1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


 Mustaqillik davrida diniy qadriyatlarning tiklanishi va ularning komil inson



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
3. Mustaqillik davrida diniy qadriyatlarning tiklanishi va ularning komil inson 
tarbiyasidagi ahamiyati 
Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti AYSESKO tomonidan Toshkent 
shahriga 2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” degan nom berilishi hoki poklari 
O‘zbekiston tuprog‘ida yotgan ulug‘ ajdodlarimiz, ne-ne mutafakkir zotlar asrlar 
mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar sohasida qanday buyuk kashfiyotlar yaratgani, 
buning uchun qancha zahmat va mashaqqatlar chekkanini ko‘ramiz. Bugun guvoh bo‘lib 
turgan yuksak e’tirof avvalo ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari va qoldirgan 
merosiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho demakdir.1
1 Qarang: Karimov I.A. O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan 
beqiyos hissasining yuksak e’tirofi. “Kuch-adolatda” gazetasi, 2007, 23-fevral.
Bu ulug‘ zotlar qoldirgan boy ma’naviy merosni asrab-avaylab kelinayotgani, uni har 
tomonlama o‘rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon 
jamoatchiligiga targ‘ib va tarannum etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib 
kelinmoqda.
Barchamizga ma’lumki, yurtimizda ana shunday meros sobiq sho‘ro davrida ham 
mavjud edi. Jumladan, bebaho tarixiy qo‘lyozmalar maxsus fondlarda saqlab kelinar va 
ulardan tor doiradagi mutaxassislar ilmiy maqsaddagina foydalana olardi. Bu merosni 
sinfiy va mafkuraviy nuqtai nazardan emas, asl insoniy mohiyatiga mos ravishda chuqur 
o‘rganish, ma’naviy hayotimizning uzviy bir qismi sifatida talqin va targ‘ib qilishga esa 
mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi. Bunga jur’at qilgan odamlarning qanday tazyiq va xavf-
hatarlarga uchrashi muqarrarligini yaqin o‘tmishimiz bilan tanish bo‘lgan har qaysi odam 
yaxshi biladi. Chunonchi, yaqin o‘tmishda namoz o‘qish, diniy marosimlarni o‘tash 
ta’qiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. 
Odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, hatto arab yozuvidagi 
boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni “johiliya”, nodonlik desa 
bo‘ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qo‘msab, ammo 
ko‘rolmay, armon bilan o‘tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne’matlarga har 
qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, 
iymon-e’tiqodimiz o‘zimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga karvonboshi hurmatli 
Prezidentimiz Islom Karimov ekanini har daqiqa eslab turishimiz lozim. Prezidentimiz 
ma’naviyat va ma’rifatga oid nutq, ma’ruza va asarlarida islomning ma’naviy-ahloqiy, 
ma’rifiy tarbiyadagi yuksak roli, o‘rni, ahamiyatini muntazam uqtirib kelmoqdalar.
Xususan, bu masalalarga Prezidentimiz Islom Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat” 
to‘plami, “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, 
“O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida”, “O‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Alloh 
qalbimizda, yuragimizda”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard 
maqsadimiz”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi asar va risolalarda javob 
topishimiz mumkin.
Islom dinining xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida


Prezidentimiz “Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, 
hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, 
urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib 
kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, 
oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan 
fazilatlar ana shu zaminda ildiz otadi”,1-deb ta’kidlagan edi. Bu holat xalqimizga, xususan 
yoshlarimizga milliy g‘oyani singdirishda Islom omilidan oqilona foydalanishni taqozo 
etadi.


1 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 
36- bet
Ana shularni hisobga olgan holda, bugungi kunda biz voris bo‘lgan diniy moddiy va 
ma’naviy meroslarimizni zamon talablari asosida keng va atroflicha o‘rganish va tadqiq 
etish, ulardan xalqimizni bahramand qilish masalasiga O‘zbekiston rahbariyati va 
jamoatchiligi alohida ahamiyat berib kelayotir. Diniy ma’naviy merosimiz qaytadan ko‘z 
ochmoqda.
Avvalo masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib 
tashlandi. Qarovsiz qolgan masjidlar ta’mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar 
yotgan, o‘tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun 
qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon 
qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning Haj va Umraga borib kelishlari uchun 
imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu o‘tmishda faqat hayoliy orzu va armon edi. Ulug‘ 
allomalar – Imom Buxoriy, Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband, 
Ahmad Yassaviy, Abduholiq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Moturidiy, al-
Marg‘inoniy, va boshqa ulug‘ zotlarning yubileylari bo‘lib o‘tdi. Qur’oni Karim, Hadislar 
va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O‘tmishda birorta ham diniy 
ulamoning yubileyi o‘tkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish ta’qiqlangan edi, yuqorida 
aytganimizdek borlari ham yo‘q qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom universiteti 
tashkil etildi. Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida 
asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi.
Bugungi kunda bizning tarixiy merosimiz, diniy qadriyatlarimizni tiklash masalasiga 
katta mas’uliyat bilan qarab olib borayotgan ishlarimizning amaliy tasdig‘ini ko‘p-ko‘p 
misollarda ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Samarqand shahridagi XI-XV asrlar yodgorligi 
bo‘lmish, qadim zamonlardan buyon butun musulmon dunyosining e’tiborini o‘ziga tortib 
kelayotgan Shohi Zinda majmuasida uch yil avval boshlangan keng ko‘lamli ishlarimiz 
bugun ham davom etmoqda.
Eng muhimi, mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarida islomiy qadriyatlarni 
tiklashdek ezgu maqsad yo‘lida hamma uchun ibratli va hayrli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, Toshkent shahrida joylashgan Qur’oni karimning 
eng qadimiy va mo‘tabar nus’halaridan biri bo‘lgan mashhur Usmon Qur’oni 
saqlanayotgan Hazrati Imom majmuasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli qayta tiklash 
va ta’mirlash, qurilish ishlarini eslash, Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom Moturidiy 
ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduholiq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband, Minorai 
Kalon va Masjidi Kalon majmualari, Farg‘onadagi Ahmad Farg‘oniy va Burg‘oniddin 
Marg‘inoniy yodgorliklari, Surxondaryodagi Hakim Termiziy va Imom Termiziy, 
Xivadagi Ichan qal’a, Shahrisabzdagi Dorut-tilovat, Qarshi shahridagi Odina va 
Ko‘kgumbaz obidalari, Karmana shahridagi Qosim shayx maqbarasini aytish mumkin. Bu 
amalga oshirilgan ishlar xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy o‘zligi va ma’naviyatining 
yuksalishida katta ahamiyatga egadir.
Ona zaminimizda yaratilgan moddiy va ma’naviy merosni qayta tiklash va ko‘z 
qorachig‘idek asrab-avaylashdan ko‘zlangan maqsad: “...ertaga bizning o‘rnimizga 
keladigan,


biz boshlagan olijanob ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarimiz 
ana shu bebaho ma’naviy boylikdan bahramand bo‘lsin, shu asosda o‘zining kimligi, 
qanday buyuk zotlarning avlodi ekanligini anglab yetsin”.1
1 Karimov I. A. O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos 
hissasining yuksak e’tirofi. “Kuch-adolatda” gazetasi, 2007 yil 23fevral.
2 Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 
Toshkent., O‘zbekiston, 2000., 26-bet.


3 “Fidokor” gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.
Ma’naviy merosimizni tiklash borasida keng ko‘lamda olib borayotgan ishlarimiz 
natijasida islom va islomiy qadriyatlar ma’naviy va ma’rifiy hayotimizning tarkibiy 
qismiga aylanib qoldi. Prezident Islom Karimov so‘zi bilan aytganda: “Biz islom dini ota-
bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat 
ekanini doimo yuksak qadrlaymiz... Dinga hurmat va e’tiqod – biz uchun o‘lmas 
qadriyatdir.”2
Sobiq Sho‘rolar tuzumi tanazzulga yuz tutib, eski hukmron, yakka hokim 
bolshevistik-kommunistik mafkura batamom inqirozga uchrab, yangi mustaqil davlatlar 
shakllanishi jarayonida ma’lum muddat g‘oyaviy-mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) holati 
vujudga keldi.
G‘oyaviy bo‘shliq nima? G‘oyaviy bo‘shliq eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish 
jarayonida oldin hukmronlik qilib kelgan mafkura o‘tmishga aylangach, taraqqiyot 
talablariga mos ravishda uning o‘rnini bosadigan ilg‘or g‘oyaviy qarash tizimining hali 
shakllanmagan holatidir.
1990 yillarning boshlarida bunday g‘oyaviy-mafkuraviy bo‘shliq O‘zbekiston 
hududida ham namoyon bo‘ldi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi 
fikrlari muhim ahamiyatga ega: “Men qo‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda 
bo‘shliq bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq bo‘lishiga aslo yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir ongli odamning voqelikka o‘z munosabati, maqsad va 
intilishlari bo‘lishi tabiiy”.3
G‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan joyda muqarrar ravishda begona va zararli 
mafkuralar huruji boshlanadi. O‘tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga 
aylanib ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta’sirlarning foydali yoki zararli ekanini 
hamma ham darhol fahmlay olmaydi. O‘zbekistondagi mafkura maydoniga zararli, 
xalqimizning orzu-intilishlariga mutlaqo begona g‘oyalarning hujumi ana shu bilan ham 
izohlanadi.
So‘nggi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osoyishtaligimizni 
ko‘rolmaydigan “vahobiylik” va “hizbut-tahrir” kabi oqimlarning guruh va to‘dalari 
paydo bo‘lib qoldi. Bunday to‘dalar o‘zlaricha masjidlarda g‘avg‘o ko‘tarib, o‘tish 
davrining qiyinchiliklaridan foydalanib, ayrim yoshlarning ongini zaharlamoqdalar. 
Mustaqillikning bergan erkinligini suiiste’mol qilmoqdalar. Bu mutaassib dindorlar 
o‘zlarini “vahobiy” yoki “dinni tozalovchilar”, “fundamentalistlar” deb yuritib, aslida esa 
birinchi navbatda islomning o‘ziga zarba bermoqdalar. Vahobiylar bir yarim ming yillik 
ilm-fan, madaniyat tarixidan voz kechish, Imom Buxoriy, Imom G‘azzoliy, Imom Abu 
Xanifa, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Navoiy, Jomiy, Ulug‘bek, 
Bahouddin Naqshband va boshqa o‘nlab mutafakkirlar, so‘fiylar, olimlar merosidan voz 
kechish, ularning asarlarini yoqib yuborishni, maqbaralarni buzib tashlashni tavsiya 
qilmoqdalar. Ular, umuman, inson aqli, inson qalbi bilan yaratilgan jamiki ma’naviy 
boyliklarni uloqtirib tashlashga da’vat etmoqdalar. Axir bu vahshiylik, nodonlik, 
johillikning o‘zi-ku. Ma’naviyatli va ma’rifatli kishi, buni mutlaqo qabul qilmaydi.


Vahobiylik bizni orqaga, jaholatga tortadigan, islomni, islom ahlini buzadigan xavfli 
oqim. “Dinni tozalash”, “sof dinga qaytish” niqobi ostida tashviqotlar olib borib, 
odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani ukaga dushman 
qilib, jamiyatimizni xavf ostiga qo‘yayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab-
asrashimiz lozim.
Diyorimizda din niqobi ostida ish ko‘rayotgan ekstremistlar, aqidaparastlar mavjud 
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi borib, hokimiyatni egallash va O‘zbekistonda Islom 
davlati qurish, xalqni qo‘rquvga solib, hukumatga ishonchsizlik uyg‘otish uchun turli 
jinoyatlar va terroristik harakatlar sodir etish yo‘li bilan el tinchligini buzishga 
urinmoqdalar. Ularning asl maqsadi hukumatparastlik, ya’ni davlatni qo‘lga olishdan 
iborat. Mustaqil yurtimizda ularga o‘z vaqtida zarba berildi va ularning payi qirqildi.
Xalqimiz endi – erkinligini qo‘lga kiritgan, o‘zligini anglab yetgan bir zamonda 
allaqanday kimsalarga ergashib yana jaholat va qullik tuzog‘iga qaytadimi? Albatta yo‘q, 
ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu 
kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh va sergak bo‘lishda. “Shu nuqtai 
nazardan qaraganda,-deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov,-muqaddas islom dinimizni 
pok saqlash, uni turli xil g‘arazli huruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya 
qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, 
islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib 
qolmoqda”.1 Bu borada yoshlarimizni ularning zararli ta’siridan asrab qolish hozirgi 
ta’lim-tarbiya ishimizning asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolishi lozim.
1 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 
37- bet
2 Karimov I. Olloh qalbimizda, yuragimizda. “Xalq so‘zi” gazetasi, 1999 yil 6 mart 
soni.
Begona va zararli, mohiyatan g‘ayriinsoniy bo‘lgan g‘oyalarga qarshi tura olish 
uchun yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz zarur. Immunitet 
(lotincha “ozod bo‘lish, qutulish”)deganda organizmning doimiy ichki muayyanligini 
saqlashi, o‘zini turli xususiyatlarga ega ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan 
himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Lekin insonning ko‘plab 
xususiyatlari tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, shakllantirib borish 
ijtimoiy-siyosiy hayotiy ehtiyoj sanaladi. Chunki kuchli mafkuraviy immunitetga ega 
shaxs har qanday oshkora yoki pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh 
bera oladi. Yoshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, sergak bo‘lishlari zamon 
talabi. Buning uchun yoshlarimiz ongiga mustaqillik g‘oyasini chuqur singdirishimiz 
lozim. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti 
bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda johil 
aqidaparastning “da’vati” ham, ahloqni rad etadigan,biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar 
ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
Muhtaram Prezidentimizning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining 
savollariga javobida ta’kidlaganidek: “Biz o‘z dinimiz va e’tiqodimizdan hech qachon voz 
kechmaymiz. Shu bilan birga muqaddas dinimiz sha’niga dog‘ tushirmoqchi bo‘lgan 
kimsalar bilan hech qachon murosa qilolmaymiz. Men O‘zbekiston rahbari sifatida 
qandaydir yovuz kuchlar islom dinimizni, ota-bobolarimiz e’tiqodini, musulmon 
fuqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimizga xavf tug‘dirishiga hech qachon yo‘l 
qo‘ymayman”.2


Prezident aytganidek, har birimiz hamisha, har soniyada ogoh bo‘lishimiz lozim. Bu 
mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo‘lmog‘i lozim.
Muqaddas dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli huruj va hamlalardan, tuhmat 
va bo‘htonlardan himoya qilish, avvalambor, uning asl mohiyatini, ya’ni islom dini 
tinchlik, ma’rifat, yuksak ahloq-odob ifodachisi ekanini unib-o‘sib kelayotgan yosh


avlodimizga tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish 
orqali ular ongida sog‘lom mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz lozim.
Yurtimizda keyingi vaqtlarda ro‘y berayotgan ayrim salbiy hodisalar, nojo‘ya hatti-
harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda.1
1 Qarang. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka 
ishonchdir. 9-bet.
Har bir fuqaro shuni anglab yetishi kerakki, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy 
taraqqiyotida o‘ziga xos va mos yo‘li bo‘lgani kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham 
o‘z yo‘li bor. Bu o‘ziga xoslikni dinga, diniy qsadriyatlarga munosabatimizda, ulardan 
ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko‘rishimiz mumkin. Bu yo‘l Prezidentimiz 
asarlarida, hususan “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” kitobida yoritib berilgan. Uning 
mohiyati mo‘tadil dindorlik, islom ma’rifatini rivojlantirish, ichki-botiniy olamni poklab, 
Allohni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu urfon bilan kamolot sari borish, o‘z ma’naviy 
merosimiz qadriyatlarimiz va dunyo ilmini egallab, zamon bilan hamqadam bo‘lgan holda 
olg‘a borish.
Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yo‘lini turli unsurlardan asrash, ularga 
berilmaslik lozim.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish