Ushbu holatdagi mavjud muammolarni aniqlab, atroflicha huquqiy tahlil qiling. Javob



Download 18,01 Kb.
bet2/2
Sana19.04.2022
Hajmi18,01 Kb.
#562238
1   2
Bog'liq
biznesKazus

MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?
Ushbu savolga javob berish uchun, avvalo, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, tadbirkorlik huquqining subyektlari bu tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan shaxslardir. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda subyekt har doim tavakkal qilib, o‘z javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-son yangi tahrirdagi qonunning 4-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi “ Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonunning 11-moddasida keltirib o‘tilgan: ,,Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.” Bu shuni anglatadiki, tadbirkorlik subyekti o’z faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari, jumladan, huquqni muxofaza qiluvchi organlar va banklar bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. Ana shunday munosabatlar davomida qonunchilikda biror bir bartaraf etib bo’lmas noaniqliklarga duch kelinganda ushbu noaniqliklar doimo tadbirkorlik subyekti foydasiga hal qilinishi lozim. Unga zarar yetkazadigan tarzda ish tutishga yo’l qo’yilmaydi va bunda tadbirkorlik subyektining huquqlari ustuvorlik qilishi lozim. Misol bilan aytadigan bo’lsak, soliq organi ishlab chiqaruvchi korxonani soliq nazoratidan o’tkazish davomida soliq qonunchiligida bartaraf etib bo’lmas noaniqlik yuzaga keldi deylik, bu holatda tadbirkorlik subyekti foydasiga ushbu masala hal qilinishi kerak.

2. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.


Bu masalani tahlil qilishda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning qonuniy ta’rifiga e’tibor qaratamiz. ,,Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda beriladigan, ruxsat berish talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda muayyan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish huquqini beradigan hujjat deb ta’rif berilgan. ,,Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi asosiy normativ huquqiy hujjat hisoblanadi. Ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu turdagi hujjat ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanishga ma’lum shartlar asosida davlat tomonidan rasman ruxsat berilganini bildiradi. Ushbu sohada muayyan vakolatlarga ega davlat organlari ro’yxati qonunda belgilab qo’yilgan. Ular ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonini amalga oshirishadi. Misol keltiradigan bo’lsak, avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyatiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat hisolanadi. Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakolatli organ etib belgilangan. Yoki veterinariya sertifikatini oladigan bo’lsak, ushbu hujjat davlat veterinariya xizmati tomonidan nazorat qilinadigan tovarlar eksporti va importi sohasida ruxsat etish xususiyatidagi hujjatdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha boshqarmalari esa bu yerda vakolatli davlat organlaridir.

Foydalanilgan normativ huquqiy hujjatlar ro’yxati:

  1. O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksi;

  2. ,,Fermer xo’jaligi tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni;

  3. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni;

  4. ,,Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni;

  5. ,,Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori.

Download 18,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish