1-ma’ruza «Elektr jixozlariga texnik xizmat koʻrsatish» faniga kirish. Reja



Download 1,3 Mb.
bet17/38
Sana30.08.2022
Hajmi1,3 Mb.
#847904
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
ELEKTR JIXOZLARI MA\'RUZA

Tekshirish uchun savollar:
1. Diagnostika nima?
2. Diagnostika haqida umumiy ma’lumotlar bering?
3. Elektr jixozlarni profilaktik sinovlari haqida aytib bering.
4. Izolyatsiya qanday diagnostika qilinadi?
5. Kontaktlar diagnostikasi nima?
6. Texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlashdagi diagnostika haqida ayting?


5-MAVZU:
Havo elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish
Reja:

  1. Havo elektr tarmoqlarini ishlatish.

  2. Profilaktik tekshirish va o’lchovlar.



Havo elektr tarmoqlarini ishlatish.
Elektr tarmoqlari ochiq usulda izolyatsiyasiz simlarda bajarilgan yoki izolyatsiyali va mexanik zararlanishdan himoyalangan-kabel ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ular iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlab turish uchun xizmat qiladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari sodda, nisbatan arzon, ishlatish yengil bo’lib, qishloq xo’jaligi tarmoqlarida keng tarqalgan. Ular tok o’tkazuvchi simlardan, tayanchlardan va izolyatorlardan iborat bo’ladi. Ochiq havo ta’sirida havo elektr uzatish tarmoqlari asta-sekin eskirib boradi. YOg’och tayanchlar esa chirib boradi. O’tkazgich simlar tokning issiqlik hamda dinamik ta’sirlari ostida bo’ladi. YAna ular atmosferaning turli xil ta’sirida bo’ladi (shamol, qor, muzlash, yashin, va h.k.). Izolyatorlar ko’pincha mexanik zararlanishi ham mumkin. Bularning oldini olish uchun ma’lum bir texnik ishlatish chora tadbirlari ko’riladi. U elektr tarmoqlarining kafolatli ishlashini ta’minlaydi. Elektr energiya ta’minotining kafolatliligi ko’pincha mashinasozlik va ogir sanoat ob’ektlari uchun katta ahamiyatga egadir, ayniqsa, yirik chorvachilik komplekslari, issiqxonalar, meva omborlari uchun zarurdir. Bu korxonalarda elektr energiya uzilishlari katta moddiy zarar keltiradi va noqulayliklar keltirib chiqaradi. Elektrotexnik xizmat xodimlari havo elektr tarmoqlarining barcha elementlarini doimo yaroqli holda tutishi kerak. Bunda quyidagilar bajarilishi shart:
-havo elektr uzatish tarmoqlarida tok yuklanishi (nagruzka) normada ushlab turilishi kerak;
- havo elektr uzatish tarmoqlarini doimo nazorat qilib turish zarur;
- havo elektr uzatish tarmoqlarining rejali profilaktik sinov va o’lchovlarini, ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida bajarish;
- halokatlarni chuqur tahlil qilib, ularning sabablarini aniqlash hamda ularni oldini olish uchun tadbirlar ishlab chiqish kerak. Barcha ishlar texnik ishlatish qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari asosida olib borilishi.
Texnik ishlatish qoidalariga binoan izolyatsiyasiz simlarda ruhsat berilgan harorat 650S qilib belgilangan. Bunda havo elektr tarmoqlari yuklamasi, atrof-muhit harorati uchun olingan. Boshqa haroratlarda esa tok:
yoki (5.1)
bu yerda : -simlarda ruhsat berilgan qizish harorati. =650S
- atrof-muhitning hisobiy harorati. - =350S.
Havo elektr uzatish tarmoqlarining qarovi rejali (doimiy) va rejadan tashqari bo’lishi mumkin. Doimiy qarovlar kunduzgi, tungi, balandlikdagi, tekshiruvchi va nazorat qiluvchi bo’ladi.
Kunduzgi qarovlar bir oyda bir marta o’tkaziladi. Havo uzatish tarmoqlarining barcha elementlari ko’zdan kechiriladi. Ularning yuqori qismi durbin bilan kuzatiladi. Ulangan va mahkamlangan joylari tekshiriladi, tungi yoritish elementlarining sozligi aniqlanadi. YUqoriga chiqib o’tkaziladigan qarovlarda (6 oyda bir marta) tarmoq ajratib qo’yiladi. Izolyatorlar va armaturaning mahkamlangan joylari hamda o’tkazgichlarning tarangliligi tekshiriladi.
Tekshirish qarovlari injener texnik xodimlar tomonidan turli muddatlarda bajariladi va havo tarmoqlarining holati kuzatiladi. Barcha nosozliklar o’z vaqtida bartaraf etilishi kerak. Navbatdan tashqari qarovlar halokatlardan keyin og’ir tabiiy ofatlarda, kuchli shamolda, tumanda, va muzlashda, suv toshganda, qattiq sovuq yoki issiqda), hamda havo elektr tarmoqlari avtomatik ajratilganda o’tkaziladi. Havo elektr tarmoqlarining barcha nosozliklari maxsus jurnalga yozib boriladi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish