1-ma’ruza: Kirish. Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi shart-sharoitlari va omillari. Reja. Fanga kirish. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti va shaharlarning paydo bo‘lishi. Ilk shaharlar mohiyati va mezonlari. Tayanch tushunchalar



Download 99,5 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2022
Hajmi99,5 Kb.
#441568
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Qo’shimcha.
1. Askarov A.A., Shirinov T.Sh. Rannyaya gorodskaya kultura epoxi Bronznyuga Sredney Azii. Samarkand 1993g.
2. Tashkenbaev N.X., Isomiddinov M.X. Samarqand qadimiy davrdan boshlab to XIII asr boshlarigacha (Afrasiab materiallari asosida). Samarqand 1995Y.
3. Toshkenboev N.X., Fafforov Sh. Urta Osiyodagi ilk shaharlar va davlatlar. (Samarqand hududidagi eng qadimgi shahar va ilk davlatchilik madaniyati). Samarqand 2004 y.
1. Kirish. Har bir xalqning rivojlanish darajasini uning shaharlarining qay darajada rivojlanganligi belgilaydi. Shu sababdan ham Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati qay darajada rivojlanganligini bilish uchun uning shaharlari tarixini o‘rganish lozim. Respublikamiz mustaqillikka erishganligi sharofati tufayli tariximizning ko‘pgina masalalari singari yurtimiz hududida shahar va davlatlarning paydo bo‘lishi masalasida hami haqqoniy va xolis fikrlar bildirish imkoniga ega bo‘ldik. 1998 yil yezida Respublikamiz Prezidentining bir guruh tarixchilari bilan bo‘lgan uchrashuvida bildirilgan fikrlardan so‘ng, O‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Akademik Yahe G‘ulomov nomidagi O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi ilmiy seminari uyushtirildi. Boshqa muhim masalalar bilan birgalikda seminarda doimiy ravishda O‘rta Osiyoda shaharlarning shakllaganligi, keyingi tadrijiy rivojlanishi ham tadqiq etilib keng ilmiy jamoatchilik e’tiboriga tashlanmoqda.
1970 yillargacha Markaziy Osiyodagi ilk shaharlar Ahmoniylar bosqinidan so‘ng, ularning ta’risi doirasida paydo bo‘lgan degan fikr hukmron edi (er.av. VI asr). 70-yillarda olib borilgan Janubiy O‘zbekistondagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Markaziy Osiyoda ham jahon tarix fanidagi "shahar oldi madaniyati" deb nom olgan madaniyat tarqalgan hududlarga kirishi isbotlangan.Ma’lumki, bu madaniyat Qadimgi Mesopotamiya, Ossuriya, Bobil mamlakatlari hududida keng tarqalgan bo‘lib, u eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta Osiyo hududidagi Turkmanistonning Kopetdog‘ yon bag‘rida V.M.Masson boshchiligidagi tadqiqotlar u yerda Oltintepa shahrining o‘rganilganligi V.M.Massonning "Altыn-depe" (M,1981), "Protsess urbanizatsii v drevney istorii Sredney Azii" (L., 1973), "Problemы drevnego goroda i arxeologicheskie pamyatniki Severnoy Baktrii" (L.,1974) kabi asarlaridan o‘rganish mumkin.
O‘zbekiston hududidagi ilk shaharlarga oid manbalarni A.Asqarovning "O‘zbekiston xalqlari tarixi" (T.:O‘qituvchi, 1994), E.V.Saykoning "Qadimgi shaharlar shakllanishi uchun dastlabki shart-sharoit", T.Shirinovning "Djarkutan - ranniy gorod epoxi bronzы yuga Uzbekistana", Ya.S.Vodarskiyning "Shahar: mohiyat, kriteriya, paydo bo‘lish omillari va funksiyasi", Yu.A.Zadneprovskiyning "Drevnie goroda i etapы urbanizatsii v Sredney Azii" kabi asarlaridan foydalanib, ilk shahar mohiyati va tuzilishiga tavsif berishga harakat qilib, ushbu muammoni yoritiladi. Albatta, bu adabietlarda berilgan ba’zi bir fikrlar qarama-qarshiligi ham kuzatiladi, shular ichidan eng yangilariga asoslandik. Bundan tashqari S.Qudratovning "Markaziy Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi" deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasi ishni yezishda juda qo‘l keldi.
Ahmoniylar davriga oid manbalar tarix fanida kam sonni tashkil etib, sababi bu davrning kam o‘rganilganligidir. Ahmoniylar davri shaharlari va urbanizatsiya bosqichlari R.Suleymanov, M.Isakov, M.To‘rabekov, N.Nefedovlarning "Raskopki na gorodiщe Yer-Kurgan", M.X.Isamiddinov, R.Sulaymonovning "Yerkurgan" asarlarida keltirilgan.
Antik davr - bu O‘rta Osiyoda eramizdan avvalgi IV- eramizning IV asrlarini qamrab olgan bo‘lib, madaniyat eng gullagan davr hisoblanadi va ushbu davrda bu yerda ko‘plab o‘zgarishlar - hunarmandlchilikning ixtisoslashuvi, shaharlardagi topinish markazi uchun ulkan binolar, ibodatxonalar qurilishi, yirik shaharlarning ma’muriy markazlar sifatida rolining ortib borishi uchun imkoniyatlar yaratilganini ko‘rish mumkin. Ushbu davrni yeritgan adabietlarga Pugachenkova G.A., Rtveladze E.V.larning "Dalvarzintepa- kushanskiy gorod na yuge Uzbekistana"(T., 1978), Zavyalov V.A., Osipov V.I.ning "Raskopki jilogo kompleksa na gorodihe Zar-tepe v 1973 g. (L.,1976), Pidaev Sh.R.ning "Sirli Kushonlar saltanati", Staviskiy B.Ya.ning "Srednyaya Aziya v Kushanskiy period", Abdullaev A.ning "Otchet o raskopkax Tamoshotepa v 1972 g", Litvinskiy B.A., Sedov A.V.ning "Tepai-shax" va boshqa asarlarni keltirib o‘tish mumkin. Bularning barchasi eramizdan avvalgi IV asrdan to eramizning IV asrigacha bo‘lgan davrni yeritib berish uchun ko‘mak beradi.
O‘rta Osiyoda o‘rta asr eramizning V asridan boshlanganligini ko‘rish mumkin. Bu davrni yerituvchi manbalar sobiq sho‘rolar davrida va hozirda yaratilgan va yaratilmoqda. bu davrni aks ettirgan manbalarga Pugachenkova G.A.ning "Termez, Shaxrisyabz, Xiva", Pugachenkova G.A. va Rtveladze E.larning "Severnaya Baktriya-Toxaristan", Raximov N.T.ning "Arxeologicheskaya stratigrafiya Ura-Tyube i urbanizatsiya Ustrushanы", Gubaev A.ning "Topografiya rannesrednevekovogo Merva", Solovev V. ning "Gorod v sotsialno-ekonomicheskoy strukture rannesrednevekovogo Toxaristsna", Beleniskiy A.M., Bolshakov O.G.larning "Srednevekovыy gorod Sredney Azii" va boshqa adabietlarni keltirish mumkin.
Shaharlar har bir xalqning madaniyatini boshlab beradi, shunga asoslanib, shaharlar tarixini ma’lum bir davrlar asosida yeritib berishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz, mana shu maqsadni amalga oshirish uchun shaharlarning mohiyati, tuzilishi, ularning jamiyatda tutgan o‘rni, qishloqlar bilan nimasi bilan farq etishi, uning madaniyat tovar ayirboshlash markazi bo‘lganligi, shaharlarning mafkura va e’tiqodning gullab yashnagan joy ekanligi, shaharlar avvalo aholining zich joylashuvi tufayli kelib chiqqanligi, hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqqanligi sababini, urbanizatsiya bosqichlarini yeritib berish lozimligini vazifa qilib qo‘ydik.
"O‘rta Osiyo shaharsozlik tarixi" nomi bilan atalgan fan, eramizdan avvalgi IV ming yillikdan to xonliklar zamonigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi ushbu davr oralig‘ida qadimgi shaharlarning paydo bo‘lish shart sharoitlari va omillari, ilk shaharlar mohiyati va mezonlari, Markaziy Osiyodagi qadimgi shaharlar tarixi va ularning joylashuvi, tuzilishi, urbanizatsiya bosqichlari kabi muammolar ushbu fanda yoritilishiga harakat qilingan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida shaharlarning tutgan o‘rni va roli yuqori ekanligi, ular Mesopotamiya, Ossuriya, Hindiston kabi davlatlarning madaniyati bilan bir qatorda turganligi hamda ular bilan raqobat qila olganligini ko‘rsatishga uringan ekanmiz, Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston hududidagi ilk shaharlar jahon sivilizatsiya beshiklaridlan biri ekanligini ko‘rsatadigan omil ekanligini isbotlab bera olgan bo‘lsak, o‘z maqsadimizga erishdik deb hisoblashimiz mumkin. Mavjud adabietlar yordamida mintaqamizdagi shaharlar tarixini xolisona yeritishga harakat qildik. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov :"O‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmaydi. Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur"1, deb bejiz aytmaganlar. Chunki o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi.



Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish