1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari



Download 5,29 Mb.
bet39/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

3. Sirtlarni bo’yashga tayyorlash
Bo’yashning yuqori sifatini ta’minlashning muhim sharti bo’yash sirtini to’g’ri tayyorlashdir. Bu esa kuzov detallari va kabinalarning bo’yaladigan sirtlarini korroziya mahsulotlaridan, yog’li iflosliklardan, moylash materiallaridan tozalashdan iboratdir. Agar sirt to’g’ri tayyorlanmasa, metallning qoplama bilan ishonchli birikishi sodir bo’lmaydi, bu esa lakbo’yoq plyonkasining muddatidan oldin buzilishi va qatlamlarga ajralishiga olib keladi. Sirtlarni tozalash va tayyorlash usuli, ularning ifloslik darajasiga bog’liq tarzda tanlanadi.
Detallar va yig’ma birliklarni bo’yashdan oldin, metall sirtlarni tayyorlash ГОСТ bilan tartiblanadi, ushbu ГОСТ sirt sifatiga texnik talablarni, tozalash usullarini va texnologiyasini belgilab beradi. Tayyorlashning eng keng tarqalgan usullari mexanik, kimyoviy va aralash usullardir.
Sirtlarni mexanik tozalash usulida metall cho’tkalar, jilvir qog’ozlar, elektrik va pnevmatik jilvirlash mashinkalari qo’llaniladi.
Tayyorlashning kimyoviy usullari juda keng tarqalgandir. Ularga xurushlash, moydan tozalash, fosfatlash va passivlash (korroziyadan saqlash uchun sirtda yupqa oksid plyonkalarini hosil qilish) kiradi. Kuzov detallari
sirtlarini kimyoviy tozalash usullari detallarni bo’yashning mexanizatsiyalashgan komplekslarida va kuzovlarni bo’yashga tayyorlash agregatlarida qo’llaniladi.
Xurushlash kuzov detallarining katta bo’lmagan uchastkalarida korroziya mahsulotlarini yo’qotish uchun qo’llaniladi. Buning uchun tarkibida fosfor kislotasi bo’lgan eritma ishlatiladi. Shulardan biri 1120 eritmasidir, uning tashkil qiluvchilari foizli tarkibi quyidagicha bo’ladi: fosfor kislotasi – 30-35 %; butil spirti – 5 %; etil spirti – 20 %, suv – 39-44 %; gidroxinol – 1
%. Eritmani sirtga surib va 3-5 daqiqa vaqtdan keyin suv bilan yuvadilar.
Kislota qoldiqlari KM-1 tipidagi yuvish vositasidan tayyorlangan sust ishqorli eritma (konsentratsiyasi 0,1 % dan ko’p emas) bilan neytrallanadi.
Kuzov detallarini moydan tozalash deganda, ularni shtamplash va konservatsiya qilishda ishlatilgan moylash materiallari, mineral moylar qoldiqlarini bartaraf qilish tushuniladi. Moydan tozalash usuli ifloslanish shakli va darajasiga bog’liq holda tanlanadi. Moydan tozalash detallarni yig’ish-payvandlashga tayyorlash va avtomatik qatorlarda kuzov sirtlarini lakbo’yoq qoplamalari qoplashga tayyorlash jarayonlari bilan hamohang
bajariladi.
Sirtlar o’rtacha ifloslanganda ishqorli eritmalar bilan tozalanadi. Moylash materiali qalinligi katta bo’lganida organik eritkichlar (uayt-spirit, benzin, skipidar, dixloretan va b.) bilan yuvish amalga oshiriladi. Ishqorlardan o’tkir natr (natriy oksidi), kuydirilgan (kalsinirlangan) soda, uchnatriyfosfat qo’llaniladi, ular yog’ va moylarni yengil yo’qotiladigan emulsiyalarga aylantirish bilan yuvadi. Emulsiyalar hosil bo’lishini yaxshilash uchun ishqorlar eritmalariga bir qator emulgatorlar qo’shiladi: sovunlar, suyuq shisha va b.
Suvli-ishqorli eritmalarga sirtiy faol moddalar (SFM) ni kiritish bilan ularning yuvish ta’siri keskin ortadi, chunki SFM metall sirtiga adsorbsiyalanish xususiyatiga ega. SFM eritma tarkibida 10 % dan ortmasligi lozim.
Hammasidan ko’proq natriy sulfanollari ОП-7 va ОП-10 qo’llaniladi. Kuzovlar va kuzov detallarini moydan tozalash uchun ishlatiladigan yuvish vositalaridan birining foizli tarkibi quyidagicha: natriy karbonati – 22,5; uchnatriyfosfat – 18,9; natriy uchpolifosfat – 50,6; sulfanol 2,3; sintapol ДТ7 – 5,7.
Ishchi eritmada yuvish vositasining konsentratsiyasi 5-10 g/l ni tashkil qiladi. Yuvish vositasining sarfi ifloslanish shakli va darajasiga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, kukun ko’rinishida chiqariladigan KM-1 markali yuvish vositasining sarfi 2-5 g/m2 ni tashkil qiladi.
Moydan tozalashning eng keng tarqalgan usuli sifatida 50-70 haroratli yuvish eritmalarini forsunkalar yordamida sepishdan foydalaniladi. Bunda davriy ishlaydigan va bo’yash kameralari bilan birga konveyerga tuzilgan maxsus yuvish kameralari qo’llaniladi. Yuvish kamerasi vannadan va sepuvchi forsunkalar o’rnatilgan quvurlar tizimidan tarkib topadi. Bu kamera perimetri bo’yicha forsunkalar shunday joylashtiriladiki, bunda barcha ishlov beriladigan sirtlar suyuqlik bilan yuviladi. Eritmalar markazdan qochma nasoslar yordamida haydaladi. Ishqorlar eritmasida yuvilganidan so’ng 1-2 daqiqa vaqt davomida suv bilan yoki sustlashtiruvchi eritmada yuviladi.
Fosfatlash – yaxshi tozalangan metal sirtini fosforli nordon tuzlar eritmasi bilan ishlashdir. Bunda sirtda kristall g’ovakli tuzilishga ega va lakbo’yoq qoplamalari bilan yaxshi adgeziyaga kirishadigan, fosfatlar suvida erimaydigan yupqa himoya plyonkasi hosil bo’ladi. Fosfatlash yuqori antikorrozion turg’unlikka ega bo’lgan (lakbo’yoq materiallarini qoplagandan keyin) qoplamalar olish uchun qo’llaniladi. Bunda metall korroziyasi faqatgina qoplama shikastlangan uchastkada yuzaga keladi va uning tagiga tarqalmaydi. Kuzov detallari ham, yig’ilgan kuzovlarning o’zlari ham
fosfatlanadi.
Sirtga erkin fosfor kislotasi sharoitida rux, marganes va temirning birlamchi fosforli nordon tuzlarining suyiltirilgan eritmalari ishlov berilganda, quyidagi reaksiya sodir bo’ladi:
+ 2 ( ) .
Natijada, metallning eriydigan birlamchi fosfati, vodorod va qisman erkin fosfor kislotasi hosil bo’ladi. Metallarning birlamchi fosfatlari oson gidrolizlanadi:
( ) = + ;
= ( ) + ;
( ) ( ) + 4 .
Reaksiya natijasida olingan fosforli kislota yana metall bilan reaksiyaga kirishadi, uchlamchi fosfatlar esa metall sirtiga qoplanadi va mustahkam, tok o’tkazmaydigan qoplamani hosil qiladi. Bunda erkin va bog’langan fosfor kislota tashkil qiluvchilari nisbati katta ahamiyatga ega. Tarkibida erkin kislota ko’proq bo’lganida gidroliz va uchlamchi fosfatlardan plyonka hosil bo’lishi keskin sustlashadi. Erkin kislotaning yetarli bo’lmagan miqdorida esa erimaydigan fosfatlarning hosil bo’lishi ortadi, bu hol eritmada cho’kmalar tarzida namoyon bo’ladi. Fosfatlash jarayoni 45-55 harorat ostida kechadi. Yuqoriroq haroratda esa shlam hosil bo’lishi ortishi mumkin.
Fosfatlash normal va jadal bo’lishi mumkin. Jadal fosfatlash va fosfat plyonkani yaxshilash fosfatlar eritmasiga marganes va temirni, shuningdek, mis oksidi, nikel tuzi, azotli nordon natriy, marganes, rux va b. qo’shish bilan amalga oshiriladi. Jadal fosfatlash (bonderizatsiya) 2-5 daqiqa davom etadi. Bonderizatsiya usuli bilan olingan plyonka qalinligi 3 mkm dan ortmasligi lozim, aks holda, mahsulot mexanik ta’sirga uchraganida plyonkaning
qatlamlarga ajralishi sodir bo’ladi.
Fosfatlashdan keyin sirt nomineral suv bilan yuviladi. Chunki, oddiy suvda bor bo’lgan eriydigan tuzlar fosfat plyonkaga oson yutiladi, bu esa yuqori namlik sharoitlarida ishlashda lakbo’yoq qoplamasida pufakchalar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Eritmalar tozaligi va ular komponentlari nisbatining to’g’riligi sirtni yaxshi tayyorlashning asosiy shartidir.
Eritmalarni bosim ostida changlatishda ularda bor bo’lgan begona qo’shilmalar metall sirtiga o’tiradi va fosfat qatlamini teshib o’tib, uning yaxlitligi buzilishiga va emal plyonkalarida korroziya o’choqlarining hosil bo’lishiga olib keluvchi kuchlanishlarni paydo qiladi. Eritmalarning yuqori tozaligi changlatkichlarning to’xtovsiz ishlashini, reaksiyaning tezda o’tishini va sifatli fosfat plyonka olinishini ta’minlaydi. Eritmalarni tozalash uchun polotnoli va qog’oz filtrlar qo’llaniladi.
Sustlashtirish fosfatli qoplamaning himoya xususiyatlarini orttirish uchun qo’llaniladi va fosfatlangan sirtlarning xrompik yoki xromli angidrid eritmasida yuvishni taqozo qiladi. Sustlashtirishning zarurligi shu bilan asoslanadiki, bonderizatsiya usuli bilan olingan qoplamalarda, metali faol holatda bo’ladigan va taxminan 0,2 % fosfatlangan sirtni egallaydigan g’ovaklar bo’ladi. Sustlashtiruvchi eritmalar demineral suvlar asosida
tayyorlanadi. Kuzovlarga ishlov berish 40-60 harorat ostida o’tadi.
Mahsulotlardagi fosfat plyonkalar sifati ishlab chiqarish sharoitlarida razm solish bilan aniqlanadi. Plyonka mayda kristalli tuzilishga, kulrang rangga ega bo’lishi va sirt bo’yicha tekis taqsimlangan bo’lishi lozim. Fosfatli qoplamalar nuqsonlariga yorug’lar, cho’kmalar borligi va yirik kristalli tuzilishni kiritish mumkin.
Kuzov detallari sirtlarini bo’yashga tayyorlash texnologiyasi operatsiyalari va ularning maromlari 1-jadvalda keltirilgan.
Kuzov sirtlarini bo’yashga tayyorlash texnologik jarayonini tashkil qilish ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’ladi. Kichik hajmli ishlab chiqarishda kuzov sirtlarini tayyorlash dastaki asbob bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish dasturi ortganida esa oqim bo’ylab bonderizatsiya agregati oldidan mexanizatsiyalashgan ishlov berish usuliga o’tiladi.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish