3-rasm. U-simon kosa (a) va choy kosa (b) shaklidagi elektrodlar bilan yuqori
kuchlanishli elektr maydon vositasida
detallarni bo’yash uchun elektr-mexanik purkagichlar sxemalari: 1 – mahsulot, 2 - purkagich
Purkagichning o’tkir chekkalari tojli elektrod vazifalarini bajaradi. Bo’yoqning purkalgan zarralari zaryadlangan holda elektrodlararo bo’shliqqa kiradi va
e lektrostatik kuchlar ta’sirida bo’yalayotgan mahsulotga tortiladi. Bu usulda bo’yoq isrofi pnevmatik purkashdagiga nisbatan ancha kichik bo’ladi.
U-simon kosa shaklidagi purkagichlar bo’yoqni maydaroq purkashni ta’minlaydi, uning zarralari zaryadlari ortadi va purkalayotgan bo’yoq mash’alining yo’naltirilganligi natijasida qoplama sifati yaxshilanadi.
Choy kosa shaklidagi purkash kallaklari tayyorlashda oddiy, tozalash uchun qulay va yetarli samaradorlikka ega, ammo ular bo’yoqning ko’proq sochilgan mash’alini hosil qiladi.
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida bo’yash uchun qo’llaniluvchi jihozlar tarkibiga purkagichlardan tashqari quyidagilar kiradi:
purkagichlarni o’rnatish uchun qo’zg’almas, tebranuvchi yoki
siljuvchi qurilmalar;
qat’iy belgilangan lakbo’yoq materialining miqdorini purkagichga uzatish uchun me’yorlovchi (porsiyalovchi) qurilma (odatda, ishonchli hajmiy me’yorlashni ta’minlovchi shesternyali nasoslar asosida);
halokatli holat paydo bo’lganida yuqori kuchlanishni avtomatik ajratuvchi, uchqundan ehtiyotlash qurilmasi.
Yuqori kuchlanishli maydonda bo’yash uchun, shuningdek, ignasimon elektrodli elektrostatik pnevmopurkagichlar qo’llaniladi. Elektromexanik purkagichlardan farqli o’laroq, ularda bo’yoq siqilgan havo yordamida purkaladi. Bu holda bo’yoq zarrachalari ignasimon elektrod bilan
ta’sirlashishi natijasida manfiy zaryad oladi.
Zamonaviy avtomobil korxonalarida bu usul kuzov ikkinchi qatlam gruntovkasini qoplash uchun ham va emallar vositasida yakuniy bo’yash uchun ham qo’llaniladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida kuzovlarni elektrostatik maydonda bo’yash purkagichlar bilan jihozlangan, siljuvchi robotlar yordamida avtomatik bo’yash qatorlarida amalga oshiriladi.
Kuzovning yuza sirtiga bir qatlam emalni qoplash uchun mo’ljallangan shunday qatorning bir uchastkasi 4-rasmda ko’rsatilgan. Uchastkada sakkizta robot o’rnatilgan; ulardan to’rttasi yuqorigi purkagichlar bilan jihozlangan, to’rttasi esa yon purkagichlar bilan. Har bir robot tezda qayta sozlanish va dasturli boshqarish imkoniga ega. Robotning ishchi qo’lida purkagich o’rnatilgan, u berilgan dastur bo’yicha davriy takrorlanuvchi harakatlarni bajaradi va kuzov yuza sirtining lakbo’yoq materiali qatlami tekis bo’lishini
Do'stlaringiz bilan baham: |