1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Qoplama materiallarining tasniflanishi



Download 5,29 Mb.
bet38/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

2. Qoplama materiallarining tasniflanishi
Kuzovsozlikda zarur lakbo’yoq qoplamasi klassini belgilashda avtotransport vositalari klasslari inobatga olinadi, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • yuqori klassli yengil avtomobillar kuzovlari;

  • boshqa turdagi yengil avtomobillar kuzovlari;  yuk avtomobillari kabinalari, avtobuslar kuzovlari;

  • yuk avtomobillari platformalari.

Lakbo’yoqli qoplamalar ko’p sonli ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Ulardan asosiylariga yaltirash darajasi, (boshqa jinsli) qo’shilmalar miqdori, to’lqinsimonlik, oqish izlarining borligi, har-xil ranglilik, tasvirning bir jinsli emasligi kiradi.
Yaltirash darajasi bo’yicha qoplamalar yaltiroq, yarim yaltiroq va jilosizga bo’linadi. Yaltirash darajasi lakbo’yoq materialiga ham, qo’llanilayotgan bo’yash texnologik jarayoniga ham bog’liq bo’ladi.
Lakbo’yoq materiallari asosiy (bo’yoqlar, emallar, gruntovkalar, shpatlyovkalar, laklar) va yordamchi (eritkichlar, suyiltirgichlar, yuvgichlar, sirtlarni bo’yashga tayyorlash uchun aralashmalar, qoplamalarga qarov uchun vositalar va b.) deb bo’linadi.
Belgilanish ГОСТ bilan tartiblanadi. Lakbo’yoq materiallarini belgilashda quyidagilar aks etadi:

  • material turi;

  • uning kimyoviy tarkibi (plyonka hosil qiluvchi modda turi);

  • mo’ljallanishi.

Belgilash uchun beshta guruh harf-raqamlar tizimi qo’llaniladi.
Birinchi guruh belgilari lakbo’yoq materiali turini aniqlaydi: lak, emal, shpatlyovka va h.k.
Ikkinchi guruh belgilari plyonka hosil qiluvchi moddaning turini aniqlaydi va ikkita harf bilan belgilanadi: НЦ – nitrotsellyulozali, МЛ – melaminli (melaminalkidli), ГФ – gliftalli, ФЛ – fenolli
(mikroorganizmlardan himoya qiluvchi), ЭП – epoksidli (sun’iy smolali), БТ – bitumli (qora saqichli), ЭФ –epoksidli va efirli, МС – moyli stirolli va alkidli stirolli, ПФ – pentaftalli, УР–poliuretanli, ВА – polivinilatsetatli, МА – moyli va b.
Bir qator lakbo’yoq materiallari belgilanishida ikkinchi guruh belgilari oldidan bir yoki ikkita harf qo’yiladi va ular material turini aniqlaydi: Б – eritkichsiz, B – suv qo’shiladigan, ВД – suvli dispersion, ОД – organik dispersion, П – kukunli. Ikkinchi guruh belgilaridan ular defis bilan ajratiladi.
Uchinchi guruh belgilari ham ikkinchisidan defis orqali ajratiladi, laklar, bo’yoqlar va emallar belgilanishida qo’llaniladi va ushbu qoplamalarning xizmat vazifasini aniqlaydi: 1 – atmosferabardosh, 2 – cheklangan atmosferabardosh, 3 – konservatsiyabop, 4 – suvbardosh, 5 – maxsus, 6 – moybenzinbardosh, 7 – kimyoviy turg’un, 8 – termik turg’un, 9 - elektro’tkazmas va elektro’tkazuvchi. Gruntovkalarni belgilashda uchinchi belgilar guruhi o’rniga 0 raqami, shpatlyovkalar uchun 00 raqamlari qo’yiladi. Moyli quyuq bo’yoqlarni belgilashda uchinchi guruh belgilari oldidan, materialning xizmat vazifasini aniqlovchi 0 raqami qo’yiladi.
To’rtinchi guruh belgilari berilgan lakbo’yoq materialining tartib raqamini aniqlaydi va bitta, ikkita yoki uchta raqam bilan belgilanadi. Moyli bo’yoqlar belgilanishida to’rtinchi guruh belgilari tartib raqamining o’rniga, bo’yoqni tayyorlashda ishlatilgan olifning nomlanishini aniqlovchi raqam
qo’yiladi: 1 – tabiiy olif, 2 – oksol olifi, 3 – gliftalli olif, 4 – pentaftalli olif, 5 – aralash olif.
Tartib raqamidan keyin material o’ziga xosligini bildiruvchi harflar turishi mumkin: ВЭ – polimerda emulsiya bo’lgan suvi bor; ГС, ХС – issiq va sovuq quritilgan; M, ПМ – jilosiz, yarimjilosiz; ПГ – pasaytirilgan yonuvchanlikka ega va h.k.
Beshinchi guruhda lakbo’yoq materialining rangi ko’rsatiladi. Laklarni belgilashda bunday belgilash guruhi mavjud bo’lmaydi.
Lakbo’yoq materiallarining belgilanishiga misollar:
Лак БТ-783 – БТ–kimyoviy tarkibi: bitumli; 7 – mo’ljallanishi – kimyoviy turg’un; 83 – tartib raqami.
Gruntovka ЭФ-083, kulrang – ЭФ – kimyoviy tarkibi: epoksidli va efirli; 0 – gruntovka; 83 – tartib raqami.
Shpatlyovka ЭП-0010, qizil-jigarrang – ЭП – kimyoviy tarkibi: epoksidli; 00 – shpatlyovka; 10 – tartib raqami.
Bo’yoq ВД-ВА-17, oq – ВД – suvli dispersion; BA – kimyoviy tarkibi: polivinilatsetatli; 1 – mo’ljallanishi: atmosferabardosh; 7 – tartib raqami.
Emal МЛ-197, ko’k – МЛ – kimyoviy tarkibi: melaminalkidli; 1 – mo’ljallanishi: atmosferabardosh; 97 – tartib raqami.
Avtomobillar kuzovlarini bo’yashda qo’llaniladigan asosiy lakbo’yoq materiallariga gruntovkalar, shpatlyovkalar va emallar kiradi.
Gruntovkalar kuzov metalli bilan keyingi qatlamlar orasida bog’lovchi qatlam hosil qilish uchun xizmat qiladi. Gruntovka yuqori adgeziyaga (yopishqoqlikka) ega bo’lishi, metallni korroziyadan yaxshi himoyalashni ta’minlashi, yetarlicha mexanik mustahkamlikka ega bo’lishi lozim. Gruntovkalar laklarda yoki oliflarda pigmentlar va to’ldirgichlar suspenziyasini namoyon qiladi. Zaruratga ko’ra gruntovkalarga eritkichlar, sikkativlar (qurishni tezlashtiruvchilar), stabilizatorlar (o’zgarishni tutib turuvchu moddalar) va b. qo’shilmalar kiritiladi.
Kuzov va kabinalarni ishlab chiqarishda suv qo’shiladigan В-КЧ-0207, В-КФ-093, В-ЭП-0190, ФЛ-093, epoksidli ЭП-0228, gliftalli ГФ-073, epoksidli va efirli ЭФ-083 va b. ko’plab turdagi gruntovkalar qo’llaniladi.
Shpatlyovkalar gruntlangan sirtlardagi mayda nuqsonlarni (chiziqlar, chuqurchalar, o’yiqlar va b.) yo’qotish uchun qo’llaniladi va plyonka hosil qiluvchi to’ldirgich va pigmentlarning pastasimon quyuq aralashmasini namoyon qiladi. Ba’zida shpatlyovkalar suyuq holatda qo’llaniladi, buning uchun ular suyiltiriladi. Shpatlyovka sifati texnologik ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi: ishlov berish qulayligi, nuqsonlarni to’ldirishning to’liqligi, qurish davomiyligi va harorati, cho’kish miqdori, jilvirlashga moyilligi.
Kuzovlarni shpatlyovka qilish uchun tabiiy sharoitlarda quriydigan va gruntovka qatlamiga yaxshi yopishadigan, mustahkam plyonkani hosil qiluvchi alkidstirolli MC-006; tabiiy sharoitlarda quriydigan nitrotsellyulozli НЦ-008; tabiiy sharoitlarda ham, yuqori haroratda ham quriydigan, gruntlangan sirtlarga yoki bevosita metallga maxsus qattiqlashtiruvchi aralashma bilan birga qoplanadigan epoksidli ЭП-0010 shpatlyovkalari
qo’llaniladi.
Emallar kuzovlar va kabinalarni bo’yashning yakuniy bosqichida qoplanadi. Emallar yordamida olingan sirtlar rang-barangligi, yuqori yaltiroqligi, turlicha iqlim sharoitlarida avtomobildan foydalanish davomida, uning tashqi ko’rinishini uzoq muddat saqlash xususiyatiga ega bo’ladi. Kuzovlar va kabinalarni ishlab chiqarishda qoplamaning yuqori fizik-mexanik xususiyatlari va sifatini ta’minlovchi melaminalkidli sun’iy emallar МЛ-12, МЛ-197, МЛ-1110 juda keng qo’llaniladi. Melaminalkidli emallar melaminformaldegidli va alkidli smolalar aralashmasi asosida tayyorlanadi. Emallarning qurishi eritkichlar va smola polikondensatsiyasining bug’lanishi natijasida amalga oshadi. To’la quritishuchun yuqori harorat (120 − 140 ℃) kerak bo’ladi va bunda qaytmas plyonka hosil bo’ladi. Yuqori sifatli qoplama olish uchun ikkitadan kam bo’lmagan qatlamlarni qoplash talab etiladi.
Kuzovlarni bo’yash uchun, shuningdek, nitrotsellyulozli emallar НЦ11, НЦ-511 va b. qo’llaniladi. Ular plastifikatorlar va smolalar qo’shilgan, nitrolaklardagi pigmentlar suspenziyasi hisoblanadi. Nitrotsellyulozali emallarning qurishi eritkichlarning xona haroratida bug’lanishi oqibatida sodir bo’ladi. Qurishda qaytuvchan plyonka hosil bo’ladi va unga eritkichlar ta’sir qilsa yana erishi mumkin bo’ladi. Nitrotsellyulozli emallarni qo’llash bilan nisbatan yuqoriroq sifatli bo’yalgan sirtlarni olish mumkin. Ammo bunday qoplamalar melaminalkidli qoplamalarga nisbatan qimmatroq bo’ladi, chunki material bahosi qimmatroq va mehnat sarfi kattaroqdir. Mehnat sarfining katta bo’lishi bunday qoplamaning ko’p qatlamli bo’lishi (kamida 56 qatlam) va ko’p marta jilvirlashni talab qilishi bilan izohlanadi.
Ba’zida, qoplama bezak xususiyatlarini yaxshilash va turg’unligini orttirish uchun kuzovga emal ustidan rangsiz lak qoplanadi.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish