1-Ma`ruza. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari Reja



Download 0,6 Mb.
bet1/11
Sana11.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#489564
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HFX 1-maruza


1-Ma`ruza. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Reja:
1. Kirish. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
2. Xavflar, ularning tasnifi va faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
3. Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalari va “Inson-muxit” tizimida inson omili.
4. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari, faoliyat xavfsizligi psixologiyasi va xavfsizliking iqtisodiy jihatlari.


Tayanch so`zlar: faoliyat, biosfera, litosfera, gidrosfera, planeta, global, ekosistema, texnosfera, domografiya, urbanizatsiya.
1. Kirish. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.

Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini etuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o`ringa qo`yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bulishi shubhasiz.
Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo’ladi. Inson o`zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bulgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.
Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.
Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada buladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bulgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Atrof-muhit – insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er sharining aholisi va uning oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan er yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo buldi.
Tabiiy muhit o`zi etarli bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo’la oladi va rivojlana oladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo bulganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum.
Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish