1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Lakbo’yoqli va maxsus qoplamalarni qoplash texnologiyasi



Download 5,29 Mb.
bet40/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

4. Lakbo’yoqli va maxsus qoplamalarni qoplash texnologiyasi
Bo’yash texnologik jarayoni quyidagi uchta asosiy operatsiyadan tarkib topadi: gruntlash, shpatlyovkalash va yakuniy bo’yash.
Tayyorlangan metall bo’yicha gruntlash – metallning mexanik tozalangan, moydan tozalangan, yuvilgan va fosfatlangan sirtiga lakbo’yoq materialining birinchi qatlamini qoplashdir. Gruntlash qatlami qoplamaning asosi hisoblanadi. U bo’yashga tayyorlangan metall bilan bo’yoqning undan keyingi qatlami orasida ishonchli yopishishni (adgeziyani) ta’minlaydi va yuqori antikorrozion xususiyatlarga, mexanik mustahkamlikka ega bo’ladi.
1-jadval

Operatsiya

Jarayon harorati, °C

Ishlov berish vaqti, min

Oqim bosimi, kPa

Ishqorli eritma










yordamida qo’sh
yog’sizlantirish

50-70

2-3

100-200

Sovuq oqar suv bilan yuvish

20-40

0,5-1,0

100-200

Suv bilan yuvish

30-50

0,5-1,0

100-200

Fosfatlash

45-55

1,5-2,0

80-100

Oqar suv bilan yuvish

20-40

0,5-1,0

100-150

Xrompik yoki










xrom angidridi bilan
sustlashtirish

40-60

0,5-1,0

100-200

Tuzsiz suv bilan yuvish

20-40

0,05

100-120

Quritish - puflash

80-100

5,0

-

Juda yaxshi tekislash uchun, ko’pincha oldindan gruntlangan va shpatlyovka qilingan sirtlarga birinchisidan tarkibi, xususiyatlari, rangi, qoplash va quritish usuli bilan farq qiladigan bir yoki ikki qatlam gruntovka qoplanadi.
Dastlabki gruntlash uchun, ko’pincha, elektr toki yordamida o’tqaziladigan va suv qo’shiladigan gruntovkalar qo’llaniladi. Ikkinchi qatlamni qoplashda, changitishning turli usullari qo’llanilib, epoksidli, epoksidli va efirli, hamda b. turdagi gruntovkalar qoplanadi.
Qoplangan har bir qatlam gruntovka texnik talablarga muvofiq holda quritiladi. So’ngra sirt abraziv suvbardosh qog’ozlar bilan katta suv oqimi ostida jilvirlanadi. Jilvirlash dastaki usulda yoki maxsus jilvirlash mashinkalari yordamida bajariladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish va sirtni pardozlash sifatini orttirish maqsadida jilvirlash operatsiyalari mexanizatsiyalashtiriladi.
So’ngra metallgacha jilvirlangan uchastkalar podgruntovka qilinadi. Odatda, buning uchun xona haroratida tez quriydigan gruntovkalar
qo’llaniladi.
Dastlabki gruntovkalash uchun qo’llaniladigan suyiltiriluvchi gruntovkalar 180-190 da, ikkinchi va undan keyingi qatlamlar esa 160 haroratda quritiladi.
Shpatlyovkalash – dastlabki gruntovkadan o’tgan kuzov sirtlarida hosil bo’lgan mayda nuqsonlarni tekislash jarayonidir. Bu operatsiyani bajarish uchun asosiy asbob sifatida rezinali, plastmassali, yog’och va metall shpatellar qo’llaniladi. Suyuq shpatlyovkalarni surish uchun changlatkichlar ishlatiladi. Gruntlangan sirtga surilgan shpatlyovka qatlami qalinligi 0,5 mm dan ortmasligi lozim. Istisno tariqasida gruntlangan sirtlarga ham, metall sirtlarga ham suriladigan epoksidli shpatlyovkalar ishlatiladiki, ularning qalinligi 15 mm gacha borishi mumkin.
Yakuniy bo’yash gruntlangan, shpatlyovka qilingan va jilvirlangan kuzovlar sirtlarida amalga oshiriladi. Qo’llanishda yuqori turg’unligi va qoplash vaqtida kam mehnat sarfi talab qilishi natijasida МЛ markali sun’iy emallar juda keng tarqaldi. Sun’iy emallar turlicha qoplash usullarini qo’llashga imkon beradi, ammo yuqori sifatli sirt olish uchun emallarni pnevmatik purkash yoki yuqori kuchlanishli elektr maydoni yordamida purkash tavsiya qilinadi. Lakbo’yoqli qoplamaning sifati va xizmat muddatini belgilovchi muhim ko’rsatkich – plyonkaning umumiy qalinligidir. Yupqa qoplama yedirilishga bardoshli emas, korroziyadan talab qilingan himoyani ta’minlay olmaydi, zarur yaltirashni bermaydi. Ortiqcha qalin qoplama esa – mo’rt bo’lib qoladi va haroratning keskin o’zgarishlari sharoitida o’z xususiyatlarini yo’qotadi. Umumiy qalinligi 80-120 mkm bo’lgan qoplama optimal hisoblanadi.
Lakbo’yoqli qoplamalarni qoplashning turli usullari mavjud. Dastaki bo’yash – cho’tkalar yordamida yakuniy pardozlashda vaqtida qo’llaniladi. Bunda kuzov, yig’ma birlik yoki detalning tashqi yuza bo’lmagan sirtlaridagi kichik nuqsonlar qo’shimcha bo’yash bilan yo’qotiladi.
Botirib (cho’ktirib) bo’yash sanoatda juda keng qo’llaniladi. Detal lakbo’yoq materiali bilan to’ldirilgan vannaga botiriladi, undan chiqarib olinadi va ortiqcha bo’yoqlar oqib tushguncha ushlab turiladi va quritiladi. Yalpi ishlab chiqarishda botirib (cho’ktirib) bo’yash ilgaklar, archalar, xaskashlar va b. ko’rinishdagi turlicha shaklli osmalar bilan jihozlangan osma konveyerlarni qo’llash bilan amalga oshiriladi.
Detallarni botirib (cho’ktirib) bo’yash quyidagi afzalliklarga ega:

  • oson mexanizatsiyalashadi va yuqori malakali mehnat sarfini talab qilmaydi, chunki barcha operatsiyalar (bo’yashga tayyorlash, bo’yash, ortiqcha bo’yoqning oqib tushishi, quritish, detallarni yechib olish) harakatdagi konveyerda amalga oshiriladi;

  • bajarish oddiy va murakkab jihozni talab qilmaydi;

  • bo’yalayotgan mahsulotdan ortiqcha bo’yoqning vannaga qayta oqib tushishi sababli lakbo’yoq materiallarining isrofi minimal bo’lishini ta’minlaydi;

  • detallarning barcha ichki va tashqi sirtlarini to’liq bo’yaydi, bu esa korroziyadan zaruriy himoyani ta’minlaydi.

Ushbu usulning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  • detallarni har bir o’rnatishda faqat bitta rangga bo’yash mumkinligi;

  • detallarda g’uddalar (напливы) va oqish izlarining (потек) hosil bo’lishi, bo’yoqning chuqurliklarda to’planishi (ayniqsa, murakkab shaklli detallarni bo’yashda, bunda bo’yoq oqib ketishi uchun texnologik teshiklarni ko’zda tutish lozim bo’ladi).

Botirib (cho’ktirib) bo’yashda tezda qurib qoluvchilardan tashqari, istalgan lakbo’yoq materiallarini qo’llash mumkin, ammo ushbu usul yordamida yuqori sifatli qoplamani olishning qiyinligi, uni kuzov detallarining yuza sirtlari uchun qo’llashga imkon bermaydi. Bir qator holatlarda botirish bilan kuzov ichiga o’rnatiladigan detallar bo’yaladi.
Oqimli quyish – laminar tipdagi oqim bilan mahsulot sirtiga lakbo’yoq materialini qoplash, so’ngra qoplama sifati yuqori bo’lishi uchun mahsulotni eritkichlar bug’ida ushlab turishdir. Ushbu usul mashinasozlikda juda keng tarqaldi, chunki botirib (cho’ktirib) bo’yashga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, shulardan asosiysi, mahsulot tashqi ko’rinishining yaxshilanishidir.
Ushbu usulning kamchiliklari quyidagilardir:
eritkichlarning yuqori sarfi;
bir o’rnatishda bitta rangga bo’yash mumkinligi;
jihozlarni joylashtirish uchun katta ishlab chiqarish maydonlarining
zarurligi.
Bo’yalgan detal eritkichlar bug’ida ushlab turilishi natijasida bo’yoqning qoplangan qatlamdan bug’lanishi sekinlashadi, bu esa qatlam qalinligining ravonligini orttiradi, g’udda (napliv) lar miqdori, oqib tushishlar va b. nuqsonlar kamayadi. Ammo bu usul kuzov detallarining tashqi yuzalarini bo’yash uchun qo’llanilmaydi.
Oqimli quyish bilan bo’yash va so’ngra eritkichlar bug’larida ushlab turish yalpi ishlab chiqarishda gruntovkalar yoki emallarni detallarning tashqi bo’lmagan sirtlariga va ehtiyot qismlar detallariga qoplash uchun qo’llaniladi, jumladan, В-МЛ-0143, ПФ-099 gruntovkalari va В-ФЛ-1199, ПФ-133
emallari va b. bunga misol bo’ladi.
Oqimli quyish usulida lakbo’yoq materiallari uzluksiz harakatlanuvchi maxsus qurilmalar yordamida qoplanadi. Detallar konveyer yordamida quyish zonasiga uzatiladi, bunda ular lakbo’yoq materiallari bosim ostida uzatiluvchi soplolar o’rnatilgan maxsus quvursimon konturlar orasidan o’tadi. Konveyerning harakatlanishi bilan detallarga bo’yoq oqimlari quyiladi, bunda bo’yoq bo’shliqlarga, birikish joylariga va boshqa bo’yoq qiyin yetkaziladigan joylargacha kirib boradi. Ortiqcha bo’yoq osttog’ora (poddon) ga tushadi, undan idish (bak) ga va nasos orqali yana takroriy qo’llanish uchun quvursimon konturga uzatiladi.
Bo’yalgan detallar konveyer bo’ylab harakatlanib, organik eritkichlar bug’lari bilan to’ldirilgan lahm (tonnel) ga kiradi, bunda bug’ning yuqori konsentratsiyasi hisobiga qoplangan qatlamdagi bo’yoqning bug’lanishi sekinlashadi va g’uddalar, oqib tushishlar va b. nuqsonlar kamayishiga sabab bo’ladi. Detal lahm bo’yicha 10-15 daqiqa davomida, 18-20 dan yuqori bo’lmagan harorat ostida harakatlanadi. Bo’yalgan detallar lahmdan quritish kamerasiga o’tkaziladi.
Tokda o’tqazish bilan bo’yash (elektroforez) avtomobil kuzovlariga birinchi qavat lakbo’yoq materiallarini qoplashda keng qo’llanilmoqda.
Tokda o’tqazish jarayonida doimiy tok ta’sirida bo’yoqning suvli eritmasidan mahsulotga plyonka hosil qiluvchi modda qoplanadi. Mahsulot elektrod vazifasini o’taydi va doimiy tok manbaining bitta qutbiga ulanadi. Boshqa elektrod sifatida vannaning metall tanasi yoki vannaga shu maqsadda tushirilgan metall plastinalar xizmat qiladi.
Tokda o’tqazish jarayoni bo’yoqning qoplanishi anodda yoki katodda sodir bo’lishiga bog’liq tarzda, anodli (anaforez) yoki katodli (kataforez) o’tqazishlarga bo’linadi.
Suvda eruvchan lakbo’yoq qoplamalarini anodli o’tqazish deganda elektr toki ta’sirida anodda (bo’yalayotgan mahsulotda) kechadigan kimyoviy reaksiya natijasida, plyonka hosil qiluvchi moddada cho’kmalar hosil bo’lishi tushuniladi. Katodli o’tqazishda plyonka hosil qiluvchi modda zarrachalari ionlashadi va katodga (bo’yalayotgan mahsulotga) tortiladi. Katodli o’tqazish jarayoni nordon muhitda 3,5 dan 6 gacha bo’lgan sharoitda kechadi.
Katodli o’tqazishda bo’yalayotgan metallning elektrokimyoviy erishi va bog’lovchining oksidlanishi bartaraf qilinadi, qoplama zo’r ishqoriy turg’unlik va suvga turg’unlik xususiyatlariga ega bo’ladi, bu esa qoplamalarning himoya xususiyatlarini anodli plyonkalarga nisbatan yaxshilanishiga olib keladi.
Kataforezda qoplamaning shakllanishi polimer materialning har bir strukturaviy birligining individual o’tqazilishi bilan kechadi va buning natijasida mayda strukturali plyonka hosil bo’ladi, qoplamalarning bezak va himoya xususiyatlari yanada ortadi.
Katodli o’tqazishning afzalliklaridan yana biri kuzov sirtlarini dastlabki kimyoviy tayyorlash uchun nisbatan yengilroq talablarning qo’yilishidir.
1-rasmda suyiltiriladigan lakbo’yoq materiallarini qoplashning tokda o’tqazish usuliga asoslanib ishlaydigan qurilmaning sxemasi keltirilgan. Bu qurilma mahsulotlar 3 ilingan konveyer 2, tok bilan ta’minlash tizimiga ega o’tqazish vannasi 4, ultratozalash (ultrafiltrlash) qurilmasi 11, yuvish va issiq havo puflash bo’linmalaridan tuzilgan.
Oldindan bo’yashga tayyorlangan kuzov (yuvilgan, moydan tozalangan, fosfatlangan) konveyer orqali tok o’tkazuvchan, suyiltirilgan gruntovka bilan to’ldirilgan vannaga uzatiladi. Mahsulotga doimiy tok ulanadi va uning ta’sirida suvli eritmadan bo’yalayotgan mahsulotga plyonka hosil qiluvchi materialning o’tqazilishi kechadi. O’tqazish jarayonini yaxshilash uchun mahsulotning yuza sirtlardan eng uzoqlashgan uchastkalariga (ichki sirtlar, cho’ntaklar, qutisimon kesimlar va b.) qo’shimcha elektrodlar qo’yiladi.
Dastlab kuzovning tok zichligi yuqori bo’lgan joylari bo’yaladi. Bu joylarda qoplama qalinligining orta borishi bilan ushbu uchastkalarning elektr qarshiligi ortadi, tok zichligi pasayadi va buning natijasida qoplama qalinligining o’sishi sekinlashadi. Lekin avval, tok zichligi past bo’lgan joylarda plyonka hosil qiluvchi materialning o’tqazilishi ortadi. Buning natijasida kuzovda qalinligi bir tekis qoplama hosil bo’ladi.


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish