Sug‘dning ikki yodgorligi - Zamonbobo va Sarazm haqida to‘xtalib o‘tdik. Garchi bular ilk shaharlar ko‘rinishini to‘la xolicha aks ettirmagan bo‘lsa-da, lekin aytish mumkin-ki, shahar uchun dastlabki qadamlar bu yerda qo‘yilgandi, ularning o‘zlari dehqonchilikning rivojlangan joyi, markazi edi. Shunga va undagi hunarmandchilikning rivojlanganligi, ulkan binolarning qurilishi, diniy e’tiqod markazi- ibodatxonalar bo‘lganligi uchun ilk shaharlar madaniyati bo‘lgan deymiz.
O‘zbekiston hududida bronza davri yodgorliklari Surxondaryo, Zarafshon va Xorazmda ilk davrga oidlari topilgan, biz uchun eng keraklisi Surxondareda topilgan yodgorliklardir. Surxondare issiq iqlimli o‘lka bo‘lib, shimol, shimoli-g‘arb, sharqda Hisor, Kuxitog‘, Bobotog‘, janubda Amudare bilan chegaralangan qadimgi sug‘orish yerlari tog‘ tizmalariga yaqin joylashgan. 1960 yilda Sherobod cho‘lini o‘zlashtirish rejasi munosabati bilan zamonaviy texnika yordamida bu hududda yangidan-yangi davlat xo‘jaliklari qad ko‘tara boshladi. Bu ishlardan ogoh bo‘lgan arxeologlar Sherobodda ish boshladilar. Arxeologik qidiruv ishlari shuni ko‘rsatdiki, Kushonlar davriga oid yodgorliklar orasidan bronza davri yodgorliklari borligi aniqlandi. Shulardan biri Sopollitepa yodgorligidir.
Sopollitepa Amudaredan 2,5-3 km sharqda, Kuxitong tog‘i daralaridan biri bo‘lgan Qaynar buloq asosida vujudga kelgan Ulanbuloq soyining yoqasida joylashgan.Miloddan oldingi II ming yillikning 2-chi choragida Ulanbuloq soyining quyi havzasida qadimgi bobodehqonlarimiz qishlog‘i qad ko‘taradi. Bu qishloq xarobalari fanda Sopollitepa deb yuritiladi. 1969-74 yillarda Sopollitepada A.Asqarov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borildi. Sopollitepaning dastlabki maydoni 4ga, uning yaqin atrofi yana bir necha tepachalar bo‘lgan. Ammo ular xamda Sopollitepaning katta kismi 60-yillarning boshlarida buzib tashlangan va paxta maydoniga aylantirilgan. Uning saklangan markaziy kismi kvadrat shaklida bulib, maydoni 82x82 kv.metr, atrofi uch kator mudofaa devorlari bilan urab olingan. Devorlarning kalinligi 2 metrdan ortik.Devorlar juda murakkab me’moriy reja bilan qurilgan, chunki qadimgi muxandislarning g‘oyasicha, dastlab mudofaa tizimi to‘lg‘ama tuzoq usulida ishlanib, aniq o‘lchamdagi koridorsimon bloklarga bo‘lingan, tashqi bloklar daxliz tipidagi xonalar orqali ichkaridagi uy-joylar bilan birlashtirilgan, ichki bloklar mudofaa tizimida g‘opqon rolini o‘ynagan. Tashqaridan qaraganda, ular go‘yo qal’a ichiga olib kiruvchi darvozalarni eslatadi. Aslida esa xuddi shu tipda ishlangan yagona darvoza qal’aning janubiy tomonida joylashgan edi.1
Qazishmalar shuni ko‘rsatdiki, mudofaa tizimini tashkil etgan ichki va tashqi bloklardan Sopollitepaning keyingi bosqichlarida har xil maqsadlarda (urug‘ xilxonasi, uy-joy, kulolchilik xumdoni) foydalanilgan.
Sopollitepa tarixi 3ta madaniy qatlamga va qurilish davriga bo‘linadi. Birinchi davr uylarida 30ta kichik oila, ikkinchi davr uylarida 61ta oila va uchinchi davr uylarida 47ta oila yashagan. Olimlarning fikricha, umuman Sopollitepadagi o‘troq qishloqlar aholisi 155-315 kishidan iborat bo‘lgan bo‘lishi mumkin.1
Sopollitepa aholisi Janubiy O‘zbekiston hududining eng qadimgi dehqonlari edi. Bu yerdan topilgan juda boy va xilma-xil materiallar tahlili, ularni boshka ulka va viloyat yodgorliklari bilan qieslashlar Sopollitepa aholisining bu yurtlarga qo‘shni Marg‘ienadan dehqonchilikka qulay yerlar qidirib kelgan qabilalar ekanligini ko‘rsatadi.
Qal’a-qo‘rg‘on ichida joylashgan uy-joy majmuilari orqali 8ta kvartalga bo‘lingan, ko‘chalar qal’a-qo‘rg‘on markaziy maydoni bilan bog‘langan ammo har bir kvartal doirasida uy-joy qurilishi bir vaqtdayuz bermay, Sopollitepa tarixining barcha bosqichlarida sodir bo‘lgan.
Sopollitepani qazish vaqtida xom g‘ishtdan qurilgan ko‘p xonali uy-joy qoldiqlari, toshdan, bronzadan, suyakdan yasalgan turli shakl va ko‘rinishdagi mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or asobob-uskunalari, xo‘jalikda, harbiy ishda, ovchilik vaqtida, ziroatchilik, hunarmandchilikda ishlatiladigan qurollar, sopol idishlar, turli taqinchoq va bezaklar, urug‘ va qabila muhrlari, tamg‘alari topildiki, ularning ishlanish texnikasiga qarab, Sopollitepa aholisining o‘z davrida yuksak madaniy-xo‘jalik rivojiga erishganligining guvoxi bo‘lamiz.
Sopollitepa davrida urug‘ jamoa a’zosi olamdan o‘tsa, uni o‘zi yashagan xonaning poli ostiga, eshik va uchoq oldiga, xona devorlari ostiga ko‘mish odati bo‘lgan. Agar o‘lgan kimsa jamoada nufuzli obro‘ga ega yeki urug‘ oqsoqoli bo‘lsa, u xolda uning qabri unga ajratilgan xonaning qoq o‘rtasida joylashgan. Sopollitepaliklar abadiy o‘limga ishonmaganlar, "narigi dune" tushunchasi ularda kuchli bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, qabrga o‘lgan kishini o‘z shaxsiy mulki va urug‘doshlari keltirgan idish-tovoqlardagi ovqatlar bilan kuzatganlar.
Mozorlarga qo‘yilgan narsalarning tarkibiga qarab, marxumning duradgor usta, buzchi, kulol, podachi, ovchi, jangchi, tabib bo‘lganligini aytish mumkin. Ba’zi mozorlarga bedarak yo‘qolgan jamoa a’zosining ruxi ko‘milgan. U xolda qabrga odatda odam xaykalchasi yeki qo‘y va echki bolasi ko‘milgan. Bunday mozorlar fanda "kenetaf" deb ataladi.
Sopollitepada haet taxminan 2 yuz yillar davom etgan. Yangi yerlar o‘zlashtirish maqsadida uning aholisi sharqqa tomon siljib, hozirgi Sherobod shahri yaqiniga- Oqqurg‘on qishlog‘i hududiga ko‘chib ketadilar. Sherobod daresining quyi oqimidagi Bo‘stonsoy o‘zani yeqasiga joylashadilar. Hozirgi kunda oqqurg‘onliklar bu joyni Jarqo‘ton deb atashadi. Ana shu Bo‘stonsoy sohilida bundan 3,5 ming yillar avval maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan qishloq kad kutardi. Uning axolisi Sopollitepaliklar singari dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Sopollitepada nima topilgan bo‘lsa, ana shunday asheviy dalillar Jarqo‘tonda ham topildi. Jarqo‘tonliklar bu joyda 500 yilcha yashagan.1
Jarqo‘ton Sopollitepadan farkli ularoq uch qismdan iborat. Uning 5 gektarga yakin maydonining atrofi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yer Jarqo‘ton yodgorligining arki a’losi bo‘lib chiqdi. Arxeologik qazishmalar natijalariga ko‘ra, ark ichida hukmdorning qarorgoxi joylashgan. Jarqo‘ton arkiga tutash bir necha turarjoy massivlari bo‘lib, ularning o‘rtasida yodgorlikning eng baland qismida otashparastlarning ibodatxonasi ochilgan. Uy-joy massivi ark maydoniga nisbatan 10-15 marta katta. Uning janubida kamida 15-20 gektar maydonni egallagan qadimgi shahar qabristoni bo‘lgan.
Jarqo‘tonda qazishma ishlari 1973 yilda boshlanib, hozirgacha katta miqesda uy-joy massivlari, mudofaa inshootlari, xunarmandchilik ustaxonalari, mingdan ortik qadimgi qabrlar ochildi. Otashparastlik ibodatxonasi o‘rganildi, qabila ittifoqi jamoasining qarorgoxi - hukmdor saroyi topildi. Jarqo‘ton yodgorligining har xil bosqichlarida axoli faollik ko‘rsatgan urug‘ jamoasi boshliklarining qabrlari ochildi.
Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklarini o‘rganish natijasida bundan deyarli 3,5-4 ming yillar avval, ya’ni bronza davrida yashab, sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullangan urug‘ jamoalarining haet faoliyati, diniy e’tiqodi, kasb-kori, kundalik turmush tarzi, rasm-rusmlari va urf-odatlari haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkoniyati tug‘ildi. Bu yodgorliklar fanga Sopollitepa madaniyati nomi bilan kirdi. Topilgan materiallarga qaraganda, bu yerda kulolchilik sohasi rivojlangan bo‘lib, kulolchilik buyumlari o‘zining bejirim, sifatliligi bilan hozirgi chinni buyumlardan qolishmagan. Kulolchilik buyumlari ikki yarusli xumdonlarda pishirilgan, bu mahsulotlar 3,5-4 ming yildan beri o‘z qiefasini o‘zgartirmay kelishi bunga misol bo‘la oladi.1
Sopollitepa hunarmandchilikning boshqa turi - to‘qimachilik ham o‘zining yuksak cho‘qqisiga chiqqanligi bilan ajraladi, chunki u yerdan topilgan kiyimlarni tahlil qilinganda, ular tarkibida ipak va paxta borligi aniqlandi. Bu esa ikki tolaning O‘rta Osiyo hududidagi umrini ancha qadimiylashtiradi, ya’ni ipakchilik tarixi 2 ming yil deyilardi, endi esa bronza davriga borib taqalmoqda, paxtachilik tarixi 1,5-2 ming yildan oshmas edi, endilikda 3,5 ming yildan kam emasligi aniqlandi.
Sopollitepa madaniyatida uy-joy qurilishi, mudofaa tizimining murakkab me’moriy an’analari kishini lol qoldiradi. Uy qurilishida xom qishtdan keng foydalanilgan, uy-joy va ijtimoiy binolarning intererlariga pardoz berishda u davr ustalari boy tajribaga ega edilar, bunga misol Jarko‘tonda topilgan andava bo‘lishi mumkin.2
Shuningdek, Jarqo‘tonda otashparastlarning ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonaning muqaddas qismi kvadrat shaklida bo‘lib, olov va suvga sig‘inish bilan bog‘liq unsurlar bor (muqaddas quduqlar, mehroblar, xilxona, xazinaxona va 4ta mehrob joylashgan baland maydo). Jarqo‘ton ibodatxonasi bronza davriga oid otashparastlarning yirik diniy e’tiqod va mafkura markazi edi. Jarqo‘ton va uning yaqin atrofida joylashgan jamoalar muqaddas olovga sig‘inish va kazo qilgan urug‘doshlarini ko‘mish marosimlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarda shu diniy markazdan fatvo olganlar.1
Sharqning qadimgi shaharlari ikki qismdan, ya’ni arki a’lo va shahristondan tashkil topgan edi. Bu belgilarni Jarqo‘tonda ko‘rish mumkin. Arki a’loda hukmdorning qarorgohi - saroy va boshqa binolar o‘zining baxaybat salobati bilan ajralib turgan. U kvadrat shaklida bo‘lib, o‘lchami 36x36 metrga teng, atrofi qalin mudofaa devori (4,5 m) bilan o‘rab olingan, qal’aga kirish darvozasi ham bor.
Jarqo‘tonda hunarmandchilikning ko‘pgina yo‘nalishlari bo‘yicha shahar aholisi talablariga javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarish ommaviy tus olgan. Bu esa hunarmandchilik mahsulotlarini bozor uchun ishlab chiqarilganidan darak beradi.
Sopollitepa va Jarquton yodgorliklarini o‘rganish tufayli quyidagi muhim ilmiy xulosalarga kelish mumkin:
1. O‘zbekiston hududida sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilik madaniyatining kelib chiqish tarixi taxminan 1000 yilga qadimiylashdi. Respublikamiz hududi qadimgi sharq madaniyati yeyilgan mintaqaning ajralmas qismi ekanligi isbotlandi. Qoraqulchilik, ipakchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik kabi xo‘jalik sohalari bo‘yicha O‘zbekiston tarixiga oid qator aniqliklar kiritildi.
2.Ilk shaharlar haqidagi tasavvurimiz O‘rta Osiyo sharoitida rosa ming yilga qadimiylashdi.
3. O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining qadimgi diniy e’tiqodi - zardushtiylikning ildizlari O‘rta Osiyoda, jumladan Baqtriya va Marg‘iena hududida ekanligi isbotlandi.
4. O‘rta Osiyo ilk shaharlarining paydo bo‘lishi avvallari Eron hududidan qidirilgan bo‘lsa, endilikda uning moddiy va ma’naviy asosi respublikamizning janubiy rayonlarida hamda Janubiy Turkmaniston hududida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |