Ushbu holatdagi mavjud muammolarni aniqlab, atroflicha huquqiy tahlil qiling. Javob



Download 18,01 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2022
Hajmi18,01 Kb.
#562238
  1   2
Bog'liq
biznesKazus


Kazus :
"Nur-Hayot” fermer xo`jaligi 2020-yilning dastlabki bug`doy hosilini yig`ib olgach, bo`sh qolgan 15 gektar yerning 8 gektarini dehqon xo`jaligi faoliyati bilan shug`ullanuvchi Salimov Abrorga bir yillik ijara asosida berdi. Salimov Abror ushbu yerda o`z dehqonchilik faoliyatini olib bora boshladi, ammo uch oydan so`ng vakolatli davlat organining tekshiruvi asosida, fermer xo`jaligining mazkur xatti-harakatlari noqonuniy ekanligi aytilib, dehqon xo`jaligi olib borilishi uchun fermer xo`jaligi o`z yerlarini ijara asosida bera olmasligini, shuningdek, dehqon xo`jaligi uchun ajratilishi mumkin bo`lgan yerning eng ko`p miqdori 1 gektarni tashkil etishi lozimligini aytdi.
Ushbu holatdagi mavjud muammolarni aniqlab, atroflicha huquqiy tahlil qiling.

Javob
Ushbu vaziyatga huquqiy baho berish uchun, avvalo, bir nechta savollarga javob berib o’tishimiz lozim.

  1. Fermer xo’jaligi qanday faoliyat va qanday vakolatlarga ega?

  2. Bu holatda ,,Nur-Hayot” fermer xo’jaligining Salimov Abrorga yerini ijaraga berish huquqi bormidi?

  3. Vakolatli davlat organining xatti-harakatlari qonuniymi?

Dastlab fermer xo’jaligining huquq va majburiyatlariga qisqacha to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ,,Fermer xo’jaligi tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunida ushbu faoliyatning huquqiy asosi belgilab qo’yilgan. Ushbu qonunning 3-moddasiga ko’ra, fermer xo’jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir. Bunda ushbu tadbirkorlik subyekti berilgan yer uchastkasida o‘z ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga realizatsiya qilish huquqini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish, yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan xizmatlariga narx belgilash, olgan daromadlarini (foydasini), bank muassasasidagi o‘zining hisobvaraqlarida bo‘lgan pul mablag‘larini tasarruf etish, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar olish, kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish, kichik hamda xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish, zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa mol-mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni ta’mirlash, yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga berish va shu kabi bir qancha huquqlarga egadir. Bu huquqlar davlat tomonidan kafolatlanadi.


Bevosita yuzaga kelgan vaziyatga e’tibor qaratsak, ,,Nur-Hayot” fermer xo’jaligining Salimov Abrorga yerini ijaraga berish huquqi bormidi, degan savol tug’iladi. Yuqorida fermer xo’jaligining huquqlarini sanab o’tdik va unda yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga berish vakolatini ham sanab o’tdik(16-modda). Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 242-moddasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin, deb belgilab qo’yilgan. Demak, bu holatda fermer xo’jaligi jismoniy shaxs, Salimov Abrorga qishloq xo’jaligi maqsadida ikkilamchi ijaraga berish huquqi mavjud.
Vakolatli davlat organining xatti-harakatlariga baho berishda, avvalo, vakolatli davlat organi kimligini aniqlab olishimiz lozim. ,,Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori mavjud bo’lib, unga ko’ra, vakolatli tashkilotlar — yer tuzish loyihalarini kelishadigan tashkilotlar — Qishloq xo‘jaligi vazirligi (yer uchastkasidan foydalanish maqsadi va ixtisosligi bo‘yicha), Suv xo‘jaligi vazirligi (suv ta’minoti, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari bo‘yicha) va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (yer uchastkasi chegaralari bo‘yicha) hududiy bo‘linmalari hisoblanadi. Berilgan holatda yuqoridagi tashkilotlar vakolatli organlar hisoblanadi. Vakolatli organ bu vaziyatda qonunga nomuvofiq ish tutgan, negaki yuqorida ta’kidlanganidek fermer xo’jaligining yerni ijaraga berish huquqi mavjud va bunday huquqni tan olmaslik noqonuniy deb topiladi. Shuningdek, hech qaysi normativ hujjatda ikkilamchi ijaraga berilayotgan qishloq xo’jaligi yerining miqdori belgilab qo’yilmagan. Bu yerda asosiy talablar ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer faqat qishloq xo’jaligi maqsadida foydalanilishi va ijara muddati 1 yildan oshmasligi kerak.
Xulosa qilib aytganda, "Nur-Hayot” fermer xo`jaligida ikkilamchi ijaraga berish huquqi mavjud va bundan foydalanmoqda. Vakolatli organning xatti-harakatlari esa umuman qonuniy asossiz bo’lib, fermer xo’jaligining huquqlarini buzilishiga sabab bo’lmoqda. “ Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko’ra, tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qo‘yishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek ularni cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaziyatda tadbirkorlik subyektlarining o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.


Download 18,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish