Elektr kontaktlar diagnostikasi
Har qanday elektr jixoz ishlab turganda, u bir necha kontakt sistemalari orqali tarmoqga ulanib turadi. Uning alohida elementlari ham kontakt tizimlariga ega bo’ladi. Masalan 0,4 kV li tarmoqda bitta uch fazali elektr iste’molchi o’rtacha 60 ta kontaktga ega bo’ladi. Bu kontaktlarning birortasi yaroqsiz bo’lsa butun qurilma to’xtab qoladi. SHuning uchun elektr jixozlarning yuqori ishonchliligini ta’minlash uchun elektr kontaktlar sistemasi doimo nazorat qilib turiladi.
Bir kontakt o’tkazgich yoki qurilmadan ikkinchisiga tokning o’tish joyi elektr kontakt deyiladi. Kontaktlar ulovchi yoki kommutatsiyaviy bo’lishi mumkin. Ulovchi kontaktlar bir tokli qismni ikkinchisiga ulab turadi, kommutatsiyaviy kontaktlar esa elektr tarmoqlarni ulash, ajratish yoki boshqacha ulash uchun xizmat qiladi. Ulovchi kontaktlar konstruktsiyasiga ko’ra qismlarga ajraluvchi (boltli, vintli) yoki ajralmaydigan (payvandli, ezib ulangan, paykali) bo’ladi. Kontaktlar yana qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan; geometrik shakli bo’yicha tabiiy, sun’iy; vazifasiga ko’ra asosiy, qo’shimcha, uchqun so’ndiruvchi va boshqa turda bo’ladi.
Kontaktlar holati asosiy va yordamchi ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi. Asosiylariga o’tish qarshiligi, kuchlanishning pasayishi, kontaktlar harorati; yordamchilariga kontaktlanish yuzasi, kontaktlarni yopishish (qisilish) kuchi, ochilishi va o’tib turishi bo’lishi mumkin.
Kontakt yuzalarning bir-biriga tegib turgan joyining qarshiligi turli faktorlar ta’sirida ortib boradi (kontakt yuzasining kamayishi, notekisligi, gaz moy, oksid katlami paydo bo’lishi, kontakt yuzalarining ifloslanishi va hokazo). Kontakt yuzasining qarshiligi asosan uning mikrorelefiga, qisilish kuchiga va materialiga bog’liq bo’ladi. 4.4-rasmda qisilish kuchi bilan kontakt qarshiligi orasidagi bog’liqlik ko’rsatilgan. Grafikdan ko’rinib turibdiki, qisilish boshida o’tish qarshiligi tez kamayadi, chunki kontakt yuza ortib boradi, keyinchalik Rk ma’lum bir qiymatda barqarorlashadi. Bu kritik qisilish kuchi qayd qilinadi. Qisilish kuchi kamaytirilganda egri chiziq pastroqdan o’tadi, chunki kontakt yuzasi zichlanibroq qoladi. Bu natijalardan foydalanib ishlatish davrida kontakt yuzalarining qisilish kuchi me’yorlari belgilanadi (500…2500 N/sm2).
Kontaktlarda kuchlanishning pasayishining ruhsat etilgan miqdorlari asosan kontaktlar materialiga bog’liq bo’ladi. gacha tarmoqlar uchun quyidagi miqdorlar belgilangan: kumush kontaktlar uchun–0,01-0,04 V, temir kontaktlar uchun – 0,02…0,05 V. Ishlatish davrida kontaktlar qarshiligi ortib boradi. Kontaktda doimo joul isroflari (I2 R t) bo’lib turadi, shuning uchun kontaktlarda o’tish harorati boshqa qismlaridan yuqoriroq bo’ladi. Natijada kontakt yuzalarida oksid qatlami (plyonka) paydo bo’ladi va uning qalinligi ortib boradi, kontakt qarshiligi ham ortib boradi. Bu esa o’tish joyining qo’shimcha qizishiga olib keladi. Elektr maydon va harorat, mexanik kuch ta’sirida kontakt yuzasidagi plyonka yemirilib turadi. Bu jarayon bir necha bor takrorlanganda kontakt yuzasi notekislanib, qarshiligi ortib, qiziydi va yaroqsiz holga keladi. Kontakt yuzalar ishonchli ishlab turishi uchun kommutatsiya yuzalarining harorati me’yoriy qiymatlaridan ortmasligi zarur. Masalan mis kontaktlar uchun + 85oS; kumush kontaktlar uchun + 240oS; apparatlarning ichki qismida joylashgan mis kontaktlar uchun + 95oS; maxsus qoplamali kontaktlar 105-135oS (atrof-muhit harorati 45oS bo’lganda).
Do'stlaringiz bilan baham: |