1-Ma`ruza. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari Reja



Download 0,6 Mb.
bet6/11
Sana11.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#489564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HFX 1-maruza

Tabiiy muhitning asosiy oqimlari.
- quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi;
- kosmik nurlar, chang, asteroidlar;
- erning elektr va magnit maydoni;
- ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi;
- atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar;
- boshqalar.
Texnosferadagi asosiy oqimlar.
- xomashyolar, energiyalar oqimi;
- iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi;
- iqtisod sohasi chiqindilari;
- maishiy chiqindilar;
- informatsiya oqimlari;
- transport oqimlari;
- yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish);
- moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari;
- boshqalar.
Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar.
- informatsiya oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar);
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi);
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
- boshqalar.
Hayot faoliyat jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar:
- kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari;
- energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar);
- informatsiya oqimlari;
-hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi;
Fanning vazifasi quyidagilardan iborat:
- mehnat faoliyati xavfsizligi talabi huquqiy savodxonlikka o`rgatish;
- mehnat faoliyati xavfsizligi bo`yicha yo`l - yo`riq berish va yo`riqnomalar tayyorlash;
- mehnat shartnomasi tushunchalari va unda mehnatni muhofaza qilish tamoyillarini o`rgatish;
- mutaxassisni ishlab chiqarish sharoiti bilan organizm faoliyatini o`zaro ta`sir etish jarayonlarini o`rganishni nazariy va amaliy tomondan tayyorlash;
- mehnat qonunchiligi, yoshlar, ayollar mehnati, jarohatlanish, baxtsiz hodisa sabablari va uni bartaraf qilish yo`llari, kishi organizmiga yorug’lik energiyasi, issiqlik shovqin va tebranishlar ta`siri;
- mehnat sharoitini, undagi ta`sir etuvchi omillarni o`rganish, ularga baho berish uslublarini egallash, ish sharoitini sog’lomlashtirish tadbir va choralarini ishlab chiqish;
- mehnat faoliyati davrida ish qobiliyatini o`rganish uslublarini egallash va ishlab chiqarish jarayonida charchashning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish;
- umumiy va kasb kasalliklari kelib chiqishining oldini olish hamda ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida barcha tadbir - choralarni ishlab chiqish;
- mehnat faoliyati xavfsizligini o`rganishda ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy omillarning ahamiyatini o`rgatish;
- yaratuvchanlik va bunyodkorlikda mehnatni muhofaza qilishga doir xavfsizlik talablarini o`rgatish;
- yong’in va elektr xavfsizlik talablarini o`rganish.

Hayot faoliyat xavfsizligi insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog’ligini ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir.
Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi:
- atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi);
- insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi;
- xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish;
- muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.
Insoniyat paydo bo’lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodni rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda o`rtacha umr ko`rish 77 yoshni tashkil qiladi.
“Hayot faoliyat xavfsizligi” kursi inson organizmi va atrof muhit o`rtasidagi murakkab aloqalarni bilish jarayonini ko`zda tutadi. Insonni muhitga ta`siri fizikaviy qonunlar bo’yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-qarshi ta`sirini yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta`sirlarni moslashish chegarasidan oshmaguncha og’riqsiz qabul qiladi.
Hayot faoliyat xavfsizligi quyidagi masalalarni ko`rib chiqadi:

  • maishiy muhitdagi xavfsizlik;

  • ishlab chiqarish muhitidagi xavfsizlik;

  • shahar muhitidagi hayot faoliyat xavfsizligi;

  • atrof muhitdagi xavfsizlik;

  • tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda holatlar.

Maishiy muhit – bu maishiy sharoitdagi insonga ta`sir qiluvchi barcha omillarning yig’indisidir. Organizmni maishiy omillarga reaktsiyasini fanning sog’lom turmush tarzi, sog’lom turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi masalalariga bag’ishlangan mavzularda o`qish mumkin.
Ishlab chiqarish muhiti – bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta`sir qiluvchi omillar yig’indisidir.
Tabiiy muhitdagi xavfsizlik – bu ekologiyaning sohalaridan biridir.
Ekologiya organizmni atrof muhit bilan o`zaro ta`siri qonuniyatlarini o`rganadi.
2. Xavflar, ularning tasnifi va faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.

Xavf – hayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasidir. Ma`lum bir shart-sharoitlarda inson hayoti va sog`lig`iga to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita zararli ta`sir qiluvchi hodisa, voqea, jarayonlar, ob`ektlar va boshqalarga xavfdeb aytiladi. Har qanday energiyaga, kimyoviy va (yoki) biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo`lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to`g`ri kelmaydigan ko`rsatkichlarga ega bo`lgan har qanday tizim xavf tug`diradi. Xavflar yashirin (potentsial) va mavjud, yuzaga kelgan (real) turlarga ajratiladi. Potentsial xavf amalga oshishi, ya`ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar” deb ataluvchi sharoitlar zarurdir


Xavfsizlik tushunchasi. Xavfsizlik- bu faoliyatning shunday bir holatiki, bunda ma`lum bir ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo`ladi. Xavfsizlik bu insonlar o`z oldiga qo`ygan maqsaddir. HFX esa maqsadga, ya`ni xavfsizlikga erishishning vositasi, yo`li va usulidir.
Xavflar taksonomiyasi. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni ma`lum bir belgisi bo`yicha klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Xavf ko`p belgilarga ega bo`lgan murakkab ierarxik tushunchadir. Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda va bilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol` o`ynaydi.
Xavflar hozirgi vaqtda quyidagicha taksonomiya qilingan: a)kelib chiqish tabiatiga ko`ra: tabiiy; texnik; antropogen (inson bilan bog`liq); ekologik; aralash (ikkita va undan ortiq).
b)rasmiy standart bo`yicha: fizik; kimyoviy; biologik; psixofiziologik.
v)salbiy oqibatlarining yuzaga kelish vaqtiga ko`ra: impul`siv (birdaniga, tez); kumulyativ (sekin, to`planib, keyin, yig`iluvchi).
g) o`rni, joyi, lokalizatsiyasi (chegaralanishi) bo`yicha: litosferadagi; gidrosferadagi; atmosferadagi; kosmosdagi.
d)keltiradigan zarariga ko`ra: ijtimoiy; iqtisodiy; texnik; ekologik va boshqa.
e)kelib chiqish sohasiga ko`ra: turmushdagi; sportdagi; yo`l – transportdagi; ishlab chiqarishdagi; harbiy sohadagi va boshqa
yo) strukturasi, tuzilishiga ko`ra: sodda, oddiy; hosila (oddiylarning ta`sirida hosil qilingan)
j) insonga ta`sir qilish xarakterigako`ra: faol (aktiv); sust passiv), ular energiya ta`sirida aktivlashadi.
z) olib keluvchi oqibatiga ko`ra: toliqish; kasallanish;jarohatlanish; falokatlar; yong`in; o`lim xavfi va boshqa.
Xavflar nomenklaturasi - ma`lum belgisiga ko`ra xavflarning tizimlashtirilgan nomi, tushunchalari ro`yxatidir. Hozirgi vaqtda xavflar nomining birinchi harfi bo`yicha alfavit tartibida nomenklatura qilingan.
Xavflar kvantifikatsiyasi - murakkab tushuncha bo`lgan xavflarni baholash, sifat jihatdan aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshka usullari qo`llaniladi. Xavflarni kvantifikatsiya qilish uchun, ya`ni sonli baholash uchun “tavakkal” (risk) tushunchasi kiritilgan.
Xavflarni identifikatsiyalash- xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlashga yo`naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni amalga oshirish uchun xavflarning zarur va etarli bo`lgan miqdoriy (sonli), vaqtiy, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni tushuniladi.
Sabab va oqibat.
Potentsial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar sabablar deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, sabablar u yoki bu kutilmagan oqibatlar va zararlarni keltirib chiqaruvchin xavflar paydo bo`lishiga olib keladigan turli vaziyatlar to`plamini xarakterlaydi.
Xavf, sabablar va oqibatlar baxtsiz hodisa, favqulodda holat, yong`inlar va boshqa ko`ngilsiz oqibatlarning asosiy ko`rsatgichlaridir. “Xavf - sabab - ko`ngilsiz oqibat” – uchligi bu rivojlanishning logik jarayoni bo`lib potentsial xavfni mavjud, ya`ni real xavfga olib keladi.
Xavflarni o’rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya’ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo’ladi.
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo’llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.


Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
Printsiplarning ahamiyati haqida frantsuz filosof-materialisti Gel`vetsiy (1715-1771) shunday yozgan: “Ayrim printsiplarni bilish ayrim omillarni bilmaslikni oson to`ldiradi”. Printsiplar va uslublar ma`lum miqdorda o`zaro bog`liqdir. Xavfsizlikni ta`minlash vositalari - bu printsip va uslublarning konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy, moddiy aniq ro`yobga chiqishidir. “Printsip – uslub – vosita” xavfsizlikni ta`minlashning logik bosqichlaridir. Ularni tanlash faoliyatning aniq sharoitiga, xavf darajasiga, bahosiga va boshqa ko`rsatgichlarga bog`liq bo`ladi.

  • Printsip – bu g`oya, fikr, asosiy bosh tushunchadir.

  • Uslub – bu yo`l, maqsadga erishishning usulidir.

  • Printsiplar va uslublar ma`lum miqdorda o`zaro bog`liqdir.

  • Xavfsizlikni ta`minlash vositalari - bular keng ma`noda aytiladigan bo`lsa, printsip va uslublarning konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy, moddiy aniq ro`yobga chiqishidir.

Xavfsizlikni ta`minlash printsiplari ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo`linadi:

  • Yo`naltiruvchi,

  • Texnik,

  • Tashkiliy,

  • Boshqaruv

Yo`naltiruvchi printsiplar - o`zida xavfsiz echimlarni topuvchi yo`nalishni aniqlovchi metodologik va ma`lumot bazasi bo`lib xizmat qiluvchi, asos soluvchi g`oyalarni taqdim etadi.
Bunga quyidagi printsiplar kiradi:

  • operatorning aktivligi,

  • faoliyatni gumanizatsiyalashtirish,

  • strukturani o`zgartirish,

  • operatorni almashtirish,

  • sinflashtirish,

  • xavfni bartaraf qilish,

  • tizimiylik,

  • xavfni kamaytirish va boshqalar.

Texnik printsiplar- xavfli omillarning ta`sirini bevosita oldini olishga yo`naltirilgan. Texnik printsiplar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan.

  • Bunga quyidagilar kiradi:

  • blokirovkalash,

  • vakuumlashtirish,

  • germetizatsiyalash,

  • masofadan boshqarish,

  • kompressiyalash,

  • mustahkamligini oshirish,

  • nozik qism elementini kiritish,

  • ekranlashtirish,

  • va boshqalar.

Tashkiliy printsiplarga- xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi printsiplar kiradi.
Bularga:

  • vaqt bo`yicha himoyalash,

  • ma`lumot berish (to`plash),

  • zahiralash,

  • me`yorlash,

  • xizmatchilarni tanlash,

  • ketma-ketlik,

  • ergonomik,

  • mehnatni ratsional tashkil qilish,

  • va boshqalar kiradi.

Boshqaruv printsiplari- xavfsizlikni ta`minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o`zaro bog`lanish va munosabatlarni aniqlovchi printsiplarga aytiladi.
Bularga:

  • tenglashtirish (o`xshatish),

  • nazorat qilish,

  • teskari bog`lanishlik,

  • javobgarlik,

  • rejalashtirish,

  • rag`batlantirish,

  • boshqaruv,

  • samaralik,

  • va boshqa printsiplar kiradi.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish