9-MA’RUZA Kontaktli payvand birikmalar sifatini nazorat qilish Reja Kontaktli payvand birikmalarning mustahkamligi
Kontaktli payvand birikmalarning sifatini nazorat qilish
Kontaktli payvand birikmalarning nuqsonlari turlari
Kontaktli payvand birikmalar nuqsonlarini bartaraf qilish usullari
Payvand birikmalar sifatini tekshirish uchun nazorat moslamalari
1. Kontaktli payvand birikmalarning mustahkamligi Yaxlit kuzov va yig’ma birliklar o’lchamlarining aniqligini va kontaktli payvand birikmalarning yuqori sifatini ta’minlash uchun ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat qilish zarur bo’ladi. Operatsiyalar bo’yicha nazorat ketmaketligi va hajmi texnologik jarayonga muvofiq tarzda mahsulot chizmasi va texnik talablardan kelib chiqqan holda o’rnatiladi.
Yig’ma birlikning sifati avvalo bajarilgan alohida payvand birikmalar sifati bilan xarakterlanadi. Nuqtali payvandlash bilan olingan birikmaning sifati har-bir payvand nuqtaning statik mustahkamligi bilan aniqlanadi, bu esa yadroning o’zida va termik ta’sir zonasida nuqsonlar yo’qligi sharoitida yadro o’lchamlariga bog’liq bo’ladi.
Payvandlashning mustahkamlik ko’rsatkichlariga payvand nuqtaning mustahkamligi, nuqtalar soni, ularning qadami va birikmadagi joylashuvi kiradi. Agar yadro diametri yoki birikmaning kesilishga (na srez) mustahkamligi o’rnatilgan chegaralardan past bo’lmasa, unda nuqtaning mustahkamligi qoniqarli deb hisoblanadi. Agar berilgan diametrdagi chechevitsasimon shaklli va talab qilingan eritish chuqurligidagi yadro hosil bo’lsa, unda payvand nuqta sifatli hisoblanadi.
Tashqi sirtda joylashgan birikmalar minimal payvandlash izlariga ega bo’lishi lozim. Elektrodlar hosil qiladigan o’yiqlar (vmyatina) o’lchamlari joiz chegaralardan ortmasligi lozim.
Yig’ma birliklarni payvandlash sifati, shuningdek, flaneslar kengligiga yoki ularning qoplanish o’lchamiga ham bog’liq bo’ladi. Flaneslar kengligi kichik bo’lsa yoki yetarlicha qoplanmasa metall sachrashi sodir bo’lishi mumkin, bu esa birinchidan, birikmani zaiflashtirsa, ikkinchidan, mahsulotning tashqi ko’rinishini yomonlashtiradi. Nuqtali payvandlash uchun flaneslarning minimal kengligi va qoplanish 12-14 mm bo’lishi lozim. Bu esa istalgan fazoviy holatlarda yuqori samaradorlikka ega jihozlar va moslamalarni qo’llash bilan kechadigan zamonaviy payvandlash uslublaridan foydalanishga imkon beradi. Robotlashgan nuqtali payvandlashni amalga oshirish uchun detallar flaneslari kengligini 16-17 mm gacha orttirish lozim bo’ladi.