1-ma’ruza «Elektr jixozlariga texnik xizmat koʻrsatish» faniga kirish. Reja


-rasm. Bosilish kuchi oshganda (1)



Download 1,3 Mb.
bet16/38
Sana30.08.2022
Hajmi1,3 Mb.
#847904
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
ELEKTR JIXOZLARI MA\'RUZA

4.4-rasm. Bosilish kuchi oshganda (1)
va kamayganda (2) kontakt joyining o’tish qarshiligining o’zgarishi.

Kontaktlarning zichlanib turish yuzasi ularning yemirilish darajasi va sozlanish sifatiga bog’liq bo’ladi. Qurilma soz bo’lsa kontakt yuzalar 70% dan kam bo’lmagan zichlanish yuzasiga ega bo’ladi. Kontaktlarning ochilib turishi – bu ularning ajralgan holda kontaktlar orasidagi masofadir (4.5-rasm). Apparat turiga va xiliga qarab bu masofa 3 mm dan 50 mm gacha bo’ladi.
Kontaktlarning o’tib turishi bu ularni qo’zg’aluvchi kontaktning ulangan holatidan keyingi tegib turib harakatlanish masofasidir. Past kuchlanishli apparatlar uchun bu masofa 3…6 mm ni tashkil qiladi.



4.5-rasm. Qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas kontaktlar orasidagi
botinish va o’tib ketish masofasini aniqlash:
1 – qo’zg’almas kontakt, 2 – qo’zg’aluvchan kontakt.

Kontaktlarning o’tish qarshiligi doimiy va o’zgaruvchan toklarda o’lchanadi. Bunda M-246, F-415 tipli mikroampermetrlar ishlatiladi. YAngi kontakt joyida o’tish qarshiligi jami qurilma ekvivalent qarshiligidan 1,2 barobargacha ortishi ruhsat etiladi. Ishlatish davomida kontakt qarshiligi ortadi, lekin dastlabki qiymatidan 1,8 barobargacha ortishi ruhsat etiladi. O’tish joyidagi kuchlanishni aniqlash uchun kontaktlardan nominal tok o’tkazib millivolmetr bilan potentsiallar farqi o’lchanadi. YUklama sifatida turli xil stendlar ishlatiladi. Kontaktlardagi kuchlanishning pasayishi jami qurilmadagi miqdoridan 1,1…1,2 qismini tashkil qilishi mumkin. Lekin 1,7 dan katta bo’lib qolsa apparat kontaktlari ta’mir qilinishi zarur.




Elektr jixozlarni texnik qarov va joriy
ta’mirlashda diagnostika qilish.
Zamonaviy texnik xizmat va ta’mir texnologiyalarida diagnostika vositalaridan keng foydalaniladi. Ko’pchilik texnik ishlatish amallari elektr jixozlarni texnik diagnostikasi natijalariga qarab texnik xizmat va joriy ta’mir hajmi (tarkibi) va muddatlari aniqlanadi. Texnik diagnostika natijalariga ko’ra elektr jixozlarni sozligi aniqlanib, butunlay yaroqsiz holga kelgan qismi ro’yhatdan chiqariladi, yangisiga almashtiriladi. Texnik xizmat ko’rsatishda diagnostika elektr jixozning umumiy texnik holatini aniqlab, navbatdagi texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mir zarurati belgilanadi. Diagnostika hajmi minimal bo’lib, elektr jixozning ayrim ko’rsatkichlarini tekshiriladi va uning umumiy texnik holati (ishga yaroqliligi) aniqlanadi. Texnik xizmat ko’rsatish paytidagi diagnostikada aniqlanadigan ko’rsatkichlar 4.2 jadvalda keltirilgan.
Joriy ta’mirda texnik diagnostika elektr jixozlar qismlari va detallarining qoldiq resursini aniqlash, ularni tuzatish yoki almashtirish xaqida hulosa qilish, hamda kapital ta’mir muddatlarini belgilash uchun o’tkaziladi. Joriy ta’mirda diagnostika qilinadigan ko’rsatkichlar ham 4.2-jadvalda belgilangan.
Elektr jixozlarda (elektr motorlarda) izolyatsiya sifati faza-er (nol) orqali o’tgan tok miqdorini me’yoriy qiymatilari bilan solishtirilib aniqlanadi. Agar elektr motorda izolyatsiya orqa o’tish toki me’yoriy qiymatlaridan ortiq bo’lsa lekin simmetrik bo’lsa, izolyatsiya nam bo’lib qolgan yoki ifloslangan bo’ladi. Agar tok miqdori me’yoridagidan 1,5…2,0 barobar ko’p bo’lsa va fazalarda turlicha bo’lsa, izolyatsiyada defekt borligini bildiradi. Defekt joyini aniqlash uchun defekti bor faza izolyatsiyasidan o’tish toki aniqlanadi, bunda boshqa fazalar yerlanmaydi va yerga ulab o’lchovlar takrorlanadi. Birinchi holatda o’tish tokining kattaligi faza bilan korpus orasidan izolyatsiya ketganligini ko’rsatsa, keyingi holatda-fazalararo izolyatsiya defektini ko’rsatadi. Rotorning diagnostikasida uning qisqa tutashtirilgan cho’lg’amlari butunligi tekshiriladi. Ular nosoz bo’lsa motor titrab, shovqin bilan ishlab turadi, ayniqsa yuklanish ortganda. Titrash va shovqin amplitudasi miqdori motorning skoljeniyesiga bog’liq bo’ladi. Motor tarmog’iga ulangan ampermetr ham barqaror bir tokni ko’rsatib turmaydi. Amalda rotor cho’lg’amlarini butunligini aniqlash uchun statorning bir yoki ikki faza cho’lg’amlariga (0,1…0,15)Un kuchlanish berib rotorni qo’l bilan sekin aylantirib ko’riladi va stator tarmog’idagi tok o’lchanadi. Agar rotor nosoz bo’lsa, stator cho’lg’amidagi tok miqdori rotorni aylanishida o’zgaradi. Qanchalik ko’p uzilishlar bo’lsa, rotor cho’lg’amida stator tokining o’zgarishi 10%dan ortmasa rotor yaroqli, aks holda yaroqsiz deb xulosa qilinadi. Rotorni yechib olib, uning nosoz joyi topib tuzatiladi.
Qizdirish qurilmalariga texnik xizmat ko’rstishdagi texnik diagnostikada qizdirish elementlarining izolyatsiyasi qarshiligi aniqlanadi, nominal kuchlanishda toki o’lchab ko’riladi, qizdirish elementlarining qarshiligi o’lchanadi, avtomat regulyatorni ishga tushish ko’rsatkichlari tekshiriladi, o’rnatilgan harorat, muhit harorati qurilmadan chiqishda o’lchab ko’riladi.
Past kuchlanishli apparatlarning texnik holatini baholash uchun POOR sistemasi bo’yicha quyidagi kattaliklar aniqlanadi. G’altaklarni va tokli qismlarning izolyatsiyasi 100 Vli megommetr bilan, cho’lg’am bilan yoki yerga ulangan qismi orasida izolyatsiya o’lchanadi: . Kontakt qismlarida kuchlanishning pasayishi doimiy tokda: magnit yuritkichlar va avtomat ajratkichlarda – 0,07 V, nominal tok 50A dan yuqori bo’lsa; - 0,11V, agar nominal tok 50A gacha bo’lsa; siljib yuruvchi kontaktlari bo’lgan apparatlarda (rubilnik, paketnik) – 0,02 V. Kontakt tuzilishining boshqa ko’rsatkichlari avvalgi bo’limda ko’rilgan. Avtomat ajratgichlarning elektromagnit rastsepitellarining. Ishga tushish toki o’rnatilgan tokdan 30% dan kam farq qilishi zarur. A3120, A3130, A3140, AP-50 avtomatlarda esa – 15% dan kam bo’lishi zarur. To’xtovsiz ishga tushish tarmoq tokidan 10 barobar tok bo’lganda yuz berishi zarur. Avtomat ajratkichning issiqlik rastsepitelida atrof muhit bo’lganda va yuklama , va bo’lganda ishga tushish vaqti mos ravishda 1 soat, 30 min va 10 sek bo’lishi zarur.
Tokli issiqlik relesi ishga tushish vaqti, tok bo’lganda, 20 minutdan oshmasligi zarur. Tarmoqda nominal tok bo’lganda rele ishga tushmasligi zarur. Texnik diagnostika ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari va texnik ishlatish qoidalarini yaxshi biladigan texniklar, injenerlar va tajribali elektromontyorlar o’tkazadi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish