Nazorat savollari
Kontaktli payvand birikmalarning yuqori sifatini ta’minlash uchun nima qilish lozim?
Kontaktli payvandlashning mustahkamlik ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
Yig’ma birliklarni kontaktli payvandlash sifatiga flaneslar kengligi yoki ularning qoplanish o’lchami qanday ta’sir o’tkazadi?
Kontaktli payvand birikma sifatini nazorat qilish usullari qaysilar?
Kontaktli payvand birikmalar tashqi nuqsonlari nimalar?
Kontaktli payvand birikmalar ichki nuqsonlari nimalar?
Tashqi sachrash va chala payvand qanday bartaraf qilinadi?
Teshiklar va kuydirib yuborish qanday bartaraf qilinadi?
Kontaktli payvand birikmalarni tekshirishda nazorat moslamalarining vazifalari haqida ma’lumot bering.
3-MODUL. AVTOMOBILLAR KABINALARI VA KUZOVLARIGA
QOPLAMA QOPLASH TEXNOLOGIYASI
10-MA’RUZA
Kuzov sirtlarini bo’yash va maxsus qoplamalarni qoplash
Reja:
Umumiy ma’lumotlar.
Qoplama materiallarining tasniflanishi.
Sirtlarni bo’yashga tayyorlash.
Lakbo’yoqli va maxsus qoplamalarni qoplash texnologiyasi.
Quritish.
Bo’yash sifatini nazorat qilish.
1. Umumiy ma’lumotlar
Avtomobilning tashqi ko’rinishi va uning ish muddati lakbo’yoqli va maxsus qoplamalar sifatiga sezilarli darajada bog’liq bo’ladi. Kuzovni korroziyadan ishonchli himoyalash faqatgina sirtlarni yaxshi tayyorlash va qoplamalarni sifatli qoplash hisobiga ta’minlanadi.
Avtomobillarga ulardan foydalanishda turlicha noma’qul tabiiy omillar ta’sir qiladi: atmosfera yog’inlari, quyosh radiatsiyasi, harorat o’zgarishi va b. Bularga inson faoliyati bilan bog’liq omillar qo’shiladi: katta transport oqimlari ta’sirida hosil bo’luvchi tutunlar bulutlari, muzlashga qarshi kurashishning kimyoviy vositalari va b. Ushbu barcha omillarning ta’siriga bardosh berish uchun, avtomobilsozlikda qo’llaniladigan lakbo’yoq materiallari yuqori sifat va turg’unlikka ega bo’lishi, bo’yash jarayoni esa texnologiyaning barcha talablariga amal qilgan holda, qat’iylik bilan o’tkazilishi kerak.
Kuzov qoplamalari turlicha xizmat vazifasiga ega qatlamlardan tarkib topadi (gruntovka, shpatlyovka, emal).
Avtomobil ishlab chiqarishning turlicha hajmlarida kuzovlarni bo’yash jarayoni o’zgarishsiz qoladi, ammo ularni tashkil qilish turlicha bo’ladi. Chunonchi, avtomobillar kichik miqdorda ishlab chiqarilganida ishlar mexanizatsiyalashtirilmaydi, bo’yash va quritishning boshi berk kameralari qo’llaniladi, operatsiyalararo konveyerli tashish aloqasi mavjud bo’lmaydi. Ishlab chiqarish miqdorining ortishi bilan bo’yash jarayoni
mexanizatsiyalashtiriladi va avtomatlashtiriladi, chunki bu ishlarning asosiy qismi oqimli qatorlar yordamida bajariladi.
Kuzov ish muddatini belgilab beruvchi asosiy masala bo’lib, uning barcha tashqi va ichki sirtlarini (yopiq bo’shliqlarni inobatga olgan holda) korroziyadan puxta himoyalash xizmat qiladi. Ish jarayonida korroziya o’chog’i bo’lishi uchun kichkinagina, metallgacha yalang’ochlangan uchastkaning yuzaga kelishi yetarlidir. Kuzov detallari konstruksiyalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: barcha ichki va tashqi sirtlar, shuningdek, yopiq sirtlar gruntlanishini; bo’yash jarayonida qo’llaniluvchi yuvish suyuqliklari va gruntovkalarning oqib ketishini; kuzovning butun asosini va payvand birikmalarni himoya mastikasi (mumi) bilan qoplanishini.
Do'stlaringiz bilan baham: |